As-Samh ibn Molik al-Xavloniy () – 721–719-yillarda Al-Andalusning arab general-gubernatori. 720-yilda oʻz gubernatorligi ostida amalga oshirgan moliyaviy islohotlari doirasida Al-Andalusda birinchi sof arab tangalarini zarb qildirgan.
Qolgan vestgot hukmronligini zabt etish As-Samh Al-Andalus hokimi lavozimini egallaganida Vestgotlar qiroli Ardo hali ham Quyi Ebro va Septimaniya ustidan hukmronlik qilar edi. As-Samh dastlab Barselonani, keyinchalik Narbonneni egallab (720), u yerda Vestgot qirolligi hokimiyatiga yakun yasagan. Umaviylar qoʻshinini hozirgi janubiy Fransiya hududi tomon boshlab, Narbonneni zabt etishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari yirik arab qoʻshinini Vestgotlar Septimaniyasining qolgan hududlariga ham olib borib, Béziers, Agde, Lodève, Maguelonne (Montpellier) va Nîmes kabi bir qator katta-kichik shaharlarni qamal qilgan.
Manbalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Al-Andalusdagi Umaviylar hokimlari Turkum:721-yilda vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari