Banu Qotada (), yoki Qotadiylar () – 1201-yildan 1925-yilgacha Makkada doimiy ravishda hukmronlik qilgan Hasaniy shariflar sulolasi. Qotadiylar Hasaniy shariflarining toʻrt sulolasidan soʻnggisi boʻlib, undan oldin Jafariylar yoki Musaviylar, Sulaymoniylar va Havoshimlar Makkani boshqarishgan. Ushbu sulolaning asoschisi Qotada ibn Idris boʻlib, u 1201-yilda Havoshimlardan ushbu muqaddas shahar hukmronligini tortib olgan. Amirlik hokimiyati uning avlodlari qoʻlida 1925-yilgacha saqlanib qolgan, shu yili makkalik soʻnggi sharif Ali ibn Husayn Hijoz qirolligini Najd sultoni Ibn Saudga topshirgan.

Manbalar

Turkum:Arabistondagi qabilalar Turkum:Arab sulolalari Turkum:Banu Qotada