„CJ7“ (Si-Jey 7; ) — Stephen Chow ishlagan ilmiy-fantastik kinokomediya. 2008-yilda ekranlarga chiqqan. Filmda bosh rolni Chowning oʻzi ijro etgan.

Syujeti Chow Ti kambagʻal qurilish ishchisi boʻlib, oʻgʻli Dicky bilan xaroba uyda yashaydi. U oʻgʻlini xususiy maktabda oʻqitishini davom ettirish uchun pul yigʻishga harakat qiladi. Dicky maktabda tengdoshlari, ayniqsa, Jonni ismli bola tomonidan tahqirlanadi. Oʻqituvchilari esa uning eskirgan kiyimlari uchun koyiydi.

Bir kuni Dicky otasidan CJ1 nomli mashhur robot oʻyinchoqni soʻraydi, biroq Ti uni sotib ololmaydi. Doʻkonda Dicky injiqlik qilgani uchun Ti unga tarsaki tushiradi. Oʻsha kecha Ti chiqindi qutidan gʻalati yashil sharni topib, oʻgʻliga olib keladi. Dicky avvaliga shubhalanadi, lekin keyinchalik uni oʻyinchoq sifatida qabul qiladi. Ertasi kuni shar kichik, yoqimtoy mavjudotga aylanadi. Dicky unga CJ7 deb nom beradi va uning moʻjizaviy kuchga ega ekanligini bilib qoladi. Dicky CJ7 yordamida mashhurlikka erishishni va aʼlo baholar olishni orzu qiladi, biroq bu mavjudot uning istaklarini bajara olmaydi. Dicky xafa boʻlib CJ7ni axlatga tashlaydi, lekin keyinchalik pushaymon boʻlib, uni qaytarib oladi.

Bu orada Ti ishdan haydaladi. Dicky testda aldagani aniqlanib, Ti undan gʻazablanib CJ7ni tortib oladi. Keyinchalik Ti ishga qayta qabul qilinadi, biroq baxtsiz hodisa tufayli kasalxonada vafot etadi. Dicky bunga ishonmay uyiga qaytadi. CJ7 Ti’ni tiriltirish uchun barcha kuchini sarflaydi va oddiy qoʻgʻirchoqqa aylanadi. Film oxirida Dicky CJ7ni boʻyniga osib yuradi. Toʻsatdan NUJ paydo boʻlib, undan CJ7ga oʻxshash boshqa mavjudotlar chiqadi.

Rollarda Stephen Chow — Chow Ti Xu Jiao — Dicky Chow Zhang Yuqi — Yuen xonim Lam Chi-chung — Boss Jiro Lee — janob Cao Lei Huang — Johnny Min Hun Fung — jismoniy tarbiya oʻqituvchisi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2008-yil filmlari Turkum:Xitoy filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Sony Pictures Classics filmlari Turkum:Gonkong filmlari Turkum:Xitoy kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar