Neʼmatulloh Rustamjonov (2008-yil 17-mart tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi va Andijon darvozaboni.

Faoliyati Klublardagi faoliyati Terma jamoadagi faoliyati Oʻzbekiston U16 Neʼmatulloh Rustamjonov xalqaro maydondagi faoliyatini 2024-yil 23-aprelda Oʻzbekiston U16 jamoasi safida boshlagan. Tojikiston U16 jamoasiga qarshi kechgan bahsda Neʼmatulloh 1 ta gol oʻtqazib yuborgan va jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Azarbayjon U16 va Belarussiya U16 jamoalariga qarshi boʻlib oʻtgan keyingi oʻyinlarda 90 daqiqa maydonda harakat qilgan boʻlsa, Yaponiya U16, Vietnam U16 va Xitoy U16 jamoalariga qarshi boʻlib oʻtgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida zaxirada qoldirilgan.

Oʻzbekiston U17 Neʼmatulloh Rustamjonov Oʻzbekiston U17 jamoasidagi debyutini 2024-yil 23-oktyabrda Falastin U17 jamoasiga qarshi kechgan bahsda oʻtqazgan. Namatullo oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan oʻyin yakunida oʻzbekistonlik oʻsmirlarlar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. 2024-yilning 27-oktyabridan 2025-yilning 20-martigacha boʻlgan davr mobaynida futbolchi yana 6 ta xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.

Rustamjonov 2025-yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi bahslarida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan. Turnir davomida jamoasi oʻtqazgan 6 ta oʻyindan 5 tasida 90 daqiqadan harakat qilgan darvozabon 2 ta quruq oʻyin oʻtqazgan holda oʻz darvozasidan 3 ta toʻp olib chiqqan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni U17 jamoasiga qarshi kechgan final bahsida Sadriddin Hasanov tomonidan kiritilgan turnirning soʻngi goliga assistentlik qilgan. Oʻzbekiston U17 jamoasi tarkibida turnir chempioniga aylangan futbolchi yakunda musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sovrinini ham qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Havolalar

Neʼmatulloh Rustamjonov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari

Turkum:Ahmedov futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari