Sartak (? – 1256-yilda vafot etgan) – Oltin Oʻrda davlatining ikkinchi hukmdori. Botuning katta oʻgʻli. Yozma manbalarga koʻra u nasroniylik diniga eʼtiqod qilgan. Biografiyasi Botuning toʻngʻich oʻgʻli. „Vassof tarixi“da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 1240—1242-yillarda moʻgʻullarning gʻarbga yurishlarida ishtirok etgan. Sayo daryosi boʻyidagi vengerlar bilan boʻlgan jangda aylanma manyovr harakatiga boshchilik qilgan (bu manyovr jang natijasini hal qilgan). 1246—1255-yillarda „ruslarga bogʻliq ishlarni nazorat qiluvchi shaxs“ vazifasini bajargan. Kirakos Gandaketsining maʼlumotlariga koʻra, Sartak cherkov va nasroniylarning ahvolini ancha yengillashtirgan, ruhoniylar va cherkovni soliqlardan ozod etish haqida farmon chiqargan. Manbalar

Turkum:Oltin Oʻrda hukmdorlari Turkum:Mo'g'ullar Turkum:Tarixiy shaxslar