Paulo Jorge Sousa Vieira (1982-yil 16-fevral, Parij, Fransiya) – portugaliyalik sobiq futbolchi boʻlib, „Alemão“ („Nemis“) laqabi bilan tanilgan, darvozabon sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Alemão Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan, uning ota-onasi Portugaliyalik boʻlgan. Alemao Lissabon klubining yoshlar akademiyasini tugatganidan soʻng oʻzining professional faoliyatini Sporting CP klubida boshlagan. Biroq, Alemão faqat zaxira jamoasida oʻynagan xolos. 2003—2004-yillarda C. S. Maritimo klubida ham xuddi shunday vaziyatga duch kelgan – har ikkala jamoa ham uchinchi divizionda ishtirok etgan.
Keyingi ikki mavsumda Alemão zaxirada qolgan va Sport Benfica e Castelo Branco va G. D. Tourizense klublarida oʻynagan. 2007-yil yanvarda Alemão Primeira Ligadagi U.D. Leiria klubiga oʻtdi, biroq oʻz faoliyati davomida klubning zaxira darvozaboni boʻlib qoldi.
Alemão 2008—2009-yilgi mavsum uchun Segunda ligasidagi C.D. Santa Clara klubiga oʻtdi va uzoq vaqtdan beri asosiy darvozabon boʻlib kelgan João Botelhoning oʻrnini egalladi. Keyingi yili Alemão chet elda oʻynash imkoniyatiga ega boʻldi va Kipr ikkinchi divizionidagi Atromitos Yeroskipou klubiga qoʻshildi.
Murabbiylik faoliyati 2014—2020-yillar oraligʻida Alemão ikkita turli futbol maktabida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritdi: Povoa-de-Santa-Iriadagi Sporting Akademiyasida (2014—2017) hamda Alvercadagi Benfica Futbol maktabida (2017—2020). Alemão bir necha yil davomida F. C. Alverca jamoasi tarkibida ham faoliyat yuritdiAlemão at LinkedIn, linkedin.com.
Klub akademiyasida faoliyat yuritgandan soʻng, Alemão 2022—2023-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Amoraning asosiy jamoasiga koʻtarildi va u yerda darvozabonlar murabbiyi vazifasini bajaradi▶️ Amora Futebol Clube 22/23 ◀️, instagram.com, 22 August 2022. 2023-yilning yozida Alemão Vitoriya Setubal klubida ham darvozabonlar murabbiyi sifatida ishladiJosé Pedro é treinador do Vitória Futebol Clube , vfc.pt, 10 July 2023.
Yutuqlari Sport
Taça de Portugaliya: 2001—2002
Manbalar
Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar