Marcin Oleksy (1987-yil 11-aprelda tug‘ilgan) — polyak amputant futbolchisi bo‘lib, hujumchi sifatida Warta Poznań klubi va Polsha amputantlar milliy futbol terma jamoasida o‘ynaydi.. U 2022-yilgi FIFA Puskás mukofoti sovrindori hisoblanadi.
Hayoti
2010-yilgacha Oleksy Polshaning Korona Kożuchów klubida darvozabon sifatida o‘ynagan. Uning murabbiyi Andjey Savitskiy uni kelajakdagi faoliyatida ko‘p narsaga erishishi mumkin deb hisoblagan. 2010-yilda Oleksy qurilish ishchisi sifatida ishlash uchun futbolchilik faoliyatini to‘xtatgan.
2010-yilning noyabr oyida Oleksy ish joyida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli oyog‘idan ayrilgan. 2019-yilda u Warta Poznań klubida o‘ynay boshlagan va 2021-yilda Polsha milliy amputant futbol jamoasiga qo‘shilgan.
Puskás mukofoti 2023-yil 28-fevralda Oleksy FIFA Puskás mukofotini 2022-yilning eng yaxshi goli uchun qabul qilib olgan. Bu sovrinni u The Best FIFA Football Awards 2022 marosimida olgan. Uning goli ovoz berish natijalariga koʻra roʻyxatdagi qolgan ikki finalchilar, Dimitri Payet va Richarlisonning gollarini ortda qoldirgan. G‘olib bo‘lgan gol 2022-yilning 6-noyabrida Warta Poznań va Stal Rzeszów o‘rtasidagi o‘yinda kiritilgan. U mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi polyak futbolchisi va birinchi amputant futbolchi hisoblanadi. U 35 yoshida mukofotga sazovor bo‘lganligi bois ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan eng keksa futbolchi hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar Marcin Oleksy - Puskás Award nominee
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:FIFA Puskás mukofoti sohiblari