Pau Víctor Delgado (2001-yil 26-noyabrda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, hujumchi yoki vinger sifatida oʻynaydi. Hozirda erkin agent, u oxirgi marta La Liganing "BarseBarcelonabida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Viktor Ispaniyaning Barselona provinsiyasidagi Sant Cugat del Vallès shahrida tugʻilgan. Futboldagi ilk yillarini Sabadell akademiyasida mashgʻulotlarida boshlagan. 2018-yilda esa „Jirona“ klubining futbol akademiyasiga qabul qilingan. 2020-yil 20-iyul kuni „Jirona“ oʻrinbosarlari jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinidan soʻng, Pau „Alkorkon“ klubiga qarshi Segunda chempionatida professional debyut oʻyinini oʻtkazgan.

2022-yil 29-avgustda Delgado va jamoadoshi Álex Sala Sabadell klubi Jirona tomonidan ijaraga berilgan. Sabadell klubi tarkibida mavsum davomida Pau yettita gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan. Pauning muvaffaqiyatlari sababli Jirona jamoasi u bilan amaldagi shartnomasini 2025-yilgacha uzaytirgan va 2023-yil 17-avgustda „Barcelona“ klubining farm jamoasiga ijaraga berilgan.

2024-yilning 24-iyulida „Barcelona“ Viktor bilan 2029-yilgacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2024-yil 31-iyulda Pau „Barselona“ asosiy jamoasi tarkbida „Manchester City“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va gol urgan. 2024-yilning 4-avgustida Delgado oʻzining navbatdagi oʻyinida „Real“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan va kataloniyaliklarga gʻalaba keltirgan. 2024-yil 17-avgust kuni Viktor „Barselona“ safidagi ilk rasmiy oʻyinini Ispaniya chempionati doirasida „Valencia“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan.

„Barcelona“ uni va Dani Olmoni 2025-yilgacha roʻyxatdan oʻtkaza olmagani uchun u istalgan klub bilan muzokaralar olib borish uchun erkin agentga aylandi.

Faoliyat statistikasi

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarGirona2019–20Segunda División1000–00102020–217030–00100Jami80300000110Girona B2020–21Tercera División146––101562021–22Tercera División RFEF318––20338Jami45140000304814Sabadell (ijara)2022–23Primera Federación36700–00367Barcelona B (ijara)2023–24Primera Federación3518––423920Barcelona2024–25La Liga132004000172Umumiy faoliyat statistikasi1354130407215143

Yutuqlar Individual

Primera Federación toʻpurari: 2023–24

Manbalar

Havolalar

Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari

Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Tercera Federación futbolchilari Turkum:Girona FC futbolchilari Turkum:Girona FC B futbolchilari Turkum:CE Sabadell FC futbolchilari Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari