Shayx Rumani Ba Alaviy masjidi (somaliycha: Masaajidka Shaykh Rumani Ba 'Alawi, shuningdek Masaajidka Rumaaniga yoki Masaajidka Av Shukumaan nomi bilan ham tanilgan) Mogadishoning tarixiy Hamar Veyne tumanida joylashgan kichik masjiddir.

Tavsifi Mahalliy aholi „Av Shukuman“ deb atagan masjidga yetib borish oson emas. Unga uzun, egri-bugri qadimiy tor koʻchalar orqali yurib borish mumkin. Yaqinda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari paytida masjidning 2 ta muhim tarixiy qismi yoʻq qilingan. Bulardan biri hijriy 822-yil (taxminan milodiy 1419-yilga toʻgʻri keladi) yozuvi boʻlgan yogʻoch boʻlak, ikkinchisi esa almashtirilayotgan eski toʻsinlardan biriga osilgan temir halqa edi. Bu halqa atrofdagi eski uylarda uchraydigan halqalarga oʻxshash boʻlib, rivoyatlarga koʻra, ular fonuslarni osib qoʻyish uchun ishlatilgan ekan.

Yana qarang

Jome masjidi (Shingani) Faxriddin masjidi Arbaa Rukun masjidi Muhammad al-Taniy masjidi Manbalar

Turkum:Somalidagi masjidlar