Margaux Pinot (; 6-yanvar 1994-yil, Besançon) – fransuz dzyudochisi, 63—70 kggacha vazn toifalarida dzyudo musobaqalarida qatnashadi. 2024-yilgi jahon chempioni. Ikki karra Yevropa chempioni, 2019-yilgi Yevropa oʻyinlari gʻolibi. Jahon chempionati sovrindori. 2016-yilgi Yevropa chempionatining jamoaviy bahsida bronza medali sovrindori va 2017-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori.

Hayoti Margaux Pinot 1994-yil 6-yanvarda Fransiyaning Besanson shahrida tugʻilgan. Margaux kattalar safida debyutini 2010-yilning dekabr oyida Suvondagi jahon chempionatida oʻtkazgan. Bir yil oʻtgach, Margaux u yerda 3-oʻrinni egallab, birinchi marta shohsupaga koʻtarilgan. 2013-yil noyabr oyida Abu-Dabidagi Gran-prida 3-oʻrinni egallagan va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Margaux oʻzining birinchi yirik gʻalabasini 2014-yil mart oyida Varshavadagi Yevropa ochiq chempionatida qoʻlga kiritgan.

2016-yilda Margaux bir nechta Gran-prida gʻalaba qilgan va Qozondagi Yevropa chempionatida jamoaviy bahsda uchinchi oʻrinni egallagn. 2017-yilda Varshavada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Tokioda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Margaux uchinchi oʻrin uchun kurashda shved sportchisi Anna Bernholmni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2020-yil noyabr oyida Chexiya poytaxtida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Margaux 70 kggacha boʻlgan vazn toifasida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Finalda Margaux gollandiyalik sportchi Sanne van Dijkeni magʻlub etgan.

2021-yil Portugaliya poytaxti Lissabonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 70 kggacha boʻlgan vazn toifasida fransiyalik sportchini finalda gollandiyalik dzyudochi Sanne van Dijke magʻlub qilgan, Margaux esa kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2022-yilgi Yevropa chempionati aralash jamoaviy bahsda oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yil bahorida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Margot finalda hamyurti Marie-Ève Gahiéni magʻlub etib, faoliyatida birinchi marta jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Dzyudo boʻyicha Olimpiada chempionlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:6-yanvarda tugʻilganlar