Mattala Rajapaksa xalqaro aeroporti (; ) – Shri Lanka janubi-sharqiga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Hambantotadan uzoqlikda, Mattala shaharchasida joylashgan. Bu mamlakatdagi birinchi noldan qurilgan aeroport hamda Ratmalana xalqaro aeroporti va Kolombodagi Bandaranaike xalqaro aeroportidan keyin uchinchi xalqaro aeroportdir.
MRIA 2013-yil mart oyida Prezident Mahinda Rajapaksa tomonidan rasman ochilgan. Dastlab, bir nechta aviakompaniyalar, jumladan, SriLankan Airlines aeroportga parvozlarni amalga oshirgan. Biroq, past talab tufayli 2018-yilga kelib deyarli barcha aviakompaniyalar Mattalani tark etadi.
Parvozlar sonining kamligi sababli uzoq muddatli samolyotlarni toʻxtatish xizmatlarini taklif qilish, shuningdek, aeroportdan uchish maktablari va texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarini yaratish taklif qilingan. 2016-yilda aeroport qarzlarini toʻlash uchun yetarli daromad olmaganligi sababli, Shri Lanka hukumati tijorat faoliyatini olib borish uchun qiziqish bildirishga chaqirdi. Aeroportning kattaligiga qaramay, parvozlar sonining kamligi tufayli Forbes nashri tomonidan „Dunyodagi eng boʻsh xalqaro aeroport“ deb topilgan. 2020-yilda yangi saylangan Shri Lanka hukumati aeroportni qoʻshma korxona sifatida boshqarish boʻyicha Hindiston bilan muzokaralarni toʻxtatdi. COVID-19 pandemiyasi davrida aeroportda repatriatsiya, charter va dengizchilar parvozlari tufayli trafik oshdi. 2022-yilda hukumat MRIAni Davlat-xususiy sheriklik loyihasi sifatida boshqarish rejalarini qayta tiklashga qaror qildi, chunki aeroport zarar koʻrishda davom etdi.
Infratuzilmasi Terminali Yoʻlovchi terminali maydonni egallaydi va yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. 12 ta roʻyxatga olish stoli, teletraplar bilan jihozlangan 2 ta darvozasi borMaslen, Richard (18 March 2013). „New Mattala Rajapaksa International Airport Opens in Sri Lanka“. Routes Online. Retrieved 16 February 2016.. Bundan tashqari terminalda restoran, tibbiyot punkti va biznes klass yoʻlovchilari uchun dam olish xonasi mavjud.
Uchish-qoʻnish yoʻlagi MRIAda bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi – 05/23 bor. Uzunligi 3 500 m boʻlgan yoʻlak dunyodagi eng yirik samolyoti – Airbus A380ni qabul qila oladi.
Boshqa inshootlari Havo harakatini boshqarish minorasi balandlikda joylashgan. Aeroport yuk inshooti maydonni egallaydi va yiliga 50 000 tonnagacha yuk tashiy oladi.
2014-yilda yonilgʻi gidrant tizimi va samolyotlarga yonilgʻi quyish terminali qurib bitkazildi. Yoqilgʻi gidranti tizimi China Harbor Engineering Company (CHEC) tomonidan 7 million AQSh dollariga qurilgan, yoqilgʻi quyish terminali esa Dubayda joylashgan Amana Pipeline Construction LLC tomonidan 31 million AQSh dollariga qurilgan„Mattala Rajapaksa (formerly Hambantota) International Airport, Sri Lanka“. airport-technology.com. Retrieved 16 February 2016.. Bu inshoot qurilishidan oldin yoqilgʻi Hambantota portidagi rezervuarlardan sisternalarda tashilgan, bu esa baʼzida parvozlarning kechikishiga olib kelgan„Plane delayed at Mattala“. Daily Mirror. 25 March 2013. Retrieved 21 February 2016..
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish
Yuk tashish
Baxtsiz hodisalar va falokatlar Barcha baxtsiz hodisalar va falokatlar qushlarning toʻqnashuvi natijasida sodir boʻlgan.
2013-yil 14-mart kuni Kolombo va Mattala oʻrtasida sinov parvozini amalga oshirayotgan SriLankan Airlines samolyoti yaqinlashib kelayotgan qushlar galasi bilan toʻqnashib ketdi. Samolyot xavfsiz qoʻnishga muvaffaq boʻldi„Bird attack on SriLankan flight to Mattala“ . Sri Lanka Guardian. 17 March 2013. Retrieved 21 February 2016.. 2013-yil 25-mart kuni Maledan Mattala orqali Kolomboga uchayotgan SriLankan Airlines aviakompaniyasining 114-reysidagi Airbus A340-300 samolyoti MRIAdan havoga koʻtarilish vaqtida qushlar bilan toʻqnashib ketdi. Samolyotning old oynasida yoriq paydo boʻldi, ammo samolyot Kolombogacha parvozni davom ettira oldiKannangara, Nirmala (31 March 2013). „Mattala International Airport In Mid-air Battle“ . The Sunday Leader. Retrieved 18 February 2016.. 2014-yilning 11-yanvarida Kolombodan Mattala orqali Dubayga uchayotgan flydubai aviakompaniyasining 551-reysidagi Boeing 737-800 samolyoti MRIAdan havoga koʻtarilish vaqtida tovuslar suruvini urib yubordi. Samolyot MRIAga qaytishga majbur boʻldi va uni tekshirish uchun Kolombodan muhandislar va texniklar olib kelindi„Panic as peacocks hit plane at MRIA“. The Sunday Times. 12 January 2014. Retrieved 21 February 2016..
Yana qarang Bandaranaike xalqaro aeroporti
Manbalar
Havolalar
Official website Images of inauguration ceremony, 18 March 2013
Turkum:Shri Lanka aeroportlari