Yazid ibn Abu Kabsha as-Saksakiy () Қ— arab harbiy qoʻmondoni va Umaviylar xalifaligidagi hokimlardan.
U Abu Kabsha laqabi bilan tanilgan Hayvil ibn Yasarning oʻgʻli bo‘lib, Suriya qabilaviy zodagonlari aʼzosi hamda Ikkinchi fitna davrida Umaviylar tarafdori boʻlgan. Yazid xalifa Abdulmalik ibn Marvonning sohib ash-shurtasi sifatida xizmat qilgan. 698-yilda Iroqda xorijiylar bilan kurashgan hamda Iroq hokimi al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Vositdagi shurtaning boshligʻi etib tayinlangan. 712/713-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi harbiy yurishga boshchilik qildi va 714-yilda Hajjoj vafot etgandan so‘ng, qisqa muddat davomida uning oʻnini egallagan holda Iroq hokimi lavozimini bajargan. Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalik (715—717-yillarda hukmronlik qilgan) uni Sindga joʻnatgan. U yerga yetib kelgach, Yazid amaldagi hokim Muhammad ibn Qosimni lavozimidan chetlatib, qamoqqa tashlatgan. Biroq, Yazid Sindga kelganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan.
Uning Ziyad ismli akasi boʻlgan, u haqida biror maʼlumot mavjud emas. Biroq jiyani Sari ibn Ziyad Uchinchi fitna paytida yamanparast yetakchilar safida boʻlgan.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:7-asrda tugʻilganlar Turkum:715-yilda vafot etganlar Turkum:Iroqdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Umaviylar Sind hokimlari Turkum:Arab-Vizantiya urushlaridagi Umaviylar Turkum:Sinddagi Umaviylar hokimlari