Sergey Nikolayevich Badyuk (3-iyul 1970-yil, Gibalovka, Shargorod tumani, Ukraina SSR, SSSR) – rossiyalik sportchi, aktyor va jamoat arbobi.
Hayoti Badyuk 1970-yil 3-iyulda Vinnitsa viloyati Shargorod tumani Gibalovka qishlogʻida tugʻilgan. Otasi politsiyachi, onasi ingliz tili oʻqituvchisi «Я был офицером ФСБ, чем горжусь, и мне плевать, кто как к нам относится» .
1992-yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya akademiyasini „Moliyaviy menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Oʻgʻillari Artyom (2001-yil 5-aprel) , Ostap (2004) va Akim (2014).
Faoliyati 2017-yildan beri Badyuk „ANNA-news“ axborot agentligi tarkibida Suriyadagi koʻngilli harbiy muxbiri. 2017-yil dekabr oyida faol hayot tarzi va ommaviy sport mashgʻulotlarini yorituvchi „Tochka Otriva“ telekanalini boshqargan.
2018-yildan beri STS da „Vzveshenniye i schastliviye lyudi“ realiti-shousining boshlovchisi va murabbiy.
2018-yilda „Boevie pandi“ bolalar sporti seksiyalari tarmogʻining yuzi va gʻoyaviy ilhomlantiruvchisiga aylandi .
Aktyorlik faoliyati right|thumb| Sergey Badyuk 2021-yil 5 may. 2011-yilda „Interni“ teleserialida kichik rol Bikovning koʻp yillik doʻsti, bayker Borov rolini oʻynadi. Oʻsha yili „Terminal“ kriminal serialida rol oʻynadi.
2012-yilda Badyuk ishtirokida 7 ta film chiqdi, ulardan birida – „Svidaniye“ romantik komediyasida bosh roldagi Yekaterina Klimovaning muxlisi rolini oʻynadi. 2014-yilda „Tayniy gorod-2“ ilmiy-fantastik filmida oʻynagan. "Mam " film antologiyasida kichik rolni oʻynadi.
2015-yilda Badyuk „Labirinti lyubvi“ komediyasida, „Pomnyu – ne pomnyu“ va „Rodina“ trillerida rol oʻynagan. 2016-yilda „ Ded Moroz. Bitva Magov“ filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Filmda Badyuk Dobroxot rolini oʻynagan.
2017-yildan 2018-yilgacha temirchi Vakula rolida „Gogol“ seriyali filmlarida suratga tushgan.
2018-yildan 2022-yilgacha „Tochka Otriva“ telekanalining bosh direktori va boshlovchisi boʻlgan.
„Nayti i unichtojit“ (2020) filmida ukrainalik qurol sotuvchi Igor Rodin rolini oʻynagan.
Jamoatchilik faoliyati Jamoatchilik faoliyatida Badyuk jazoni ijro etish muassasalarida mashgʻulotlar va uchrashuvlar oʻtkazadi .
Tanqid Badyuk rahbarlik qiladigan armlifting federatsiyasining (APL), shuningdek, Kiokushin Budo Kay federatsiyasi veb-saytida Badyukning 5 sport turi boʻyicha sport ustasi ekanligi qayd qilingan, ammo tanqidchilar bu maʼlumot hech qayerda hujjatlashtirilmaganligi va Sergey Badyuk Butunrossiya sport turlari reyestrining kiritilmagnligini taʼkidlashgan. 2016-yilda Ukraina Milliy kiokushin karate federatsiyasi saytida Badyuk haqida „uni jang sanʼati va sport olamida jiddiy shaxs sifatida qabul qilish ancha oldinroq toʻxtatilgan“ligi keltirilgan.
2015-yilda Butunjahon Armlifting Assotsiatsiyasi (WAA) tomonidan oʻtkazilgan Sharqiy Yevropa armlifting chempionatida WAA prezidenti lavozimida boʻlgan Sergey Badyuk (oʻsha yili u ushbu lavozimni tark etgan) gʻolibga topshiriladigan, temirdan yasalgan „Rolling Thunder“ snaryadni oʻzlashtirib olgan. Uning bu harakati sportchilar orasida kuchli norozilikni keltirib chiqardi .
Filmografiyasi
Aktyor 2007 – „Savva Morozov“ – Tixon 2009 – „Purpurnie oblaka“ 2009 – „Zabava“ 2009 – „Antikiller-3“ – Yefim Boroda 2009 – „2 dami v Amsterdame“ 2009 – „Mustang“ 2011 – „Terminal“ – Girya 2011 – „Interni“ (63-seriya) – bayker Borov (O. S. Yakunin) 2011—2014 – „Zaysev+1“ – epizod 2011 – Shaman 2012 – „Svidanie“ – Boris 2012 – „Mami“ (Operatsiya „Mama“) – qorovul 2012 – „Kremen“ – Sipliy 2012 – „Solovey-Razboynik“ – Ignatiy Nikolayevich Krivenko („Molot“) 2012 – „Brigada: Naslednik“ – Serega 2012 – „Toptuni“ (serial) – Mardan 2012 – „Zabava“ 2013 – „Ssezar“ – kameo 2014 – „Tayniy gorod“ – Zorich 2015 – „Neformat“ – kameo 2015 – „Rodina“ – Timur 2015 – „Kajdiy 88“ (qisqa metrajli) – Andre de Marso 2015 – „Tretiy poedinok“ – kameo 2016 – „Pomnyu ne pomnyu“ – Leopold 2016 – „Ded Moroz. Bitva Magov“ – Dobroxot 2017 – „Gogol. Nachalo“ – temirchi Vakula 2017 – „Opa, Noviy god!“ 2018 – „Gogol. Viy“ – Vakula 2018 – „Poslednyaya missiya“ („Attrition“) – "Gollivud" 2018 – „Gogol. Strashnaya mest“ – Vakula 2018 – „Bitsuxa“ (teleserial) 2019 – „Gogol (teleserial)“ – Vakula 2020 – „Serjant (teleserial)“ – Sergey („Pioner“) 2020 – „Nayti i unichtojit“ – Igor Rodin 2020 – „Xolodes“ (qisqa metrajli) – qassob 2021 – „Aleksandr Peresvet – Kulikovo exo“ – Oslyabya''
Rejissyor 2012 – „Strana Geroyev“ 2017 – „Dorogi Sirii“ 2017 – „Spesialniy reportaj Sergeya Badyuka iz Aleppo“ 2018 – „I gryanul GROM“ 2018 – „Nachkar pojarnoy chasti“ 2019 – „Krapoviy Batya“ 2019 – „Sergeich“ 2019 – „Palomnik“ – puteshestvie russkogo svyaщennika v Sirii 2019 – „Pravda o stingerax i voyne v Afganistane – istoriya cpesnaza GRU“ 2019 – „Detektor FSB“ 2020 – „Angeli“ 2020 – „MusBat“
Manbalar
Turkum:Rossiyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:3-iyulda tugʻilganlar