Shayx Tosun Bayrak al-Jarrohiy al-Halvatiy (1926-yil 21-yanvar – 2018-yil 15-fevral) – muallif, rassom, tarjimon va soʻfiy. Anqarada hukumat amaldori, Turkiyaning Marokashdagi faxriy konsuli va Amerikadagi Jarrohiy ordeni shayxi boʻlgan. 2018-yil 15-fevralda vafot etgan.

Biografiyasi Bayrak 1926-yili Istanbulda tugʻilganAhmet Sait Akcay, Obituary: Sufi leader Tosun Bayraktaroglu.. Bolaligida u uyda dindan yiroq oʻsgan, ota-onasi bilan kamdan-kam hollarda masjidga tashrif buyurgan; oʻrta maktabda hind va buddist faylasufga boʻlgan qiziqishi uning din bilan boʻlgan kam sonli tajribalaridan biri ediMatt Hanson, The moth and the flame: In memory of Tosun Bayrak.. Bobosi hayotining ilk yillarida muzeylar, shuningdek, Toʻpqopi saroyiga sayohat qilishi bilan uning sanʼat va sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini uygʻotishga yordam bergan. Dastlab, u Robert kollejida biologiya bilimlarini oʻrganib, uni 1945-yilda tugatgan. Kollejda oʻqib yurgan kezlarida u islom dinini jonli amaliyot sifatida birinchi marta bilib oldi, dam olish kunlarida kuniga besh vaqt namoz oʻqib, Ramazon oyida roʻza tutadigan xolasi bilan vaqt oʻtkazdi.

Bayrak keyinchalik Parijdagi Fernand Leger va Andre Lhote studiyalarida sanʼat, arxitektura va sanʼat tarixi boʻyicha oʻqishni davom ettirdiMatt Hanson, The moth and the flame: In memory of Tosun Bayrak.. Berkeleydagi Kaliforniya universitetida arxitekturaAhmet Sait Akcay, Obituary: Sufi leader Tosun Bayraktaroglu. va Londondagi Kurtauld sanʼat institutida sanʼat tarixini oʻrgandi. Londonda boʻlganida u shoir Kan Yuchel va Turkiyaning sobiq Bosh vaziri Bulent Echevitning hamkori boʻldi. U Rutgers universitetida tasviriy sanʼat magistri darajasini oldi.

Tasavvuf 1970-yilda Bayrak Istanbuldagi jarrohiy kulbasida oʻzining ruhiy ustozi boʻlgan Muzaffar Oʻzak bilan uchrashdiAhmet Sait Akcay, Obituary: Sufi leader Tosun Bayraktaroglu.William Rory Dickson, Living Sufism in North America: Between Tradition and Transformation, p. 108.. Bayrak Halvatiy-Jarrohiy tariqati shayxi boʻldi va bir necha yil oʻtgach , Nyu-Yorkning Spring Valley shahridagi jarrohiylik Amerika masjidi yaqinida istiqomat qildi. U 1977-yildan boshlab Amerikaning Jarrohiy tariqatining maʼnaviy yoʻlboshchisi boʻlib ishlaganThe Meaning of Age va u 1990-yilda Nyu-Yorkning Chestnut Ridj shahridagi shubada Amerika boʻlimining rasmiy masjidiga asos solganMatt Hanson, The moth and the flame: In memory of Tosun Bayrak.. Bir paytlar Fathulloh Gulenning muxlisi boʻlgan Bayrak 2016-yil Istanbuldagi qishki sanʼat koʻrgazmasida Gulen harakatini qoralagan edi.

2015-yil yanvar oyida Ile-de-Fransdagi hujumlarga javoban, Bayrak juma xutbasini rejalashtirayotgan paytda u jinoyatchilarni musulmonlar emas, aqldan ozgan, deb eʼlon qildi va Islomning asosiy taʼlimotlariga qarshi chiqdiJane Lerner and Richard Liebson, Local Muslims, Jews horrified by terror in Paris.. Bayrak 2018-yilning 15-fevralida 92 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdiAhmet Sait Akcay, Obituary: Sufi leader Tosun Bayraktaroglu..

Soʻnggi yillari Bayrak Fairley Dikkinson universitetida sanʼat va sanʼat tarixidan dars bergan va u yerda Tasviriy sanʼat boʻlimini tashkil etishga yordam berganMatt Hanson, The moth and the flame: In memory of Tosun Bayrak.. Uning ishi Qoʻshma Shtatlarda keng namoyish etilgan va u 1965-yilda Guggenheim aʼzosi boʻldi. U oʻtgan asrning 70-yillarida sanʼat olamidan nafaqaga chiqib, umrini islom va tasavvufni oʻrganish va oʻqitishga bagʻishladi.

Tarjimalari Bayrak islom maʼnaviyatiga oid oʻnlab kitoblarni tarjima qilgan, lekin u ayniqsa soʻfiy tasavvuf Ibn Arabiy asarlari ustidagi saʼy-harakatlari bilan mashhur boʻldi. Uning eng mashhur tarjimalaridan biri Ibn Arabiyning „Borliq daraxti“ dir. Uning tasavvufning mumtoz asarlaridan tarjimalari orasida Abdulqodir Gʻiloniyning „Sirlar siri“, „Ilhomlar“, as-Sulomiyning „Tasavvufning dovyurakligi kitobi“, „Futuvva“ va Suhravardiyning „yorugʻlik shakli“ kabi asarlari bor . Shuningdek, Gʻazzoliy, Ibn Arabiy, Jiyliy va Abdulqodir Jiloniy va boshqalarning matnlaridan toʻplangan „Ismi va sifatlar: Allohning ilohiy sifatlari“ va Imom Birgiviyning „Muhammad yoʻli“ tarjimalari borAhmet Sait Akcay, Obituary: Sufi leader Tosun Bayraktaroglu..

Yana qarang

Ibn Arabiy Manbalar

Havolalar

Insho: Shayx Toʻsun Bayroqning „Vasiyatga koʻra“ Insho: Shayx Tosun Bayroqning „Kabburlik va kamtarlik“ Muallif sahifasi Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:2018-yilda vofot etganlar Turkum:Turkiyalik sanʼatkorlar