UEFA Chempionlar Ligasining 2021-yildagi finali (, ) – UEFA chempionlar ligasi 2020–2021-yilgi mavsumining final oʻyini boʻlib, tarixdagi 66-chempion aniqlangan oʻyin.
Dastlab final oʻtkazilish joyi sifatida 2019-yil Sankt-Peterburgdagi Gazprom Arena tanlangan edi. Ammo COVID-19 pandemiyasi sababli barcha final oʻyinlari bir yil oldinga surildi. May oyidagi yarim final oʻyinlaridan soʻng, final ingliz klublari oʻrtasida boʻlishi aniq boʻlganda, finalni Istanbulga koʻchirishga qaror qilindi. Futbol oʻyini Portudagi Estádio do Dragão stadionida 29-may 2021-yil shanba kuni boʻlib oʻtgan. Uchrashuvda bosh hakam sifatida Antonio Mateu Lahoz xizmat qilgan. Oʻyinni stadiondan turib 14 110 muxlis tomosha qilgan. Chelsi asosiy vaqtda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Yagona golni Kai Havertz kiritgan. London klubi uchun bu 2-Chempionlar ligasi kubogi edi(dastlabkisi 2012-yilda Bavariya ustidan gʻalaba qozonilganda qoʻlga kiritilgan). Manchester City esa oʻz tarixida ilk marotaba UEFA Chempionlar Ligasining final oʻyinida ishtirok etgan.
OAV va futbol mutaxassislari Chelsi jamoasi murabbiyi Tomas Tuchelning oʻyinga tanlagan rejasi gʻalabaga juda ham katta tasir oʻtkazgan boʻlsa, Manchester City jamoasi ustozi Pep Guardiola qabul qilgan qarorlar klubni kubokga yetisha olmaganligining asosiy sabablaridan biri deya takidlashgan. Chelsi futbolchisi N'Golo Kanténing hissasi alohida taʼkidlab oʻtilgan. Nʼgolo juda ham koʻp hujumlarni hech qanday qoidabuzarliklarsiz toʻxtatgan edi. Oʻyin soʻnginda esa uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan fransuz futbolchisi Oltin toʻp soʻvriniga asosiy davogar sifatida qarala boshlangan.
London klubi muxlislari finaldagi gʻalabani tun boʻyi nishonlashgan, ammo jamoa Londonga qaytganida chempionlik paradini uyushtirishning iloji boʻlmagan. Ushbu davrda Angliyada COVID-19 pandemiyasi tufayli ommaviy tadbirlar taqiqlangan edi.
Oʻtkazish joyi Dastlabki takliflar 2021-yilda boʻlib oʻtadigan UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Yevropa Ligasi finallarini oʻtkazish boʻyicha takliflar 2018-yilning 28-sentyabridan boshlab qabul qilish boshlangan. UEFA reglamentiga koʻra milliy futbol assotsiatsiyalar taklifni 26 oktyabrga qadar yuborishlari kerak edi. 1-noyabr 2018-yil UEFA ikkita assotsiyasi mezbonlik qilish boʻyicha soʻroʻv yuborilganini eʼlon qildi. Germaniya va rossiya assotsiatsiyalari tomonidan Allianz Arena va Gazprom arena taklif qilingan. Mamlakat Stadion Shahar Shuningdek Germaniya „Allianz Arena“ München 2012-yildagi UEFA Chempionlar Ligasi Finali va 2006-yilgi Jahon chempionati final oʻyinlarini oʻzida qabul qilgan. Rossiya „Gazprom arena“ Sankt-Peterburg 2017-yildagi Konfederatsiya kubogi va 2018-yildagi Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan. UEFA Chempionlar ligasining 2021-yildagi finali uchun mezbomlik qiladigan stadion 24-sentyabr 2019-yil UEFA ning Lyublyanadagi yigʻilishida e'lon qilingan. Oʻtkazish joyi oʻzgarishi COVID-19 pandemiyasi tufayli Chempionlar ligasi va Yevropa liga finallari mezbonlarini bir yil keyinga surish taklifi berildi. Shu sababli UEFA 17-iyun 2020-yil Chempionlar ligasining 2021-yildagi final oʻyini Istanbulda boʻlishini elon qildi. Shunday qilib Sankt-Peterburgda 2022-yilning final oʻyini oʻtkaziladigan boʻldi. Musobaqaning 2021-yildagi final oʻyini ikkinchi marotaba Olimpiya stadionida oʻtkazilishi kerak edi. Birinchi mezbonlikni 2005-yilda qabul qilgan edi. Liverpul AC Milan ustidan Penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, kubokga beshinchi marotaba sazovar boʻlgan.
Murakkab epidemiologik vaziyat tufayli Turkiya angliyalik mehmonlarni qabul qiladigan boʻlsa, Angliyada ularni majburiy uy karantini kutib turar edi. Milliy futbol assotsiatsiyasi mezbon mamlakatni oʻzgartirish boʻyicha soʻroʻv bilan chiqdi. UEFA finalni Prtugaliya yoki Angliyada oʻtkazish kabi variantlarni ham koʻrib chiqgan. Londondagi Wembley va Portudagi Estádio do Dragão stadionlari mezbonlikga eng asosiy nomzodlar edi. Mamlakat Stadion Shahar Shuningdek Uembli London 2011 va 2013-yillardagi UEFA Chempionlar ligasi va 2012-yildagi Olimpiya oʻyinlari final bahslariga mezbonlik qilgan Estádio do Dragão Portu 2004-yilda Yevropa chempionati va 2019-yildagi Millatlar ligasi finallarini oʻzida qabul qilgan Chiptalar sotuvi
Oʻyinni stadiondan turib tomosha qilish uchun har bir klubning muxlislariga olti mingtadan chiptalar sotuvga chiqarilgan edi. Shuningdek chiptalarning bir qismi 24-maydan ochiq savdoda sotilishi boshlanishi kerak edi. Oʻyinga jami 16 500 muxlisl tashrif buyurgan. Bu koʻrsatgich stadionning umumiy sigʻimini 33% tashkil etgan. Chiptalar narxi toʻrt kategoriyaga boʻlinar edi. Eng arzoni 70 yevro, eng yaxshi joylar uchun narxlar 180, 450 va 600 yevro edi.
Oʻyindan oldin 28-may kuni mahalliy OAV Portuda Chelsi va Manchester Siti muxlislari oʻrtasida mushtlashuv boʻlgani haqida xabar berdi. Janjal paytida kamida ikki kishi yaralandi, politsiya tartibsizliklarni bartaraf etish uchun rezina oʻqlardan foydalanishga majbur boʻldi. Portugaliya hukumatiga muxlislarni faqat oʻyin kuni mamlakatga kiritilishini vaʼda qilganiga qaramay, ingliz muxlislari oʻyindan bir necha kun oldin Portuga yetib kelishgan edi. Qayd etilishicha, koʻplab ingliz muxlislarni oʻyinga chiptasi yoʻq edi. Ular shunchaki oʻyindan oldingi atmosferani his qilish va sevgan klubini stadiondan tashqarida qoʻllab quvvatlash uchun kelganligini sabab qilib koʻrsatishgan. Final kuni muxlislar Portu koʻchalarini toʻldirishgan.
Finalgacha yoʻl
Klublarning Chempionlar ligasidagi va oʻzaro oʻyinlardagi tarixi Klublarning finalgacha yoʻli Manchester CityRaund ChelsiRaqibNatijaChempionlar ligasi 2020—2021-yilgi mavsum. Guruh bosqichiRaqibNatija Portu3:1 (u)1-tur Sevilla FC0:0 (u) Olimpik Marsell3:0 (m)2-tur Krasnodar4:0 (m) Olympiacos3:0 (u)3-tur Renn3:0 (u) Olimpiakos1:0 (m)4-tur Renn2:1 (m) Portu0:0 (m)5-tur Sevilla FC4:0 (u) Olimpik Marsell3:0 (u)6-tur Krasnodar1:1 (u)C guruhi gʻolibi Jamoa Manchester City6510131 +1216 Portu6411103 +713 Olimpiakos6105210−83 Olimpik Marsell6100213−113JadvalE guruhi gʻolibi Jamoa Chelsea6420142 +1214 Sevillia641198 +113 Krasnodar6123611−55 Renn6015311−81RaqibYakuniy hisob1-oʻyin2-oʻyinPley-offRaqibYakuniy hisob1-oʻyin2-oʻyin Borussia Mönchengladbach4:02:0 (m)2:0 (u)1/8 final Atlético Madrid3:01:0 (m)2:0 (u) Borussia Dortmund4:22:1 (u)2:1 (m)1/4 final Portu2:12:0 (m)0:1 (u) PSG4:12:1 (m)2:0 (u)1/2 final Real Madrid CF3:11:1 (m)2:0 (u)
Manchester City oʻz tarixida Chempionlar ligasi finalida sihtirok etmagan edi. UEFA Kubok Egalari Kubogi jamoa qoʻlga kiritgan yagon yevrokubok edi. Sonʼgi 10 mavsum ichida klub Angliyada 5 marotaba chempionlikga erishadi, ammo klub Chempionlar ligasida bir marotaba yarim finalgacha yetib kela oladi xolos.
Chelsi 2021-yilgacha ikki marotaba Yevropaning eng yirik turnirining final bosqichigacha yetib borgan. Ilk marotaba 2008-yilda, Moskva da oʻtkazilingan finalda, Chelsi penlatilar seriyasida Manchester United klubiga imkoniyatni boy beradi. Oradan 4 yil oʻtib klub amaldagi chempion Barcelonani magʻlub etib finalda Bavariyaga qarshi kuch sinashgan. Oʻyin Myunxenda, Bavariyaning uy stadionida boʻlib oʻtgan. Oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻlgan. Chelsi oʻz tarixida birinchi marotaba Chempionlar ligasi kubogiga ega chiqgan. 2001-yildan beri jamoa 5 marotaba yarim final bosqichigacha kelgan va 2 marotaba Yevropa Ligasini qoʻlga kiritgan.
Chelsi va Manchester City Chempionlar ligasi doirasida biror marotaba toʻqnash kelishmagan. Yevrokuboklarda bir marotaba oʻzaro oʻyin oʻtkazishgan. UEFA Kubok Egalari Kubogi doirasida boʻlgan yarim final bahsida, ikki oʻyinda ham London kluni minimal hisobda gʻalaba qozonadi. Umumiy hisobda klublar rasmiy oʻyinlarda 166 marotaba toʻqnash kelishgan. 68 ta oʻyinda Chelsi gʻalab qozongan. 58 tasida esa Manchester city, qolgan oʻyinlar durrang natijasi bilan tugaga.
Manchester City Guruh bosqichida Manchester City „C“ guruhidan joy olgan edi. Faqatgina Portuga qarshi oʻyinda ochko yoʻqotgan holda 16 ochko bilan guruh gʻolibi sifatida pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Pley-off ning ilk bosqichida shaharliklarga Borussiya Myunxengladbax boʻldi. Ikkala oʻyin ham bir xil natija, 2-0 hisobida Manchester city foydasiga yakunlanadi. 24-fevral sanasidagi safar oʻyinida Bernardo Silva va Gabriel Jesus gol kiritgan boʻlsa, javob uchrashuvida esa Kevin De Bruyne va İlkay Gündoğan shaharliklarning gʻalabasini taʼminlashgan. Chorak final bosqichida klub boshqa bir nemis klubiga toʻqnash keladi. Manchester city Borussia Dortmundga qarshi kechgan ikki bahsda ham 2-1 hisobida gʻalaba qozonadi. Yarim finalda shaharliklar PSG, amaldagi vitse—chempionga qarshi toʻqnash keladi. Ikki oʻyindan soʻng umumiy 4—1 hisobida jamoa final oʻyiniga yoʻl oladi.
Chelsi London klubi „E“ guruhida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazib, 14 ochko jamgʻargan holda guruh yetkschisi boʻlib pley-off bosqichiga yoʻllanma oladi. Dastlabki va ohirgi turda jamoa Krasnodar va Sevilliaga qarshi bahslarda durrang natija qayd etadi. Aynan ushbu jamoalar bilan safar oʻyinida esa yirik, 4-0 hisobida gʻalaba qozonadi. Fransiyaning Renn klubiga qarshi safarda (2-1) ham oʻz uyida(3-0) ham gʻalabaga erishadi.
Qishgi tanaffus paytida rahbariyat jamoa bosh murabbiyi Frank Lampardni 2020-yil dekabr oyidan beri davom etib kelgan muvaffaqiyatsiz oʻyin tufayli istefoga chiqarishga qaror qiladi. Uning oʻrnini amaldagi vitse-chempion PSGning sobiq murabbiyi Tomas Tuchel egallaydi.
Pley-off’ning dastlabki bosqichida Chelsi Ispaniyaning Atlético Madrid jamoasiga qarshi toʻqnash kelgan. 23-fevraldagi safar oʻyinda Olivier Giroud kiritgan gol yagonaligini saqlab qolgan va Chelsi minimal hisobda gʻalaba qozongan. Musobaqa yakunida ushbu gol turnirning eng chiroyli 3 golidan biri deb tan olingan. 17-mart kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda Chelsi ishonchi tarzda, 2-0 hisobida gʻalaba qozonadi. Tabloga Hakim Ziyech va Emerson Palmieri oʻz nomlarini yozib qoʻyishadi. Ushbu uchrashuvdan soʻng Chelsi chorak finalda Portuga qarshi kuch sinashishiga toʻgri keladi. Portugaliya hukumati qoʻygan karantin qoidalari tufayli oʻyin Ispaniyada, Ramón Sánchez Pizjuán stadionida boʻlib oʻtadi. Dastlabki oʻyinda Chelsi Mason Mount va Ben Chilwell tomonidan kiritilingan gollar hisobiga gʻalaba qozonadi. Javob uchrashuvda Mehdi Taremining goli yagonaligini saqlab qoldi va Portu minimal hisobda gʻalaba qozondi. Musobaqa yakunida Eronlik futbolchi kiritgan gol turnirning eng chiroyli goli deb topildi. Chelsi ikki oʻyin natijasiga koʻra yarim finalga chiqadi. Klub real Madrid klubi bilan final yoʻllanmasi uchun kurashishi kerak edi. 27-Aprel kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda jamoalar murosa koʻchasini tanlashadi, oʻyin 1-1 hisobida yakuniga yetadi. Oʻyinda Christian Pulisic va Karim Benzema gol kiritadi. Ikkinchi oʻyin 2-0 Chelsi foydasiga tugaydi. Chelsi umumiy hisobda 3-1 hisobida gʻalaba qozonib Chempionlar ligasining finaliga chiqadi.
Londonliklar har safar yevropaning eng nufuzli turnirining finaliga chiqqanida mavsum oʻrtasida murabbiy almashtirishga toʻgʻri kelgan. 2008-yil Avram Grant boʻshatilgan José Mourinho oʻrnini egallagan boʻlsa, 2012-yilda André Villas-Boas oʻrniga klub afsonasi Roberto Di Matteo yangi murabbiy sifatida tayinlanadi.
Translyatsiya Yevropa telekanallirdan tashqari oʻyin Afrika, Osiyo, Amerika, Yaqin Sharq va Okeaniya turli telekanal va platformalarda namoyish etilgan. Shuningdek finali dengiz sayohatida yoki parvoz vaqtida tomosha qilish imkoni mavjud edi. Buyuk Britaniya hududida oʻyinni BT sports kanalidan koʻrish mumkin edi. Birlashgan Qirollik boʻylab ushbu oʻyinni 8,7 million muxlis tomosha qilgan va oʻsha haftada oʻtkazilgan Yevropa Ligasi finalidan koʻrishlar soni boʻyicha oʻzib ketgan. Britaniya televizion sohasidagi absolyut rekord 2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida qayd etilgan. Liverpul va Tottenham oʻrtasidagi bahsni 11,3 million inson tomosha qilgan.
Oʻyin