Husan Musaboyev (toʻliq ismi: Husan Qosimovich Musaboyev; 1954-yil 10-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR – 2025-yil 8-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori, prodyuser va rejissyor. „Televizion miniatyuralar teatri“ aktyori, Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi.

Tarjimayi holi Husan Musaboyev 1954-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1976-yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining „Kino va teatr aktyori“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1971—1972-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi, 1976—1986-yillari Yosh gvardiya drama teatri aktyori, 1986—1998-yillarda Abdulla Qahhor nomidagi respublika satira teatri aktyori va truppa boshligʻi, 1998—2007-yillari Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida „Televizion miniatyuralar teatri“ aktyori va rejissyor assistenti, „Oʻzbekiston“ telekanali rejissyori, 2007—2016-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti „Telekommunikatsiya“ kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Vafoti Husan Musaboyev 2025-yil 8-fevral kuni vafot etdi.

Filmografiyasi +YilNomiRolIzoh1977Ajoyib xayolparastkinomexanik Yoqub duduq1984Дневник, письмо и первоклассницаEpizod1988Волки Qisqa metrajli film1991AbdullajonBozorboyning qarindoshiАу! Ограбление поездаEpizod1996Margʻiyona1997CharxpalakSodir2005Zanjir2006AnoraTramvay haydovchisiHayot va mamotShifokor2009Chol va nabiraEpizodMen bu men2011Er bermoq — jon bermoqDurdonaning otasiJiblajibonOmon2014Dilor, Dilor, dil va or2015Kunlardan bir kun2017ArmonZuhraxoni sinfiMaktab qoravuliZurriyotEpizod2018Sumalak kasting yoxud uchmagan varrakAldamadim, hazillashdimBosh rol2019Ota roziHaydovchiSuper xizmatkor2023Osmondagi bolalar 3: Yerdagi otalar

Mukofotlari 2022-yil 29-avgustda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan. Manbalar

Havolalar