Abdulloh ibn Abdulmalik ibn Marvon (; yunon manbalarida: , Abdelas) – Umaviy shahzodasi, xalifa Abdulmalik ibn Marvonning oʻgʻli (), general. 705–709-yillarda Misr hokimi.

Hayoti Abdulloh ibn Abdulmalik taxminan 677 yoki 680-yillarda tugʻilgan va xalifalik poytaxti Damashqda voyaga yetgan. Xalifa Abdulmalik va xalifaning ummu al-valadidan (kanizak) dunyoga kelgan. Yoshligida otasi bilan bir qancha yurishlarda qatnashgan. Manbalarda 700 yoki 701-yilda birinchi marta oʻzi yurish boshlab, unga boshchilik qilgani haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu yurish paytida Abdulloh Arzirum chegara qal’asini egallab, Kichik Armanistonga bostirib kirgan. 701-yilda amakisi Muhammad ibn Marvon bilan birga Abdurahmon ibn Muhammad ibn al-Ashʼat qoʻzgʻolonini bostirishda Hajjoj ibn Yusufga yordam berish uchun Iroqqa yuborilgan. Keyingi yili Furot daryosining sharqiy qismidagi yaqindagina Muhammad ibn Marvon tomonidan bosib olingan Vizantiya arman viloyatlari qoʻzgʻolon koʻtardi va Armanistonning katta qismini qamrab oldi. 703-yilda Abdulloh Kilikiyadagi Mopsuestiani (al-Massisa) zabt etdi va hududni xalifalikning mintaqadagi ilk yirik tayanchi sifatida mustahkamladi. Soʻngra amakisi Muhammad bilan birga armanlar qoʻzgʻolonini bostirishga kirishdi. Xalifa ibn Xayyotning soʻzlariga koʻra, otasi uni Jund-Himsga hokim qilib tayinlagan, biroq Balozuriy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, uni bu lavozimga Volid I () tayinlagan.

704-yil oxirida Abdulloh Armanistondan Misr hokimi lavozimiga chaqirilib, uzoq yil davomida hukmronlik qilib kelayotgan amakisi Abdulaziz ibn Marvonning oʻrnini egallagan. Abdullohning hukmronlik davri 20 yil davomida Misrga hokimlik qilib kelayotgan Abdulaziznikidan ajralib turgan. Abdulloh xalifalik hukumatining viloyat ustidan nazorat oʻrnatishiga harakat qilgan. Abdulloh amakisi tomonidan lavozimga tayinlagan kishilarini ishdan boʻshatgan, davlat ishlarini qibtiy tilida emas, balki arab tilida olib borilishini talab qilgan. Uning hokimiyati islom hukmronligi davridagi ilk ocharchilik va korrupsiya hamda davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblangan. Abdulloh 708–709-yilda Misrdan chaqirib olingan va uning daromadlari xalifa tomonidan musodara qilingan. Oʻz faoliyati davomida koʻplab mahalliy harbiy rahbarlar, ayniqsa, Ifriqiya hokimi Muso ibn Nusayr bilan toʻqnash kelgan.

Uning keyingi hayoti haqida hech narsa maʼlum emas. Arab tarixchisi Yaʼqubiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Abdulloh birinchi Abbosiy xalifasi as-Saffoh tomonidan 749 yoki 750-yillarda Hirada xochga mixlanib qatl etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

. .

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:8-asr Misrdagi Umaviylar hokimlari Turkum:750-yilda vafot etganlar Turkum:Himsdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari