Abu Uqba al-Jarroh ibn Abdulloh al-Hakamiy () – arab zodagoni, Hakamiy qabilasi sarkardasi. VIII asr boshlarida Basra, Seyiston, Xuroson, Armaniston va Eron Ozarbayjoni hokimi boʻlib xizmat qilgan. Xazarlarga qarshi yurishlari bilan mashhur boʻlgan va 730-yilda Ardabil jangida vafot etgan.

Faoliyati Tarixchi Balozuriy Axmad ibn Yahyoning maʼlumotlariga koʻra, al-Jarroh Jund al-Urdunnda (Iordaniya harbiy okrugi) tugʻilgan. 696-yilda Sufyon ibn al-Abrod al-Kalbiy va Abdurahmon ibn Habib al-Hakamiyga ergashib Iroqqa kelgan boʻlishi mumkin. Abdurahmon ibn Habib va al-Jarroh Banu al-Hakam ibn Saʼd al-Ashira qabilasidan boʻlgan. 701-yilda al-Jarroh Ibn al-Ash’as qoʻzgʻoloniga qarshi kurash olib borgan.

706 yoki bir necha yildan keyin, Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf qoʻl ostida Basraga hokim etib tayinlangan va 715-yilda Yazid ibn al-Muhallab Hajjojning oʻrnini egallaguniga qadar ushbu lavozimda xizmat qilgan. Yazid ham, shuningdek, al-Jarrohni Xurosonga joʻnab ketishidan oldin Iroqda oʻzining noibi etib tayinlagan. 717-yilda xalifa Umar II (hukmronligi 717–720) uni Xuroson va Seyiston hokimligida Yazidning vorisi deb eʼlon qilgan. Al-Jarroh 719-yilning mart yoki aprel oylariga qadar Xurosonda qolgan. Bu lavozimda 17 oy davomida faoliyat olib borgan, biroq islom dinini qabul qilgan mahalliy aholiga nisbatan yomon munosabatda boʻlgani bois uning ustidan shikoyat tushgan va shu sababli ishdan boʻshatilgan. Soʻngra al-Jarrohning oʻrnini Abdurahmon ibn Nuaym al-Gʻomidiy egallagan. 720-yilda Iroqqa qaytgach, al-Jarroh Maslama ibn Abdulmalik bilan birga Yazid ibn al-Muhallab qoʻzgʻolonini bostirishda kurashgan boʻlishi mumkin.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari Turkum:Armanistondagi Umaviylar hokimlari Turkum:730-yilda vafot etganlar Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari