Burs jangi – milodiy 636-yilda hozirgi Iroq markazidagi Burs yoki Birs Nimrudda musulmonlarning Sosoniylar imperiyasini bosib olish davrida boʻlib oʻtgan kichik toʻqnashuv. Roshidun qoʻmondoni Zuhra ibn al-Haviyya yakkama-yakka jangda shaharning sosoniy qoʻmondoni Busbuhrani magʻlub etgan va garnizon deyarli hech qanday qarshilik koʻrsatmasdan taslim boʻlganPeter Crawford (2013). The War of the Three Gods: Romans, Persians and the Rise of Islam. Barnsley, South Yorkshire: Pen and Sword. ..
636-yilning yozida Qodisiya jangida gʻalaba qozonganidan soʻng, Saʼd ibn Abu Vaqqos oʻz qoʻshinini besh qismga boʻlib, Ktesifonga yurishni reja qildi. Qismlarga Zuhra ibn al-Haviyya, Abdulloh ibn al-Mutʼim, Shurhobil ibn as-Simt, Xolid ibn Urfatoh va Hoshim ibn Utba boshchilik qildi. Zuhra ibn al-Haviyya boshchiligidagi qoʻshin Bursda bir oz qarshilikka duch keldi, ammo u raqib garnizoni qoʻmondoni Busbuhra bilan yakkama-yakka jangda gʻalaba qozonganidan soʻng bu qarshilik tezda yengib oʻtildiMasudul Hasan (1997). Hadrat Umar Farooq. New Delhi: Kitab Bhavan. ..
Manbalar
Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:636