Corina Bud (rumincha talaffuzi: [koˈrina bud]; 1980-yil 26-yanvarda Satu Mare shahrida tugʻilgan; Corina nomi bilan mashhur) – ruminiyalik qoʻshiqchi va modelyer. U 2004-yilda Marius Moga prodyuserligida taqdim etilgan „Noi Doi“ albomi bilan debyut qildi. Albomning „Noi Doi“ deb nomlangan bosh singli esa Ruminiya Top 100 chartida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

U 2005-yilda „Îmi Place La Tine Tot“ deb nomlangan ikkinchi albomida ikkita ajoyib singlni chiqardi. „Îmi Place La Tine Tot“ va „Fără Tine“ taronalari 2005-yilda Ruminiyaning eng koʻp efirga uzatilgan xitlariga aylandi va Corina Buga „Corina Hits“ laqabi berilishiga sabab boʻldi.

Uning „Face Off“ nomli uchinchi albomida qoʻshiq kuylash uslubida sezilarli oʻzgarishlar boʻldi. Albomdan oʻrin olgan „Quieres Una Aventura“ va „Overdrive“ singllari katta mashhurlikka erishdi. Warner Music bilan hamkorlikda Corina 2008-yil iyul oyida oʻzining „Gimme Your Love“ nomli toʻrtinchi albomini chiqardi. Albom tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Shuningdek, albomdan Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan studiyada Toni Cottura prodyuserligida yozilgan va Lumidee bilan birgalikda kuylangan „Let Go“ qoʻshigʻi ham oʻrin olgan edi.

Corinaning 2011-yilda Sony Music France & Bianco Y Negro Spain bilan hamkorlikda chiqargan „No Sleepinʼ“ singli xalqaro miqyosda xitga aylandi. Qoʻshiq Polsha va Ispaniya chartlarida Top 10 ga kirdi, shuningdek, Germaniya va Avstriya chartlarida Top 20 va Shveytsariya chartlarida Top 30 ga kirdi. „No Sleepinʼ“ taronasi Romanian Music Awards (RMA) mukofotiga „Eng yaxshi videoklip“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2011-yilda esa Fashion Icon mukofotini qoʻlga kiritdi.

2019-yilda xonanada Disney Channel Romania telekanali tomonidan „Kim Possible“ filmining rumincha dublyajiga ovoz berish uchun taklif qilingan.

Hayoti Corina 1980-yil 26-yanvarda Ruminiyaning Satu Mare shahrida ukrainalik nafaqadagi novvoy Ileana va nafaqadagi duradgor Vasile oilasida tugʻildi.

Uning ajdodlari Ruminiyadagi eng oʻziga xos va goʻzal etno-folklor hududlardan biri boʻlgan Țara Oașului mintaqasida yashab kelishar edi.

Xonanda rok musiqalarini tinglab ulgʻaydi. Qoʻshiq aytish isteʼdodiga ega boʻlgan otasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Corina 8 yoshida musiqa tanlovlarida ishtirok etish va cherkov xorida qoʻshiq kuylash orqali musiqaga boʻlgan ishtiyoqini kashf qila boshladi.

U Iqtisodiyot oʻrta maktabini va Ruminiya iqtisodiy tadqiqotlar universitetini moliya, buxgalteriya hisobi va menejment boʻyicha tamomladi.

Corina huquqshunoslik darajasiga ham ega. 23 yoshida u dastlab huquqshunos boʻlishni xohladi, lekin buning oʻrniga musiqiy karyerasini davom ettirishga qaror qildi.

Musiqiy karyerasi 2004—2009 Corina Bud 2004-yilda Marius Moga prodyuserligida chiqarilgan va Pacha Man bilan birgalikda kuylangan „Noi Doi“ singli bilan debyut qildi. Qoʻshiq klipi bilan birga taqdim etildi. Qoʻshiq Ruminiya Top 100 chartlarida 4-oʻrinni egalladi va Corinaga butun mamlakat boʻylab mashhurlik va muxlislar olib keldi. Koʻp oʻtmay, u oʻzining „Noi Doi“ deb nomlangan debyut albomini ham chiqardi.

Uning „Îmi Place La Tine Tot“ nomli ikkinchi albomidan joy olgan „Fără Tine“ va Don Baxter ishtirokidagi „Îmi Place La Tine Tot“ singllari 2005-yilda eng koʻp efirga uzatilgan Ruminiya xitlari boʻldi va unga koʻplab rekordlarni yangilagani uchun „Corina Hits“ laqabini olib keldi.

Kommunistik rejimdan bir necha yil oʻtgach, madaniy ochiqlik hali ham Ruminiya boʻylab qoʻshiqchilar tomonidan oʻrganilishi kerak boʻlgan narsa edi. Corina oʻzining kontseptual mavzuli videolarining oʻziga xosligi bilan ajralib turdi. 2006-yilda u Otaku modasi haqidagi „Overdrive“ klipini chiqardi.

2006-yil oxirida Warner Music Germany ofislariga tashrif buyurganida, u Fun Factory prodyuseri Toni Kottura bilan uchrashdi va ular bir zumda kelishib ketishdi. Ikkalasi „Quieres Una Aventura“ singlida hamkorlik qilishdi, soʻngra Corinaning uchinchi „Face Off“ nomli albomini chiqarishdi. Albom muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.

Corinaning toʻrtinchi albomi „Gimme Your Love“ toʻliq Toni tomonidan ishlab chiqarildi. Albomdan asosiy singllardan biri sifatida oʻrin olgan „Let Go“ singlini Corina Lumidee bilan birgalikda kuylagan edi.

2010—2019 Xonanda oʻgʻli Robinni dunyoga keltirganida oʻz karyerasini toʻxtatdi, lekin 2011-yilda HaHaHa Production tomonidan ishlab chiqarilgan va JJ (shuningdek, Jeneva nomi bilan ham tanilgan) bilan birgalikda kuylagan „No Sleepinʼ“ singli bilan qaytdi. Singl Sony Music France & Bianco Y Negro Spain bilan namoyish huquqlari boʻyicha shartnoma imzolanganidan koʻp oʻtmay xalqaro muvaffaqiyatga erishdi. U Germaniya va Avstriya chartlarida Top 20 va Shveytsariya chartlarida Top 30 talikka kirdi. Qoʻshiq German Popstars loyihasida gʻolib boʻlgan LaViVe guruhi tomonidan kover qilindi. Ular koverni debyut singli sifatida chiqardilar, ammo Germaniyaning Singles Chartida oʻn uchinchi oʻrinni egalladilar. Ruminiya Top 100 chartida esa qoʻshiqning asl versiyasi topga chiqib, 2011-yil 29-mayda sakkizinchi oʻrinni egalladi.

Corina qoʻshiqni Los 40 Pricipales Costa Pop (Ispaniya) va Hity na Czasie (Polsha) marosimlarida ijro etdi. U Romanian Music Awards (RMA) tanlovida Fashion Icon mukofotini qoʻlga kiritdi, shu bilan birga eng yaxshi video va eng yaxshi ayol qoʻshiqchi yoʻnalishlarida nomzod boʻldi.

U 2012-yilda „A Ta“ deb nomlangan qoʻshigʻini chiqardi. Qoʻshiq tezda xitga aylandi va 2012-yil 30-sentyabrda Ruminiya Airplay 100 chartida uchinchi oʻrinni egalladi hamda Corinaning chartdagi eng muvaffaqiyatli singliga aylandi. 2013-yilda Ruminiyalik qoʻshiqchi Pacha Man bilan hamkorlikda chiqarilgan „Pernele Moi“ treki ham xuddi shunday muvaffaqiyatga erishdi. U ham Ruminiya Airplay 100 chartida uchinchi oʻrinni egalladi.

Xonanda 2013-yilda Junior High va Marius Moga bilan hamkorlikda „Miss boboc“ taronasini chiqardi. 2014-yilda u „Autobronzant“ va „Nimeni Altcineva“ singllarini chiqardi va Ruminiya chartlarida 16 va 17-oʻrinlarni egalladi. U ruminiyalik qoʻshiqchi Connect-R bilan birga Corso muzqaymoq brendi uchun chiqarilgan „Of Corso“ nomli reklama singlni ijro etdi.

2015-yilda sanʼatkor oʻz faoliyatidagi yana bir ajralib turadigan singlni chiqardi. Vanotek tomonidan taqdim etilgan hamda Skizzo Skills va Mira bilan birgalikda kuylangan „Fete Din Balcani“ qoʻshigʻi YouTubeda tezda 80 million tomosha yigʻgan holda mashhurlikka erishdi. U qoʻshiqni 2015-yilda Media Music Awards marosimida ijro etdi. Trek Trending Songs chartida dastlabki toʻrt hafta davomida topda turganidan soʻng, Corina „Neprevăzut“ nomli yakkaxon singlini taqdim etdi.

Chartlardagi oʻrinlari Qoʻshiq Yil OʻrinRuminiya AirplayPolsha TV Airplay „Noi doi“ (Pacha Man va Marius Moga vilan) 2004-yil 4 – „Îmi place la tine tot“ (Don Baxter va Smiley bilan) 2005-yil 10 – „Fără tine“ 5 – „Let Go“ (Lumidee bilan) 2009-yil – – „Latino Caffe“ (Dony bilan) 2010-yil – – „No Sleepin'“ (JJ bilan) 2011-yil 8 4 „Munky Funky“ 2012-yil 23 – „A ta“ 3 – „Pernele moi“ (Pacha Man bilan) 2013-yil 3 – „Roata se întoarce“ 60 – „Miss Boboc“ (Junior High bilan) 39 – „Of corso“ (Connect-R bilan) 2014-yil 60 – „Autobronzant“ 16 – „Nimeni altcineva“ (Dorian Popa bilan) 17 – „Fete din Balcani“ (Mira va Skizzo Skillz bilan) 2015-yil – – „Neprevăzut“ 2016-yil – – „Ceva nou“ (Matteo bilan) – –

Manbalar

Havolalar Official Instagram