"We Live in Time" – 2024-yilda suratga olingan romantik drama film boʻlib, unga John Crowly rejissyorlik qilgan va ssenariysi Nick Payne tomonidan yozilgan. Film bir juftlikning oʻn yillik (Andrew Garfield va Florence Pugh) munosabatlarini tasvirlaydi.

Filmning premyerasi 2024-yil 6-sentyabrda Toronto xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdi va StudioCanal tomonidan Buyuk Britaniyada 2025-yil 1-yanvarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Rollarda

Ishlab chiqarilishi Nick Payne StudioCanal bilan birgalikda "We Live in Time" filmining ssenariysini ishlab chiqishdi. Filmga Benedict Cumberbatchning Londonda joylashgan SunnyMarch kompaniyasi tomonidan prodyuserlik qilingan.

2023-yil mart oyiga kelib, Andrew Garfield va Florence Pughning filmda bosh rollarda oʻynashi boʻyicha muzokaralar olib borildi. Bu film haqidagi eʼlon Garfield va Pugh 95-Oskar mukofotlari marosimida birgalikda mukofot topshirganlaridan soʻng qisqa vaqt ichida eʼlon qilingan edi.

Asosiy suratga olish ishlari Herne Hillda ommaga taqdim etilgan aktyorlar va filmni tasvirga oluvchi jamoa bilan birgalikda 2023-yil aprel oyida Londonda boshlangandi. Oʻsha oyning oxirida ular Blackfenda koʻrinish berishdi.

Premyerasi 2023-yil may oyida A24 filmni AQShda namoyish qilish huquqini qoʻlga kiritdi. StudioCanal esa butun dunyo boʻylab sotuvlarni amalga oshiradigan va toʻgʻridan-toʻgʻri Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Beniluks davlatlari, Avstraliya va Yangi Zelandiyada filmni namoyish qiladigan boʻldi. Ommaga namoyish qilingan tasvirga olishdagi dastlabki rasmlardan biridagi xunuk ot internet memiga aylanib ketdi.

We Live in Time premyerasi 2024-yil 6-sentyabrda Toronto xalqaro kinofestivalida boʻlib oʻtdiJeremy Kay, „Ron Howard’s ‘Edenʼ, John Crowley’s ‘We Live In Timeʼ among Toronto world premieres“ . Screen Daily, 9 July 2024.. Yevropadagi premyerasi 72-San-Sebastian xalqaro kinofestivalining rasmiy yopilish marosimida oʻtkazilgan. A24 filmni 2024-yil 11-oktyabrda Qoʻshma Shtatlarda cheklangan kinoteatrlarda namoyish etishni rejalashtirgan. Film Buyuk Britaniya va Irlandiyada 2025-yil 1-yanvarda kinoteatrlarda namoyish etiladi. Beta Fiction Spain esa filmning Ispaniyada kinoteatrlarda namoyish etilishini 2025-yil 3-yanvarga rejalashtirmoqda.

Qabul qilinishi Rotten Tomatoes sharh yig‘uvchi veb-saytida 65 ta tanqidchining 79 foizi ijobiy fikr bildirgan, oʻrtacha baholash 7,2/10 ni tashkil etgan. Sayt xulosasida shunday deyiladi: "Andrew Garfield va Florence Pughning sezilarli uygʻunligi „We live in time“ nomli taʼsirli melodramada tomoshabinlar qalbini zabt etadi va keyinchalik uni vayron qiladi. Film oʻzining kutilmagan tuzilmasi yordamida qaygʻuni ajoyib holda koʻrsatib beradi."

The Guardian jurnalisti Benjamin Lee filmga 5 yulduzdan 4 yulduz berdi va shunday deb izoh yozdi: „Men uning orqaga qaytish tabiatini juda jozibali romantik drama deb topdim, u bizni mamnun qilish bilan birga qaygʻuga solishni ham biladi. Umid qilamanki, hayotda bu kabi vaqtlar koʻproq boʻladi.“

The New York Times gazetasidagi sharhida Manolha Dargis Almut va Pughning ijrosini yuqori baholadi, ammo filmni shunchaki „zamonaviy“ deb topdi. The Los Angeles Times gazetasidan Glenn Whipp aktrisaning ijrosiga xuddi shu kabi baho berdi, ammo ishlab chiqarishning boshqa qismlarigaga nisbatan ancha tanqidiy munosabatda boʻldi. Xuddi shunday, AV Clubdagi sharhda film va uning syujetiga juda tanqidiy munosabatda boʻlindi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Romantik filmlar Turkum:2024-yil filmlari