"What a Wonderful World" Bob Thiele („George Douglas“ taxallusi bilan) va George David Weiss tomonidan yozilgan qoʻshiqdir. Bu qoʻshiq ilk bor Louis Armstrong tomonidan ijro etilib, 1967-yilda singl sifatida chiqarilgan. 1968-yil aprel oyida u Buyuk Britaniyada pop musiqalar reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Biroq, ABC Records kompaniyasi rahbari Larry Newton qoʻshiqni yoqtirmagani va uni targʻib qilishdan bosh tortgani sababli, qoʻshiq Amerika Qoʻshma Shtatlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Bu qoʻshiq „Xayrli tong Vyetnam“ filmida soundtrack sifatida foydalanilgandan soʻng, yana mashhurlikga erishdi va 1988-yilda singl sifatida qayta chiqarildi va Billboard Hot 100 roʻyxatida 32-oʻringa koʻtarildi. Armstrong tomonidan aytilgan qoʻshiq esa 1999-yilda Grammy shon-shuhrat zaliga kiritildi.
Manbalar
Havolalar How political is What A Wonderful World? – BBC News article about history and meaning of song Turkum:1967-yil singllari