Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi — Oʻzbekistonning madaniy merosini asrash, rivojlantirish va targʻib qilishga qaratilgan davlat muassasasi. Ushbu markaz maqom sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijrochilik anʼanalarini ilmiy asosda oʻrganish, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda xalqaro miqyosda keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan. Asosiy vazifalari Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
Maqom sanʼatini rivojlantirish va ilmiy asosda oʻrganish Markaz Oʻzbekistonda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish, ijro va ijodiy maktablar, shuningdek, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalarning merosini chuqur ilmiy asosda oʻrganish va qayta tiklash ishlarini olib boradi. Mumtoz ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish Oʻzbek maqom sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari asosida maxsus "oltin fond"ni shakllantirish orqali milliy musiqa merosini saqlash va keng targʻib qilishni maqsad qiladi. Maqom sanʼatini yosh avlodga yetkazish Xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom sanʼati bilan tanishtirish, milliy oʻzlikni anglash tuygʻusi, badiiy-estetik did va tafakkurni rivojlantirish maqsadida milliy maqom kechalari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va maqom konsertlarini tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik Maqom sanʼati boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targʻib qilish yuzasidan xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi. Markaz xorijiy va mahalliy olimlar ishtirokida maqom sanʼatining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy asoslari va uning milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bogʻliqligini chuqur oʻrganadi. Notalar va yozuvlarni takomillashtirish Mumtoz maqom namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy qilish borasida faoliyat yuritadi. Ijro yoʻllarini boyitish va ularni oʻrgatish Maqom sanʼatining koʻp asrlik ijro yoʻllarini yangi uslublar bilan boyitish orqali yosh avlod vakillariga oʻrgatadi. Bu jarayonda maqomchilar, maqomshunos olimlar va pedagoglarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi. Xalqaro tadbirlar va tajriba almashuvi Yurtimizda maqom sanʼati boʻyicha xorijiy yetuk ijrochilarni jalb etish, ularning tajriba almashuvi va mahorat darslarini tashkillashtirish bilan bir qatorda, xalqaro maqom festivallari va tanlovlarini oʻtkazadi. Respublika boʻylab konsertlar va mahorat darslari tashkil etish Hududlardagi taniqli maqom ijrochilarining konsert dasturlari va mahorat darslarini tashkil etadi. Maqomni ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish Maqom sanʼatini radio, televideniye, bosma nashrlar va Internet orqali nafaqat Oʻzbekiston, balki xalqaro miqyosda targʻib qilishni maqsad qiladi.
Maqsad va ahamiyat Markaz Oʻzbekistonning boy madaniy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish, xalqaro madaniy almashinuvni kengaytirish hamda maqom sanʼatini milliy va jahon miqyosida keng targʻib qilish orqali sanʼatning rivojiga ulkan hissa qoʻshishni maqsad qiladi.
Manzil va faoliyat Markazning bosh binosi Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, u respublikaning barcha hududlarida oʻz filiallariga ega. Ushbu filiallar orqali markazning maqsad va vazifalari har bir viloyatda amalga oshiriladi.
Ustoz-shogird maktabi bo‘limi Ustoz-shogird maktabi bo‘limi O‘zbek milliy maqom san’atining tarixiy shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini chuqur o‘rganish, ularning zamonaviy ijro mahorati va ijodiy bosqichlarini an’anaviy mezonlar asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat olib boradi. Mazkur bo‘lim maqom ijrochiligining o‘ziga xos lokal xususiyatlarini saqlab qolgan holda, zamonaviy talqinlarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.
Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
Ijro usulini saqlash va rivojlantirish: Bo‘lim maqom ijrochilik san’atining an’anaviy va zamonaviy talqinlarini uyg‘unlashtirib, ijro amaliyotida yangi yondashuvlar ishlab chiqadi. Shu jumladan, ustoz maqomchilarning maslahatlari asosida maqom asarlarini ijro etish mezonlarini belgilaydi. Hududiy muvofiqlashtirish: Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi maqom ansambllari va ijrochilik maktablari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi va ularni muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, ustoz-shogirdlik an’anasining uzviy davom ettirilishini ta’minlaydi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati: Maqomlarning ilmiy-nazariy jihatlarini o‘rganadi va ularni ilmiy asosda tadqiq qiladi. Darsliklar, qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar va maqom namunalarini o‘z ichiga olgan nashrlarni tayyorlaydi va chop etadi. Maqom asarlarini sharhlovchi audio va video materiallar yaratadi. Ijodiy merosni targ‘ib qilish: Bo‘lim o‘tmishdagi mashhur maqom ustalarining ijodiy merosini o‘rganadi va ularni yosh avlodga tanishtiradi. Yakkaxon va ansambl maqom ijrochiligi sohasida iste’dodli yoshlarni tarbiyalashga ko‘maklashadi. Madaniy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etish: Maqom san’atini ommalashtirish maqsadida ijroviy anjumanlar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, ijodiy va ilmiy safarlarni tashkil etadi va ularda faol ishtirok etadi. Ijrochilar o‘rtasida tajriba almashish uchun munozarali uchrashuvlar uyushtiradi. Badiiy kengash faoliyati: Ustoz-shogird maktabi bo‘limi Maqom markazi huzuridagi Badiiy kengash faoliyatida faol ishtirok etadi va san’at rivoji uchun dolzarb takliflarni ilgari suradi.
Bo‘limda faoliyat olib borayotgan ustozlar
Isroiljon Vahobov — O‘zbekiston xalq hofizi Nurdinjon Aminjonov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Matluba Dadaboyeva — O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Ahmadjon Dadayev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Mazkur ustozlar o‘z mahoratlari va tajribalari orqali yangi avlod maqomchilari tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shib, milliy san’atni rivojlantirish va kelgusi avlodlarga yetkazishda faol ishtirok etmoqdalar.
Muhim natijalar Ustoz-shogird maktabi bo‘limi maqom san’atining saqlanishi va rivojlanishi uchun nazariy va amaliy jihatdan muhim hissa qo‘shadi. Shuningdek, milliy san’atimizning boy merosini xalqaro miqyosda tanitish, yangi avlod maqomchilarining yetishib chiqishida mustahkam poydevor yaratadi.
Maqom san’atini ilmiy rivojlantirish bo‘limi Maqom san’atini ilmiy rivojlantirish bo‘limi O‘zbekiston milliy maqom san’atining tarixiy shakllanishi, ijodiy hamda amaliy rivojlanish jarayonlarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilish va chuqur o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Mazkur bo‘lim milliy musiqa merosini ilmiy jihatdan tahlil qilish, maqom san’atini nazariy asoslash hamda uni rivojlantirish uchun ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
Ilmiy tadqiqotlar olib borish: Maqom san’atining tarixiy rivojlanish bosqichlari va ijodiy jarayonlarini chuqur o‘rganadi. Mashhur maqom ustalari va ijrochilarning ijodiy faoliyatini ilmiy-nazariy tahlil qiladi. Maqom namunalari, ular bilan bog‘liq tarbiyaviy va madaniy merosni ilmiy asoslarga tayangan holda tahlil qiladi va saqlaydi. Nashr faoliyati: Ilmiy kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar va boshqa turdagi ilmiy asarlarni yozish va nashr qilishni tashkil etadi. Maqom asarlarini sharhlovchi audio va video materiallar yaratadi hamda ularni ommalashtiradi. Ilmiy-uslubiy rahbarlik: Respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi maqom ansambllari va yakkaxon ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Maqom ijrochiligida nazariy va amaliy me’yorlarni ishlab chiqadi hamda ijro amaliyotiga tadbiq qiladi. Ilmiy va amaliy tadbirlar tashkil etish: Maqom san’atini targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari va ijodiy uchrashuvlar tashkil qiladi. Ushbu tadbirlarda milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokini ta’minlaydi. Maqom ustalari merosini o‘rganish va targ‘ib qilish: O‘zbek maqom san’atining mashhur namoyandalari, ularning ijodiy yo‘nalishlari va merosini o‘rganadi. Yosh maqom ijrochilariga ilmiy va nazariy bilimlar berish maqsadida treninglar va ustoz-shogirdlik an’analarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Ijro intizomini ta’minlash: Bo‘lim faoliyat ko‘rsatadigan barcha xodimlarning mehnat intizomi va ijro mas’uliyatiga rioya qilishlarini nazorat qiladi. Barqaror ijodiy-psixologik muhitni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Badiiy kengashdagi ishtirok: Maqom markazi huzuridagi “Badiiy kengash” faoliyatida faol qatnashadi va maqom san’atini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.
Muhim natijalar Bo‘lim maqom san’atining ilmiy rivojlanishiga hissa qo‘shib, milliy madaniyat va musiqa merosining saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Nashr etilgan ilmiy ishlar va maqom namunalariga asoslangan audiovizual materiallar xalqaro miqyosda O‘zbekiston maqom san’atining tanilishiga imkon yaratadi. Bo‘lim, shuningdek, milliy maqom san’atining ilmiy asoslari bilan zamonaviy ijrochilik amaliyotini boyitishga hissa qo‘shadi.
Mazkur bo‘lim faoliyati nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro miqyosda ham milliy musiqa merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Cholg‘ularni akustik xususiyatlarini o‘rganish bo‘limi Cholg‘ularni akustik xususiyatlarini o‘rganish bo‘limi O‘zbekiston maqom san’atining ijrochilik an’analariga asoslangan musiqiy cholg‘ularni zamonaviy talablarga mos ravishda tahlil qilish, takomillashtirish va saqlash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu bo‘lim maqom ijrochiligida ishlatiladigan cholg‘ularning akustik xususiyatlarini chuqur o‘rganib, ularning tarixiy va zamonaviy ijro imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Asosiy vazifalari va yo‘nalishlari
Musiqiy cholg‘ularni maqom ijrosiga moslashtirish: O‘zbek maqom san’atida ishlatiladigan an’anaviy cholg‘ularni maqom ijrochiligi talablariga moslashtirish, ularni qayta yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlar olib boradi. Cholg‘ularning akustik va texnik imkoniyatlarini chuqur tahlil qilib, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazadi. Tarixiy va zamonaviy uyg‘unlikni ta’minlash: Maqom ijrochiligida qo‘llanilgan cholg‘ularning tarixiy shakllanish bosqichlarini o‘rganib, zamonaviy ijro uslublariga moslashtirish bo‘yicha innovatsion usullarni ishlab chiqadi. Cholg‘ularni zamonaviy materiallar va texnologiyalar yordamida takomillashtiradi. Amaliy hamkorlik: Markaz maqom ansambli sozandalari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Maqom ansambllarining ijro sifatini oshirish uchun cholg‘ularni sinovdan o‘tkazish, sozlash va parvarishlash ishlarini olib boradi. Cholg‘ularni ta’mirlash va yangilash: Maqom cholg‘ularining texnik holatini kuzatib boradi va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Noyob va qadimiy cholg‘ularni asrab-avaylash va ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun mutaxassislar jalb etadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari: Cholg‘ularning akustik xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qiladi va bu borada monografiyalar, maqolalar hamda qo‘llanmalar yaratadi. O‘zbek maqom cholg‘ularining xususiyatlarini dunyo miqyosida tanitish uchun xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etadi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish: Cholg‘ularni ishlab chiqarish va ta’mirlash jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Maqom cholg‘ularining ovoz berish sifati va texnik imkoniyatlarini oshirish maqsadida yangi texnologik yechimlarni tadbiq etadi.
Muhim natijalar Bo‘limning faoliyati natijasida maqom ijrochiligi uchun yuqori sifatli akustik audiolar yaratiladi va ijrochilik san’ati yanada boyitiladi. An’anaviy maqom cholg‘ularining akustik imkoniyatlari zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirilib, milliy musiqa merosini xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qiladi.
Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli