Abon ibn al-Volid ibn Uqba ibn Abu Muayt () – Umaviylar sulolasi aʼzosi, xalifa Marvon I (h. 684—685) va Abdulmalik (h. 685—705) hukmronligi davrida Hims, Qinnasrin (Jazira bilan) va Armaniston hokimi boʻlib xizmat qilgan. Ukasi Usmon Armanistonda uning oʻrinbosari boʻlgan yoki mustaqil hokim sifatida xizmat qilgan boʻlishi mumkin. Uning yana bir oʻrinbosari Dinor ibn Dinor 694/695-yilda vizantiyaliklarni magʻlubiyatga uchratgan .

Taxminan 688/689-yillarda Abdulmalik Abonga Qays qabilasi boshligʻi Zufar ibn al-Horis al-Kilobiy tomonidan koʻtarilgan qoʻzgʻolonni bostirish vazifasini topshirgan. Zufar Furot daryosi boʻyidagi mustahkam strategik nuqta hisoblanuvchi al-Qarqisiyadan turib xalifaning Iroqni bosib olish rejasiga doimiy ravishda toʻsqinlik qilib kelayotgan edi. Oʻsha vaqtda Iroqni Mus’ab ibn al-Zubayr akasi Abdulloh nomidan boshqarar edi. Abdulloh xalifa Abdulmalikning raqibi edi. Zufar Ibn az-Zubayrning hukmronligini tan olgan va 685/686-yillarda Umaviylar qoʻmondoni Ubaydulloh ibn Ziyodni magʻlub etgan. Abon Zufarni jangda magʻlubiyatga uchratgan. Ushbu jangda Zufarning oʻgʻillaridan biri ham oʻldirilgan.

Yana qarang

Uqba ibn Abu Muayt – bobosi. Al-Volid ibn Uqba – otasi. Al-Volid ibn Hishom al-Muaytiy – jiyani.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Himsdagi Umaviylar hokimlari Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Umaviylar sulolasi Turkum:Qinnasrindagi Umaviylar hokimlari Turkum:Armanistondagi Umaviylar hokimlari