2024-yil 25-dekabr tongida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan, Bokudan Grozniyga ketayotgan samolyot Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan. Samolyot bortida 67 kishi boʻlgan. Yoʻlovchilarning 37 nafari Ozarbayjon, 16 nafari Rossiya, 6 nafari Qozogʻiston va 3 nafari Qirgʻiziston fuqarolari. Umumiy hisobda 38 nafar shaxs, jumladan, ikki uchuvchi nobud boʻldi, 29 yoʻlovchi omon qoldi.

Embraer 190 rusumli samolyot 11 yil oldin foydalanishga topshirilgan. Halokatga samolyotning boshqaruv tizimi ishdan chiqqanligi yoki parvoz vaqtida qush bilan yuzaga kelgan toʻqnashuv sabab boʻlganligi taxmin qilinmoqda.

Samolyot 2013-yilda ishlab chiqarilgan samolyot Embraer E190AR rusumli boʻlib, 4K-AZ65 raqami bilan roʻyxatga olingan va seriya raqami 19000630. U soʻnggi texnik nazoratdan 2024-yil 18-oktyabrda oʻtgan. Samalyot ikki dona General Electric CF34-10E6 dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, Ozarbayjonning milliy aviakompaniyasi sanalgan „Azerbaijan Airlines“ga tegishli boʻlgan. Shuningdek, samalyot Ozarbayjonning rasmiy tashuvchi vositasi sifatida xizmat qilib kelgan.

Halokati Samolyot Boku xalqaro aeroportidan Grozniy aeroporti tomon amalga oshiriladigan parvoz uchun Ozarbayjon vaqti bilan soat 7:55 (UTC+04:00) da havoga koʻtarilgan. Flightradar24 parvozlarni kuzatish xizmati maʼlumotlariga koʻra, nomaʼlum sabablar bilan samolyot Grozniy yaqinlarida uchayotgan vaqtda GPS signalining buzilishi roʻy bergan. Grozniydagi quyuq tuman oqibatida samolyot Dogʻistonning Mahachqalʼa shahrida joylashgan Uytosh aeroportiga yoʻnaltirilgan. Samolyot taxminan 9,144 metr (30 000 fut) balandlikda mahalliy vaqt bilan soat 8:40 (UTC bilan 04:40) da radar ekranidan gʻoyib boʻlgan va taxminan soat 10:07 (UTC bilan 06:07) da Qozogʻiston qirgʻoqlari yaqinida yana qayta koʻrinish bergan.

Halokat sabablari Rus havo mudofaasining ishi Barcha versiyalar orasida eng mashuri bu rus Pansir-S1 kompleksning hujumi haqidagi versiyaAzerbaydjanskiy samolyot sbila Rossiya, utverjdayut istochniki SMI. Chto govorit v polzu etoy versii?„Samolyot mog bit povrejdyon zenitnoy raketoy“. Yan Matveev – o versii aviakatastrofi v Kazaxstane iz-za raboti rossiyskoy PVO.

Boshqa versiyalar Samolyot halokatiga kislorod ballonining portlashi yoki qushlar bilan toʻqnashuv sabab boʻlgan versiyalar mavjud.

Manbalar

Turkum:Aviahalokatlar Turkum:2024-yil dekabr oyida sodir boʻlgan voqealar