Paulo Rebelo Costinha Castro (22-sentyabr 1973-yil, Braga, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynagan.

Costinha faoliyati davomidagi 16 mavsumni Primeira Ligada oʻtkazgan va 229 ta oʻyinda maydonga tushgan. Bu oʻyinlarning aksariyatini „União de Leiria“ (olti yil) va „Sporting CP“ (toʻrt yil) klublari safida oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati Costinha Braga shahrida tugʻilgan. Costinha „Boavista“ klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan, keyinchalik Primeira Liga ishtirok etuvchi „Porto“, „Leiria“ va "Sporting CP" kabi klublarida toʻp surgan, asosan zaxiradan maydonga tushirilgan. Aynan „Leiria“ klubida Costinha oʻzini oliy liganing asosiy futbolchisi sifatida namoyon eta olgan.

Ispaniyaning Segunda divizionida ishtirok etvchi „Tenerife“ klubida kamdan-kam oʻyinda maydonga tushgan va qisqa muddat chet elda faoliyat yuritganidan soʻng, Costinha 2006-07-yilgi mavsumda „Leiria“ klubidan „Belenenses“ klubiga oʻtgan. Costinha faqat birinchi mavsumda asosiy tarkibda oʻynagan, chunki 2007-yil yanvar oyida braziliyalik Júlio César kelganidan keyin Costinha klubdagi oʻrnini yoʻqotgan, 2009-yilning yozida klubni tark etgan va koʻp oʻtmay 35 yoshida oʻz furbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Costinha 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Portugaliya terma jamoasi safida ishtirok etgan, jamoa toʻrtinchi oʻrinni egallagan musobaqada jami olti oʻyindan uchtasida maydonga tushgan. Ilgari Costinha 1993-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida milliy terma jamoa safida barcha oʻyinlarda maydonga tushgan, 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi oʻyinlarning guruh bosqichida uch marta magʻlubiyatga uchragan(beshta gol oʻtkazib yuborilgan).

Futbolchilik foaliyatini tugatganidan keyingi ishlari Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Costinha Leiria shahriga koʻchib oʻtgan va u yerda tamaki doʻkoni ochgan. Bundan tashqari, futbolchi agenti sifatida va futbol akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Yutuqlari Sport CP

Taça de Portugaliya: 1994—1995 Supertaça Cândido de Oliveira: 1995-yil

Port

Primeira Liga: 1997—1998, 1998—1999

Manbalar

Turkum:Ispaniyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya olimpiya futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar