Steve Kloves — 1960-yil 18-martda dunyoga kelgan Amerikalik ssenarist, rejissyor hamda prodyuser. Steve The Fabulous Baker Boys filmiga rejissyorlik hamda ssenaristlik qilgan. Undan tashqari Steve Harry Potter asarini ekranlashtirishda ssenaristlik qilgani (Harry Potter va Feniks Jamiyatidan tashqari) hamda Wonder Boys asariga ssenariy yozgani bilan mashhur. Steve Wonder Boys filmi uchun eng yaxshi asarga moslashtirilgan ssenariy boʻyicha Oskar mukofotiga davogarlik qilgan.

Manbalar

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:18-martda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik rejissyorlar