Gestatsion diabet (Gestatsion qandli diabet – GQD) – diabet mavjud boʻlmagan ayollarning homiladorlik davrida qonda shakar miqdori ortib ketadigan (giperglikemiya) holati. Gestatsion diabet odatda bir nechta asoratlarga olib keladi, jumladan, preeklampsiya xavfini oshiradi, depressiyani oshiradi, tugʻruq kesarcha kesish orqali oʻtkaziladi. Homiladorlik davrida yaxshi davolanmagan gestatsion qandli diabet bilan tugʻilgan chaqaloqlarda makrosomiya, tugʻilgandan keyin gipoglikemiya va patologik sariqlik xavfi yuqori boʻladi. Shuningdek, davolanmasa bolaning o`lik tug`ilishiga olib keladi. Kelajakda bolalarda ortiqcha vazn va qandli diabetning 2-turi rivojlanishiga moyilligi yuqori boʻladi.

Sabablari va tashxis qoʻyish Gestatsion diabet homiladorlik davrida insulin yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi. Xavf omillariga ortiqcha vaznlilik, avvalgi homiladorlikda ham gestatsion diabet boʻlganligi, naslida 2-tip qandli diabet borligi, tuxumdon polikistoz sindromi kabilar kiradi. Tashxis qoʻyish uchun qon tahlili olinadi. Xavf omillari kam boʻlganda gestatsiyaning 24-28-haftalari orasida tekshirilish tavsiya qilinadi. Kasallik ogʻir darajada boʻlganda birinchi prenatal davrdanoq tekshirtirish kerak.

Profilaktikasi va davolash Homiladorlikdan avval jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanish, vazn saqlash kasallikni oldini olishga yordam beradi. Gestatsion diabet parhez, jismoniy mashqlar, dori vositalari (masalan, metformin) va insulin inyeksiyalari yordamida davolanadi. Qondagi qand miqdorini tekshirish kuniga toʻrt marta amalga oshirilishi kerak. Bola tugʻilganidan keyin tezroq emizish (koʻkrak suti bilan boqish) tavsiya etiladi.

Epidemiologiyasi va prognozi Gestatsion diabet homiladorlarning 3-9% ida uchraydi. Bu ayniqsa uchinchi trimesterda rivojlanadi. Ularning 1% i 20 yoshdan past va 1-3% i 44 yoshdan baland boʻladi. Bir qator etnik guruhlar, jumladan osiyoliklar, amerikalik hindular, Avstraliyaning tub aholisi va Tinch okeani orollari aholisida bu kasallik uchrash ehtimoli yuqori. 90% hollarda gestatsion diabet chaqaloq tugʻilgandan keyin oʻtib ketadi. Baʼzan 2-tip qandli diabetni rivojlantiradi.

Turlari Gestatsion diabet „homiladorlikning boshlanishida glyukozananing har qanday darajada oshib ketishi“ deya izohlanadi And the rest of the issue B1–B167.. Bu taʼrif ayolda avvaldan mavjud boʻlgan tashxislanmagan diabet yoki homiladorlikda vaqtincha paydo boʻlgan diabetligini tasdiqlaydi. Ayolga gestatsion diabet tashxisi homiladorlikning 24-28-haftalari oraligʻida qondagi glyukozaning miqdori oshib ketganda qoʻyiladi. Vait klassifikatsiyasi (fizik olim Preskella Vait) onada va homilada xavf omillarini baholash uchun keng qoʻllaniladi. Bu homiladorlikdagi gestatsion diabet va homiladorlikdan avval mavjud boʻlgan (pregestatsion) diabetlarni farqlash imkonini beradi. Bu ikki guruh kasallik xavf omillari va davolashga koʻra turlarga ajratilganGabbe S. G., Niebyl J. R., Simpson J. L. OBSTETRICS: Normal and Problem Pregnancies. Fourth edition. Churchill Livingstone, New York, 2002. . Gestatsion diabetning 2 ta turi bor: A1 sinf: parhez orqali nazorat qilinadigan gestatsion diabet; A2 sinf: dorilar yordamida nazorat qilinadigan gestatsion diabet.

Pregestatsion diabetni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin: B sinf: 20 va undan katta yoshda yoki 10 yildan kam davom etadigan; C sinf: 10-19 yoshda boshlanishi yoki davomiyligi 10-19 yil; D sinf: 10 yoshdan oldin yoki 20 yildan ortiq davom etishi; E sinf: tos tomirlari kalsiylashgan qandli diabet; F sinf: diabetik nefropatiya; R sinf: proliferativ retinopatiya; RF sinf: retinopatiya va nefropatiya; H sinf: koronar arteriya kasalligi; T sinf: buyrak transplantatsiyasi. Kasallikning erta boshlanishi yoki uzoq davom etishi katta xavf tugʻdiradi.

Gestatsion qandli diabetni tashxislash uchun qondagi qand miqdoriga qarab yana ikkita mezon toʻplami mavjud.

Karpanter va Koustan boʻyicha 100 gramm glyukozaga tolerantlik testi yordamida gestatsion diabetni tashxislash mezonlari: Ochlik 95 mg/dl; 1 soatda 180 mg/dl; 2 soatda 155 mg/dl; 3 soatda 140 mg/dl.

Diabet boʻyicha Milliy Maʼlumotlar guruhiga koʻra gestatsion diabet tashxisi mezonlari: Ochlik 105 mg/dl; 1 soatda 190 mg/dl; 2 soatda 165 mg/dl; 3 soatda 145 mg/dl.

Xavf omillari Gestatsion diabetni rivojlanishidagi xavf omillari quyidagilardan iborat: Tuxumdon polikistoz sindromi; Prediabet, glyukozaga tolerantlikning buzilishi; Naslida ikkinchi tip qandli diabetning boʻlishi; Ona yoshi – bu xavf omili ayolning yoshi ulgʻaygan sari ortib boradi (ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollar uchun); Ota yoshi – bir tadqiqotda, otaning yoshi 55 yoshdan oshishi xavf omili sifatida keltirilgan; Etnik kelib chiqishi (afrikan-amerikaliklar, afrikan-kariblar, Amerikaning tubjoy aholisi, ispanlar, Tinch okeani orollari va Janubiy Osiyoliklar); Ortiqcha vazn, semizlik yoki ogʻir darajada semizlik xavf omilini mos ravishda 2,1, 3,6 va 8,6 ga oshiradi; Makrosomiya bilan bola tugʻilishiga olib kelgan oldingi homiladorlik (yuqori tana vazni bilan tug‘ilish: >4000 g); Avvalgi akusherlik anamnezining yomon boʻlganligi; Boshqa genetik xavf omillari: gestatsion diabetning xavfini oshirib yuboradigan, ularda maʼlum bir polimorfizm (biologiya) bilan bogʻliq boʻlgan kamida 10 ta gen mavjud boʻlsa, xususan, TCF7L2. MTNR1B geni organizmning insulin va glyukozani qanday boshqarishi bilan bogʻliq boʻlgan gen hisoblanadi. Agar bu gen toʻgʻri ishlamasa, insulin ishlab chiqarilishining kamayishi va qondagi glyukoza darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, chekuvchilarda bu xavf omillari ikki barobar oshishi aniqlangan. Baʼzi tadqiqotlarda bo`yning kaltaligi ham xavf omili sifatida koʻrsatilgan.

Gestatsion diabetli ayollarning taxminan 40-60% ida aniq xavf omili aniqlanmagan. Odatda, gestatsion diabetli ayollarda hech qanday alomatlar sezilmaydi, ammo baʼzi ayollarda tez chanqash, siydik chiqarishning kuchayishi, charchoq, koʻngil aynishi va qusish, siydik yo`llari infeksiyasi, qon infeksiyalari va koʻzning xiralashishi mumkin.

Ushbu xavf omillari boʻlgan homilador ayollar odatiy skrining tekshiruvlaridan tashqari erta skrining tekshiruvlardan oʻtishlari kerak boʻladihttps://www.uwmedicine.org/sites/stevie/files/2020-11/Gestational-Diabetes-Screening-Strategies%2C-Glycemic-Targets-and-Pharmacologic-Management-OB-Consensus-Conference.pdf .

Patofiziologiyasi

Gestatsion diabetning aniq mexanizmlari haligacha nomaʼlum. Uning belgisi insulin qarshiligining yuqori boʻlishi hisoblanadi. Homiladorlik gormonlari va boshqa omillar insulinning taʼsiriga xalaqit beradi, chunki u insulin retseptorlariga bogʻlanadi. Interferensiya, ehtimol, insulin retseptoridan tashqaridagi hujayra signalizatsiyasi yoʻlida sodir boʻladi. Insulin aksariyat hujayralarga glyukozaning kirishiga yordam bergani sababli, insulinga rezistentlik glyukozaning hujayralarga toʻgʻri kirishiga toʻsqinlik qiladi. Natijada, glyukoza qonda qoladi, bu yerda glyukoza darajasi oshadi. Ushbu qarshilikni yengish uchun koʻproq insulin kerak boʻladi, normal homiladorlikka qaraganda taxminan 1,5-2,5 baravar koʻp insulin ishlab chiqariladi.

Insulinga rezistentlik homiladorlikning ikkinchi trimestrida paydo boʻladigan meʼyoriy hodisa boʻlib, GQDda keyinchalik 2-tur qandli diabet bilan ogʻrigan homilador boʻlmagan ayolda kuzatiladigan darajagacha rivojlanadi. Bu rivojlanayotgan homila uchun glyukoza manbai boʻlib xizmat qiladi. GQDli ayollarda insulinga rezistentlik mavjud, shuning uchun oshqozon osti bezining β-hujayralari funksiyasining kuchayishi uning oʻrnini bosa olmaydi. Yo‘ldosh gormonlari va kamroq darajada yog‘ toʻplanishining koʻpayishi homiladorlik paytida insulinga rezistentlikni taʼminlaydi. Bu asosan, kortizol va progesteron, qisman, yoʻldosh laktogeni, prolaktin va estradiol orqali amalga oshadi. Shuningdek, boshqa yoʻldosh gormonlari bilan birgalikda leptin, alfa oʻsma nekrozi omili va rezistin homiladorlik paytida yuzaga keladigan insulinga sezuvchanlikning pasayishida ishtirok etadi, bular orasida eng kuchlisi – alfa oʻsma nekrozi omili hisoblanadi.

Haligacha homiladorlik vaqtida organizmning insulinga boʻlgan ehtiyoji va GQD ning bir-biriga nomuvofiqligining sababi aniqlanmagan. Lekin bir nechta tahminlar mavjud, bular: avtoimmunitet, yagona gen mutatsiyasi, semizlik va boshqa mexanizmlar.

Tekshirish +Gestatsion diabet uchun tekshiruvQonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuli Och qoringa glyukoza testi Ovqatlanib boʻlgandan 2 soat soʻngra sinama qilish Tasodifiy glyukoza tekshiruviGlyukozaning skrining testiGlyukozaga tolerantlik testi (GTT)

Muayyan sharoitlarda qon plazmasi yoki qon zardobida glyukozaning yuqori darajasini aniqlash uchun bir qator skrining va diagnostika testlari ishlatiladi. Ulardan biri bosqichli tekshiruv boʻlib, bunda bola yoki ona uchun xavf-xatar boʻlgan homilador ayolning birinchi tekshiruvidanoq diagnostik test oʻtkaziladi (misol uchun, tuxumdonlar polikistoz sindromi).

Qonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuliga qon namunalarida glyukoza miqdorini oʻlchash kiradi. Glyukoza miqdori jami 3 marta: och holatda, ovqatlanishdan 2 soat oʻtib va tasodifan istalgan vaqtda oʻlchanadi, diabetli bemorlarda bu koʻrsatkichlar yuqori chiqadi. Glyukoza haddan tashqari shirin taʼmga ega boʻlganligi tufayli aksariyat ayollarning bu testni oʻtkazayotganda koʻngli ayniydi, shu sababli unga qoʻshimcha taʼmini yaxshilaydigan mahsulotlar qoʻshiladi.

Hozirgi vaqtda gestatsion diabetni tashxislashda qaysi usul eng yaxshi ekanligini koʻrsatadigan tadqiqotlar yetarli emas. Gemoglobin A1c (HbA1c) gestatsion diabetni tashxislash uchun tavsiya etilmaydi, chunki u homiladorlik davrida glikemiyaning GTT ga qaraganda kamroq ishonchli hisoblanadi.

Homiladorlik paytida gestatsion diabet tashxisi qoʻyilgan ayollarda homiladorlikdan keyin qandli diabetning 2-turi rivojlanish xavfi yuqori boʻlganligi sababli, homiladorlikdan keyin glyukozaga tolerantlik testini oʻtkazish zarurNoctor, E., & Dunne, F. P. (2015). Type 2 diabetes after gestational diabetes: The influence of changing diagnostic criteria. World journal of diabetes, 6(2), 234–244. https://doi.org/10.4239/wjd.v6.i2.234..

Qonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuli

Plazmada glyukoza darajasi ochlikdan keyin 126 mg/dl (7,0 mmol/l) dan yuqori yoki har qanday holatda 200 mg/dl (11,1 mmol/l) dan yuqori boʻlsa va bu keyingi kunda tasdiqlangan boʻlsa, GQD tashxisi qoʻyiladi va boshqa testlar talab qilinmaydi. Ushbu testlar odatda birinchi tashrif paytida oʻtkaziladi. Ularni davolash oson va arzon, ammo boshqa test natijalariga qaraganda sifati pastroq: sezgirligi oʻrtacha, oʻziga xosligi past va soxta ijobiy koʻrsatkichlari yuqori.

Glyukozaning skrining testi Glyukozaning skrining testi (baʼzan Sullivan testi deb ham ataladi) homiladorlikning 24-28 haftasigacha amalga oshiriladi va GTT ning soddalashtirilgan turi hisoblanadi. GTTdan farqli ravishda bu skrining testi uchun och holatda boʻlish talab qilinmaydiGLUCOSE TOLERANCE TEST at the Dwight D. Eisenhower Army Medical Center. Last Modified November 25, 2009. Sallivan testida tarkibida 50 gramm glyukoza boʻlgan eritma ichiladi va bir soatdan keyin qaytadan test oʻtkaziladi.

Glyukozaga tolerantlik testi Glyukozaga tolerantlik testi (GTT) 8-14 soat ochlikdan soʻng ertalab oʻtkazilishi kerak. Testdan oldingi 3 kun davomida parhez (bir kunda kamida 150 gr uglevodlar qabul qilish) va jismoniy mashqlar buyuriladi. Tekshiriluvchi test vaqtida oʻtirgan holatda boʻlishi kerak va chekish man etiladi.

Homiladorlikning istalgan davrida 75 gramm glyukoza bilan oʻtkaziladigan GTT yordamida gestatsion qandli diabet tashxisi qoʻyilishi lozim: Och holatda glyukoza darajasi ≥92 mg/dL (5.1 mmol/L); Ovqatlangan 1 soat oʻtib, glyukoza darajasi ≥180 mg/dL (10 mmol/L); Ovqatlangandan 2 soat oʻtib, glyukoza darajasi ≥153 mg/dL (8.5 mmol/L).

Siydikdagi glyukozani tekshirish