Obrazsov Aleksandr Alekseyevich (23-sentyabr 1944-yil – 5-dekabr 2017-yil) sovet va rossiyalik yozuvchi, shoir, dramaturg va ssenariychi.
Biografiyasi Aleksandr Alekseyevich 1944-yilda Amur viloyatining Svobodniy shahrida tugʻilgan.
1961-yildan boshlab Leningradda istiqomat qilgan. LDUning geografiya fakulteti okeanologiya yoʻnalishida 3-kursini hamda Adabiyot institutini tamomlab, diplom olgan. Sankt-Peterburg dramaturglar uyining asoschisi va prezidenti. 1989-yildan buyon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Moskvadagi „Dramaturg“ jurnali ijodiy kengashining aʼzosi hisoblanadiNine – rayonniy sentr v Lipeskoy oblasti, Россия..
Shoir 2017-yil 5-dekabrda, 74 yoshida vafot etgan. Sankt-Peterburgdagi Shimoliy qabristonga dafn etilgan.
Mukofotlari Radio pyesalari uchun ikkita umumittifoq mukofoti. 2003-yilda Sergey Dovlatov mukofoti. 2005-yilda Gʻalabaning 60 yilligiga bagʻishlangan Umumrusiya pyesalar tanlovida birinchi mukofot.
Manbalar
Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:SSSR ssenariychilari Turkum:Rossiya ssenariychilari Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Rossiyalik shoirlar