Al-Qibliy masjidi () – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, Manfuha mahallasidagi tarixiy masjid. Taxminan 1689-yillarda barpo etilgan, ar-Riyoddagi eng qadimiy masjidlardan biri. Bino 1945-yildan 1993-yilgacha bir necha marta restavratsiya qilingan va qayta qurilgan, eng soʻnggi taʼmirlash 2022–2024-yillarda Shahzoda Muhammad ibn Salmonning Tarixiy masjidlarni rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichida amalga oshirilgan. Maydoni deyarli 804 kvadrat metr boʻlgan ushbu masjid bir vaqtning oʻzida 440 namozxonni sigʻdira oladi. Najdiy meʼmorchilik uslubida qurilgan.
Umumiy maʼlumot Masjid 1689-yilda Dahham ibn Davvosning otasi Davvos ibn Abdulloh Manfuha shahrini boshqargan davrda qurilgan. Bino anʼanaviy Najd meʼmorchilgi uslubida barpo etilgan va shaharning sobiq hukmron saroyiga yaqin joyda joylashgan.
1945-yilda masjid qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud tomonidan qayta tiklangan, ichki qismidagi namoz oʻqiladigan joy shimoldan janubga 120 kvadrat metrga kengaytirilgan. Masjid 33 ta ustunli qilib yaratilgan. Keyinchalik bu yerda kichik restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. 1993-yilda masjid poydevori mustahkamlanib, kapital taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2022-yilda Shahzoda Muhammad ibn Salmonning Tarixiy masjidlarni rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichida restavratsiya qilish roʻyxatiga kiritilgan. Maydoni deyarli 804 kvadrat metr. Bino balandligi 6 metrga yetgan toʻrtburchak minoralarni oʻz ichiga oladi.
Shayx Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Mahmud, Shayx Saʼd ibn Anbar, Shayx Muhammad ibn Hamid, Shayx Abdulaziz ash-Shuaybiy, Shayx Umar ibn Xalifa va 1966-yilda vafot etgan Shayx Umar ibn Mahmud kabi taniqli kishilar masjidda imomlik qilgan.
Yana qarang
As-Suhum masjidi
Manbalar
Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar