Sayid Faxruddin Shahid – 11-asrda yashagan ismoiliy, Fotimiy va mustaliy yoʻnalishining avliyosi boʻlib, u birinchi ismoiliy shahid sifatida tanilgan. U Rajastondagi mahalliy Bxil qabilalari orasida targʻibot ishlarini olib borish paytida shahid boʻlgan va Hindistonning Galiakot shahrida dafn etilgan. Uning maqbarasi izdoshlari orasida eng muqaddas va eʼzozlanadigan joylardan biri hisoblanadi, , 2007 – History; The Ismaʼilis: Their History and Doctrines, By Farhad Daftary, p.277 'tomb of fakhr..din first ismaili martyr.. located at ghaliakot.. most venerated bohra shrine.', p.299Mullahs on the Mainframe: Islam and Modernity Among the Daudi Bohras, by: Jonah Blank – 2001, p.139.
Oilasi Sayid Faxruddin Jayn podshosi Tarmalning oʻgʻli edi. Podshoh Roja Tarmal va uning ukasi Roja Bharmal bu hududdagi mavlono Abdulloh tomonidan Islomga kirgan ilk kishilar edi. Roja Tarmal va Roja Bharmal Jayasimha Siddharajning vazirlari boʻlishgan. Sayid Faxruddinning mavlono Dovud ismli oʻgʻli boʻlib, u otasining maqbarasi yaqinida dafn etilgan[iqtibos kerak].
Hayoti Hozirgi Rajaston hududidagi diniy ishlarni olib borish mas’uliyati Sayid Faxruddinga Roja Bharmalning oʻgʻli va Hindistondagi Imom Mustansir vakili boʻlgan mavlono Yoqub tomonidan topshirilgan edi[ iqtibos kerak ].
Oʻlimi Sayid Faxruddin Sagvaradan Galiakotga diniy vazifalarini bajarib ketayotganida, Galiakot chekkasida bir guruh qaroqchilar tomonidan hujumga uchrab, qatl etilgan.
Maqbarasi Sayid Faxruddin maqbarasi dastlab 1829-yilda Sayid Toyyib Zaynuddin tomonidan barpo etilgan boʻlib, 1954-yilda Sayid Tohir Sayfuddin tomonidan qayta taʼmirlangan va keyinchalik Sayid Muhammad Burhonuddin rahnamoligida toʻliq qayta qurib bitkazilgan.
Nasabi Sayid Faxruddin toʻqqizta Davudi Bohra Daisining ajdodi hisoblanadi. Jumladan, Sayid Muhammad Ezzuddin, Sayid Toyib Zaynuddin, Sayid Abdulqodir Najmuddin, Sayid Abdul Husain Husamuddin, Sayid Muhammad Burhonuddin I, Sayid Abdulla Badruddin, Sayid Tahir Sayfuddin, Sayid Muhammad Burhonuddin va Sayid Mufaddal Sayfuddin uning uzoq ajdodlaridandir. Ushbu shajara ular oʻrtasidagi aniq aloqani koʻrsatadi. Bundan tashqari, u Suratda dafn etilgan Sayid Shams Xon va Ujjainda dafn etilgan Sayid Hasan-ji Badshohning ham ajdodi sanaladi. Photo gallery
Manbalar
Turkum:11-asr ismoiliylari Turkum:Hindistonlik musulmon Islom ulamolari