Antonio Francesco Gramsci ( ; ; 22-yanvar 1891-yil Ales, Italiya Qirolligi – 27-aprel 1937-yil Rim, Italiya) – Italiyalik Marksist faylasuf, tilshunos, jurnalist, yozuvchi va siyosatchi. U falsafa, siyosiy nazariya, sotsiologiya, tarix va tilshunoslik sohalarida asarlar yozgan. Gramsci Italiya Kommunistik partiyasining asoschisi va bir muddat rahbari boʻlgan. Benito Mussolini va fashizmning faol tanqidchisi boʻlgan Gramsci 1926-yilda qamoqqa tashlangan.
Gramsci qamoqda oʻtirgan paytida 30 dan ortiq daftar va 3000 betdan koʻp tarixiy va tahliliy yozuvlar yozgan. Uning Prison Notebooks asari XX asr siyosiy nazariyasida oʻziga xos oʻrin egallaganMadaniy gegemonlik. Gramsci oʻz gʻoyalarini shakllantirishda nafaqat marksistlarga, balki Niccolò Machiavelli, Vilfredo Pareto, Georges Sorel va Benedetto Croce kabi ziyolilarga ham murojaat qilgan. Daftarlarda Italiya tarixi va Italiyan millatchiligi, Fransuz inqilobi, fashizm, ilmiy menejment va fordizm, fuqarolik jamiyati, davlat, tarixiy materializm, folklor, din, yuqori va ommaviy madaniyat kabi turli mavzularni qamrab olgan.
Gramsci madaniy gegemoniya nazariyasi bilan mashhurGegemoniya va mafkura oʻrtasidagi farq. Unga koʻra, davlat va hukmron kapitalistik sinf boʻlgan burjuaziya madaniy institutlar yordamida oʻz hokimiyati hamda boyligini saqlab qoladi. Buning uchun ular oʻz gʻoyalari va qadriyatlarini jamiyatga singdirishadi. Natijada, jamiyatdagi boshqa guruhlar buni tabiiy hol deb qabul qiladi va hukmron sinfga boʻysunadi. Gramscining fikricha, burjuaziya jamiyat ustidan hukmronlik qilish uchun kuch ishlatish yoki majburlash oʻrniga oʻz gʻoyalarini tarqatishni afzal koʻradi. Ular oʻz fikrlarini odamlarning ongiga singdirib, buni odatiy va toʻgʻri fikr deb qabul qildirishga harakat qiladi. Gramsci anʼanaviy marksizmning „jamiyatning taraqqiyoti faqat iqtisodiy omillarga bogʻliq“ degan fikriga qarshi gʻoyalarni ilgari soʻradi. Shu sababli baʼzan uni neo-marksist deb atashadi. Uningcha, marksizm insonlar amaliy faoliyatiga asoslangan falsafa boʻlishi kerak. Gramsci tarixni insonlarning ongli qarorlari va harakatlari natijasi deb tushuntiradi. Bu qarash orqali u anʼanaviy moddiy (materialistik) va faqat gʻoyalarga asoslangan (idealistik) tushunchalardan chiqib ketishga harakat qilgan. Hayoti Bolalik yillari Antonio Gramsci Sardiniya orolidagi Oristano viloyatining Ales shaharchasida tugʻilgan boʻlib, Francesco Gramsci (1860–1937) va Giuseppina Marcias (1861–1932) oilasidagi yetti farzandning toʻrtinchisi hisoblanadi. Francesco Gramsci Lazio viloyatiga qarashli Latina provinsiyasidagi Gaeta degan kichik shaharchada Italiyaning janubidagi Campania va Calabria viloyatlaridan kelgan va kelib chiqishi Arbëreshë (italyan-alban) boʻlgan badavlat oilada tugʻilgan. Gramscining oʻzi otasining oilasi 1821-yilda Albaniyani tark etganiga ishongan „I myself have no race. My father is of recent Albanian origin. The family escaped from Epirus after or during the 1821 wars <of Greek Independence> and Italianized itself rapidly.“ Lettere dal carcere (Letters from Prison), ed. S. Capriogloi & E Fubini (Einaudi, Turin, 1965), pp. 507–508.". Uning otasi oilasining alban kelib chiqishi Gramsci familiyasi bilan tasdiqlangan, bu Gramshining italyancha shakli boʻlib, u Albaniyaning markaziy-sharqiy qismidagi kichik shaharcha Gramsh joy nomining aniq otidan kelib chiqqan „Antonio Gramsci, nato ad Ales (Oristano) nel 1891, fondatore del Partito Comunista d’ltalia nel 1921, arrestato nel 1926, morto a Roma nel 1937, portava nel proprio cognome la manifesta origine albanese della famiglia (Gramsh o Gramshi, con l’articolo determinativo finale in -i, è il nome di una cittadina dell’Albania centrale).“. Gramscining onasi Nuoro provinsiyasidagi Sorgono shahridan boʻlgan Sardiniyalik yer egalari oilasiga mansub edi. Franchesko Gramsci past darajadagi amaldor sifatida ishlagan. Uning moliyaviy qiyinchiliklari va politsiya bilan bogʻliq muammolari oilani Sardiniyadagi bir nechta qishloqlar boʻylab koʻchib oʻtishga majbur qildi, ular nihoyat Ghilarzaga joylashdi.
1898-yilda Gramscining otasi mol-mulkni talon-toroj qilishda ayblanib qamoqqa tashlandi va oilasi nochor ahvolga tushib qoldi. Yosh Gramsci otasi 1904-yilda ozod etilguniga qadar oʻqishni tashlab, turli vaqtinchalik ishlarda ishlashga majbur boʻldi. Yoshligida Gramsci salomatligi bilan bogʻliq bir qancha muammolarga duch kelgan, xususan, umurtqa pogʻonasining tugʻma nuqsoni uni boʻyi oʻsmay qolishiga olib kelgan. Yoyaga yetganida boʻyi 5 futdan oshmagan va beli juda bukri boʻlib qolgandiCrehan, Kate (2002). Gramsci, Culture, and Anthropology. University of California Press. p. 14. .. Uzoq vaqt davomida uning bu holati bolalikdagi baxtsiz hodisa, aniqrogʻi, enagasi uni tushirib yuborgani sababli kelib chiqqanligi aytib kelingan. Ammo yaqinda bu umurtqa pogʻonasining deformatsiyasiga olib kelishi mumkin boʻlgan sil kasalligining bir turi – Pott kasalligi tufayli ekanligi taxmin qilinmoqdaMarkowicz, Daniel M. (2011) "Gramsci, Antonio, " in The Encyclopedia of Literary and Cultural Theory, ed. Michael Ryan, . Gramsci hayoti davomida turli ichki kasalliklardan ham aziyat chekkan.
Gramsci oʻrta maktabni Santu Lussurgiuda boshlagan va uni Cagliarida tamomlagan. U yerda akasi Gennaro bilan yashagan. Gennaro sobiq askar boʻlib, Italiya yarim orolida oʻtkazgan vaqtlari uni faol sotsialistga aylantirgan edi. U koʻproq Sardiniyaning oʻzini oʻzi boshqarishigaAntonio Gramsci, Dizionario di Storia Treccani. Treccani.it (8 November 1926). Retrieved on 24 April 2017., shuningdek, kambagʻal sardiniyalik dehqonlar va konchilarning shikoyatlariga yon bosardi. Ularga italiyaliklar tomonidan qilingan adolatsizliklar keyinchalik uning intellektual oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatdiAntonio Gramsci e la questione sarda, a cura di Guido Melis, Cagliari, Della Torre, 1975. Ular oʻzlariga boʻlgan eʼtiborsizlikni tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan Shimoliy Italiya tomonidan berilgan imtiyozlar natijasi deb bilishardi va javob sifatida oʻsib borayotgan Sardiniya millatchiligiga yuzlanishga moyil edilar. Bu millatchilik, oʻz navbatida, Italiya hukumatining askarlari tomonidan shafqatsizlarcha bostirilgan ediHall, Stuart (June 1986). „Gramsci’s relevance for the study of race and ethnicity“. Journal of Communication Inquiry 10 (2), 5–27, Sage Journals Gramsci e l’isola laboratorio, La Nuova Sardegna . Ricerca.gelocal.it (3 May 2004). Retrieved on 24 April 2017..
Turin 1911-yilda Antonio Gramsci Turin universitetida oʻqish uchun stipendiya yutib oldi. Gramsci imtihonni Palmiro Togliatti bilan bir vaqtda topshirdi. Turin universitetida u adabiyot oʻqidi va tilshunoslikka katta qiziqish bildirdi, bu fan boʻyicha Matteo Bartoli rahbarligida tahsil oldi. Gramsci Turin shahrida yashagan va aynan shu davrda shahar industrializatsiya jarayonidan oʻtayotgan edi. Fiat va Lancia zavodlari kambagʻal hududlardan ishchilarni yollash bilan shugʻullangan. Bu davrda kasaba uyushmalari shakllana boshlagan va ilk sanoat ijtimoiy mojarolari paydo boʻlgan. Gramsci Italiyada sotsialistik doiralarda faol qatnashgan, shuningdek, Sardiniyadan koʻchib kelgan emigrantlar bilan ham aloqada boʻlgan. Gramsci 1913-yilning oxirlarida Italiya Sotsialistik Partiyasiga (PSI) qoʻshildi. Partiyada keyinchalik muhim lavozimlarni egalladi va Turin shahridan Rossiya inqilobini kuzatdi.
Gramsci oʻqishga qiziqishi boʻlsa-da, moliyaviy qiyinchiliklar va sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch keldi. Sogʻligidagi, shuningdek, uning siyosiy faoliyatga tobora koʻproq kirishishi, uni 1915-yil boshida oʻqishni tark etishga majbur qildi. Bu vaqtga kelib, u tarix va falsafa boʻyicha keng bilimga ega boʻlgan edi. Universitetda Gramsci Antonio Labriola, Rodolfo Mondolfo, Jovanni Jentile va ayniqsa oʻz davrining eng obroʻli italiyalik ziyolisi Benedetto Croce kabi olimlar bilan tanishgan. Labriola „amaliyot falsafasi“ deb atagan Hegelcha Marksizmni targʻib qilgan. Gramsci keyinchalik bu iborani qamoqxona senzuralaridan qochish uchun ishlatgan boʻlsa-da, uning bu fikr oqimi bilan aloqasi butun hayoti davomida noaniq boʻlib qolgan.
1914-yildan boshlab Gramsci Il Grido del Popolo () kabi sotsialistik gazetalar uchun maqolalar yoza boshladi va mohir jurnalist sifatida tanildi. 1916-yilda u Avanti! gazetasining Piedmont boʻlimi muharriri boʻldi. Gramsci Turin shahridagi ijtimoiy va siyosiy voqealar boʻyicha maqolalar yozib, siyosiy nazariya boʻyicha iqtidorli yozuvchi sifatida tanildi. Gramsci Turin ishchilarini oʻqitish va tashkil etishda faol ishtirok etdi. 1916-yilda birinchi marta omma oldida nutq soʻzladi va Romain Rolland, Fransuz inqilobi, Parij kommunasi va ayollar ozodligi kabi mavzularda maʼruzalar oʻqidi. 1917-yil avgust oyidagi inqilobiy noroziliklardan soʻng Sotsialistik partiya yetakchilari hibsga olindi. Shundan soʻng, Gramsci Turin shahridagi yetakchi sotsialistlardan biriga aylandi hamda partiyaning vaqtinchalik qoʻmitasiga saylandi va Il Grido del Popolo gazetasining muharriri boʻldi.
1919-yil aprel oyida Gramschi Palmiro Tolyatti, Angelo Tasca va Umberto Terracini bilan birga L'Ordine Nuovo (Yangi tartib) haftalik gazetasini tashkil etditahririyatida%20ishlay%20boshladi. Palmiro Togliatti – Italiya Kommunistik partiyasi Bosh kotibi: tarjimai holi, shaxsiy hayoti, xotirasi. Oʻsha yilning oktabrida, bir necha qarama-qarshi fraksiyalarga boʻlinganiga qaramay, PSI koʻpchilik ovoz bilan Komunistik Xalqaro tashkilotga qoʻshilishga qaror qildi. Vladimir Lenin L’Ordine Nuovo guruhini bolsheviklarga eng yaqin boʻlgan yoʻnalishda deb hisoblagan. Guruhni Amadeo Bordiga rahbarligidagi anti-parlamentar dasturga qarshi qoʻllab-quvvatladi.
Partiya ichidagi strategik munozaralar davomida Gramscining guruhi asosan ishchilar kengashlari tarafdori sifatida ajralib turdi. Ushbu kengashlar 1919 va 1920-yillardagi katta ish tashlashlar paytida Turinda tabiiy ravishda paydo boʻldi. Gramsci uchun bu kengashlar ishchilarni ishlab chiqarishni tashkil etish vazifasini boshqarishga imkon beruvchi vosita deb hisoblagan va ularni „sinflar gʻalabasi va boshqaruvi uchun tayyorlash“ deb koʻrgan. U oʻsha paytda oʻz pozitsiyasini Lenin siyosatiga mos deb hisoblagan boʻlsa-da, uning ushbu kengashlarni faqat burjuaziya bilan siyosiy kurash vositasi emas, balki kommunistik deb bilishi Amadeo Bordiga tomonidan Georges Sorel va Daniel De Leonning fikrlariga asoslangan sindikalizmga moyillikda ayblandi. 1920-yil bahorida Turin ishchilarining magʻlubiyatiga qadar Gramsci ushbu kengashlarni himoya qilishda deyarli yolgʻiz qoldi.
Italiya Kommunistik partiyasi