Yangi masjid (), asli nomi Hoji Yusuf tosh masjidi – Turkiyaning Malatya shahridagi masjid.

Masjid 1889-yilda Malatya bozorida sodir boʻlgan yongʻin natijasida yonib ketgan, taʼmirdan oʻtkazilishidan oldin 1890-yilda yana bir yongʻinga uchragan. Binoni qayta qurish ishlari 1893-yilda boshlangan, biroq 1893-yil 3-martdagi zilzila natijasida yana vayron boʻlgan. Qurilish ishlarini nihoyasiga yetkazish uchun 1913-yilgacha vaqt kerak boʻgan.

Qayta qurilgan masjid 1964-yilgi hamda 2023-yilgi Turkiya-Suriya zilzilasida jiddiy zarar koʻrgan.

Manbalar

Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:2023-yilgi Turkiya-Suriya zilzilasidan zarar koʻrgan binolar Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda