Botirali Danaboyevich Shodiyev – oʻzbek oʻqituvchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston ekologik partiyasi aʼzosi.
Hayoti Botirali Shodiyev 1973-yili Samarqand viloyatining Nurota tumanida tugʻilgan. 1997-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini, 2009-yilda esa O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyatini 1990-yilda Nurota tumanidagi 16-maktabda tarbiyachilikdan boshlagan. Soʻng, faoliyatini teleradiokompaniyalarda davom ettirgan. 2021-yilda „Oʻzbekiston 24“ telekanalining „Iqtisodiy dasturlar“ muharririyati bosh muharriri lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari