thumb|200px|Jolie 2004-yilda thumb|upright|Jolie 2007-yilgi Cannes film festivalida thumb|upright|Jolie 2011-yilgi Cannes film festivalida thumb|upright|Jolie 2014-yilda

Angelina Jolie (; tugʻilgan paytidagi ismi Angelina Jolie Voight (); 4-iyun 1975-yilda tugʻilgan; keyinchalik, Angelina Jolie Pitt ()) amerikalik aktrisa, rejissor, film produser va ssenariynavisdir. U koʻplab yutuqlarga, jumladan bir marta Oscar va uch marta Oltin globusga sazovor boʻlgan. Jolie Hollywoodning eng yuqori haq toʻlanadigan aktrisalaridan biridir.

Jolie aktrisa sifatida ilk marotaba otasi Jon Voight bilan birga in Lookinʼ to Get Out (1982) komedik filmida suratga tushgan. Bu filmdan oʻn yil oʻtib, Cyborg 2 (1993) filmida bosh rollardan birini ijro etdi. Keyin, Hackers (1995) filmida suratga tushdi. Uning George Wallace (1997) va Gia (1998) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. 1999-yilda Girl, Interrupted dramasidagi roli ortidan „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni oldi. Joliening Lara Croft: Tomb Raider (2001) filmida jonlantirgan videooʻyin qahramoni boʻlmish Lara Croft roli uni Hollywood aktrisasi sifatida tanilishida muhim ahamiyat kasb etdi. U jangari janridagi filmlarda rol oʻynashni davom ettirib, Janob Smith & Smith xonim (2005), Wanted (2008), Salt (2010) va The Tourist (2010) filmlarida suratga tushdi. A Mighty Heart (2007) va Changeling (2008) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, filmlardan ikkinchisi unga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni olib keldi. Uning eng tijoriy muvaffaqiyat qozongan roli Maleficent (2014) filmi boʻldi. U oʻzini ovoz aktrisasi sifatida ham sinab koʻrdi, jumladan Kung Fu Panda (2008-hozirgacha) animatsion filmlar seriyasida Yoʻlbarsoy personajiga ovoz berdi. Jolie, shuningdek, bir nechta filmlarga rejissorlik va ssenariynavislik ham qildi, ular qatoriga In the Land of Blood and Honey (2011), Unbroken (2014) va First They Killed My Father (2017) ni kiritish mumkin.

Dastlabki hayoti Angelina Jolie Voight 1975-yilning 4-iyunida Kaliforniya shtatining Los Angeles shahrida dunyoga kelgan, otasi — Jon Voight, onasi — Marcheline Bertrand. U aktyor James Havenning singlisi, shuningdek, qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Chip Taylor va geolog Barry Voightning jiyanidir. Uning choʻqintirgan ota-onasi — Jacqueline Bisset va Maximilian Schell. Otasi tarafdan, Jolie olmon va slovak ajdodlarga, onasi tarafdan esa fransuz-kanadalik, niderland va olmon ajdodlarga mansubdir

1976-yilda ota-onasi ajrashgandan soʻng, u va uning akasi onasi bilan birga yashadi, u oʻz farzandlarini tarbiyalashga e'tibor qaratish uchun aktyorlik ambitsiyalaridan voz kechgan. Jolining onasi uni katolik sifatida tarbiyalagan, lekin undan cherkovga borishni talab qilmagan. Bolaligida u onasi bilan tez-tez filmlarni tomosha qilar edi va otasining muvaffaqiyatli karerasi emas, balki aynan shu narsa uning aktyorlikka qiziqishini ilhomlantirdi, shuningdek u yetti yoshda Voightning Lookin' to Get Out (1982) filmida biroz rol oʻynagan. Joli olti yoshga toʻlganda, Bertran va uning turmush oʻrtogʻi, rejissyor Bill Day oilani Nyu-Yorkdagi Palisadesga koʻchirishdi; ular besh yildan soʻng Los-Anjelesga qaytib kelishdi. Shundan soʻng Joli aktyorlik qilishni boshlashga qaror qildi va Li Strasberg teatr institutiga oʻqishga kirdi, u yerda ikki yil tahsil oldi va bir nechta sahna asarlarida ishtirok etdi.

Joli dastlab Beverli-Xillz oʻrta maktabida oʻqigan, u yerda oʻzini mintaqadagi ba'zi badavlat oilalarning farzandlari orasida yolgʻiz his qilgan, chunki onasi kam daromadga ega edi. Uni boshqa talabalar masxara qilishdi, ular uni juda ozgʻinligi va koʻzoynak va braket taqib yurgani uchun unioʻzlarini safiga qoʻshishmasdi. Uning onasining talabiga binoan modellashtirishga boʻlgan dastlabki urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. U Moreno oʻrta maktabiga, muqobil maktabga koʻchib oʻtdi va u yerda "pank autsayder" boʻlib qoldi, qora kiyim kiyib, koʻchaga chiqdi va usha vaqtdagi yigiti bilan pichoq oʻyini oʻynadi. U aktyorlik saboqlarini tashlab, dafn marosimi direktori boʻlishni orzu qilgan, uyda balzamlash boʻyicha kurslarda qatnashgan. 16 yoshida, munosabatlar tugaganidan soʻng, Joli oʻrta maktabni tugatdi va teatr faniga qaytishdan oldin oʻzi uchun kvartira ijaraga oldi,soʻngra 2004-yilda u bu davr haqida shunday deydi: "Men hali ham qalbimdaman, -va har doim shunday boʻladi - shunchaki tatuirovkali bola"https://www.farfetch.com/uz/vogue/feature/022304/page2.html..

Faoliyati Angelina Lee Starsberg Teatr maktabini bitirigandan soʻng, London, New York va Los Angelesda professional modellik qildi.

Shaxsiy hayoti Jolie aktyor Brad Pitt bilan birgalikda turmush qurishni rejalashtirishyapti. Angelina 2-marta turmush qurib ajrashdi. Bu 2 turmushi 3 yildan iborat boʻldi. 1996-1999-yillarida Johnny Lee Miller bilan, 2000-2003-yillar orasida esa Billy Bob Thornton bilan turmush qurgan edi. Keyinchalik, 2004-yil Janob Smith & Smith xonim filmida aktyor Brad Pitt bilan tanishdi, 2006-yilda esa Shiloh Nouvel Jolie Pittni dunyoga keltirdi. Shiloh, Brad va Angelinaning oʻz qizlari. Hozir Angelina va Brad Shiloh va asrab olgan farzandlari Maddox, Zahara va Pax bilan bir butun oila kabi yashashmoqda. Yaqindagina Jolie reportajlarning birida 14 farzandi boʻlishini xohlagani va Brad Pitt bilan juda baxtli ekanligi haqida gapirishdi. Hozir juftlik ajrashish yoqasida.

Filmografiyasi Film Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar) 1982 Lookin' to Get Out Tosh Angelina Jolie Voight sifatida 1993 Cyborg 2 Angela & Viril Qisqa hajmli film Alice & Viril Qisqa hajmli film 1995 Hackers Acid Burn 1996 Without Evidence Love Is All There Is Mojave Moon Foxfire Legs Sadovsky 1997 Playing God Claire 1998 Hell's Kitchen Playing by Heart Joan 1999 Pushing Tin Girl, Interrupted 2000 Gone in 60 Seconds 2001 Lara Croft: Tomb Raider Original Sin 2002 Life or Something Like It 2003 Lara Croft: Tomb Raider – The Cradle of Life Beyond Borders 2004 Taking Lives Shark Tale Lola (ovoz bergan) Sky Captain and the World of Tomorrow The Fever Revolutionary Cameo Alexander Olympias 2005 Confessions of an Action Star Herself Cameo Janob Smith & Smith xonim 2006 2007 Beowulf Grendel's mother 2008 Kung Fu Panda Master Tigress (ovoz bergan) Wanted Fox Changeling 2010 Salt 2011 Kung Fu Panda 2 Master Tigress (ovoz bergan) Kung Fu Panda: Secrets of the Masters Master Tigress (ovoz bergan) 2014 Maleficent Maleficent 2015 By the Sea Vanessa Credited as Angelina Jolie Pitt 2016 Kung Fu Panda 3 Master Tigress (ovoz bergan) 2019 Maleficent: Mistress of Evil Maleficent 2020 Come Away Stella (ovoz bergan) 2021Those Who Wish Me Dead Eternals Thena

Televideniye Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar) 1997 True Women Telefilm George Wallace Telefilm 1998 Gia Telefilm 2010 Kung Fu Panda Holiday Master Tigress (ovoz bergan) Maxsus ishlangan telefilm

Videooʻyinlar Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar) 2004 The Flying Legion Air Combat Challenge Kapitan Franky Cook

Musiqiy videolar Yil Nom Artist Albom Manba (lar) 1991 „Alta Marea (Donʼt Dream Itʼs Over)“ Antonello Venditti Benvenuti in Paradiso „Stand by My Woman“ Lenny Kravitz Mama Said 1992 „Wonderin“ Widespread Panic Everyday 1993 „Everyday“ The Lemonheads Come on Feel the Lemonheads „Rock and Roll Dreams Come Through“ Meat Loaf Bat Out of Hell II: Back into Hell 1997 „Anybody Seen My Baby?“ The Rolling Stones Bridges to Babylon 2003 „Did My Time“ Korn Take a Look in the Mirror

Mukofot va nomzodliklari Yil Mukofot Turkum Film Natija 1998 Emmy Award Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — miniserial yoki film George Wallace 1998 Oltin globus Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — serial, miniserial yoki televizion film 1998 Emmy Award Eng yaxshi yetakchi aktrisa — miniserial yoki film Gia 1999 Oltin globus Eng yaxshi aktrisa — miniserial yoki televizion film 1999 Screen Actors Guild Award Eng yaxshi ayol aktyor — miniserial yoki televizion film 2000 Oscar Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa Girl, Interrupted 2000 Oltin globus Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — kinofilm 2000 Screen Actors Guild Award Eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktyor 2008 Oltin globus Eng yaxshi aktrisa — drama film A Mighty Heart 2008 Screen Actors Guild Award Eng yaxshi yetakchi ayol aktyor 2009 Oscar Eng yaxshi aktrisa Changeling 2009 BAFTA Eng yaxshi yetakchi aktrisa 2009 Oltin globus Eng yaxshi aktrisa — drama film 2009 Screen Actors Guild Award Eng yaxshi yetakchi aktrisa 2011 Oltin globus Eng yaxshi aktrisa — myuzikl yoki komediya The Tourist 2012 Oltin globus Eng yaxshi xorij tilidagi film In the Land of Blood and Honey 2018 BAFTA Ingliz tilida boʻlmagan eng yaxshi film First They Killed My Father 2018 Oltin globus Eng yaxshi xorij tilidagi film

Qiziqarli maʼlumotlar Vujudida 12 ta tatusi boʻlgan Joliening, qoʻlida tarjimasi Vahshiy yurakli boʻlishiga qaramay qafaslarga tushganlar uchun bir duo… degan bir tatusi mavjuddir. Aktrisa Shiloh Nouveldan tashqari 3 ta farzandini asrab olgan. Maddox’ni Kambodjadan, Zahara Marleyni Efiopiyadan va Paxni esa Vyetnamdan. 2005-yilning avgust oyida Kambodja davlatiga bergan yordamlarini qarshiligida Kambodja Prezidentidan Kambodja fuqaroligini qozongan. Girl Interrupted filmida Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa Oscar mukofotini oldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oscar mukofotining eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktrisa nominatsiyasi gʻoliblari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Screen Actors Guild Awards sovrindorlari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Kinorejissyorlar Turkum:Amerikalik kinoprodyuserlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar