Vepa Jumayev (; 2000-yil 18-dekabr, Ashxobodda tugʻilgan) – turkmanistonlik professional futbolchi, Nukusning „Aral“ klubi va Turkmaniston milliy terma jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Terma jamoadagi faoliyati 2021-yilda u Turkmanistonning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga taklif olgan, biroq pasportining amal qilish muddati tugaganligi sababli jamoaga qoʻshila olmagan. Bunga COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat tufayli Turkmanistonga qaytib kela olmagani sabab boʻlgan. 2022-yilning may oyida u yana yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. Terma jamoadagi debyutini 2022-yil 1-iyun kuni Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Terma jamoa bilan birgalikda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichiga yoʻllanma olishga muvaffaq boʻldi.

2023-yil avgust oyida futbolchi Turkmaniston milliy terma jamoasiga chaqirilgan. Biroq, keyinchalik u yoshlar terma jamoasiga qoʻshilgan va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turnirida ishtirok etgan. Milliy terma jamoadagi debyutini 2023-yil 12-sentyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan. 2023-yil noyabr oyida futbolchi jahon chempionati saralash oʻyini uchun yana milliy terma jamoaga chaqirilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Maxline Vitebsk futbolchilari Turkum:FC Lokomotiv Gomel futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:FC Vitebsk futbolchilari Turkum:FC Aral Nukus futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari