Gérard de Cortanze (1948-yil 22-iyulda Parijda tugʻilgan) – fransuz yozuvchisi, esseist, tarjimon va adabiy tanqidchi. 2002-yilda „Assam“ nomli tarixiy romani uchun „Prix Renaudot“ mukofotini qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan.
Karyerasi Gérard de Cortanze Paul Auster, J.M.G. Le Clézio va Surrealizm tarixi boʻyicha insholar nashr ettirgan. U „Le Figaro“ jurnali bilan hamkorlik qilgan, shu bilan bir qatorda adabiyotshunoslik bilan shugʻullangan va 2005-yilda Gallimard tomonidan boshlangan Folio Biographies toʻplami uchun mas’ul shaxs boʻlganhttps://www.folio-lesite.fr/collections/folio-biographies.
Gérard meksikalik Jose Emilio Pacheco, nikaragualik Rubén Darío, Fransiyadagi argentinalik surgun Juan José Saer, ispan rassomi Antonio Sauraning (1930-1998) daftarlari va perulik shoir Cesar Vallejo (1892-1938) va chililik Vicente Huidobro (1893-1948) kabilarning sheʼrlari va asarlarini fransuz tiliga tarjima qilgan.
U 1995-yildan beri har yili oʻtkazib kelinadigan yevropalik yozuvchilarning fransuz tilida yozilgan yoki tarjima qilingan asarlarini mukofotlash uchun beriladigan Yevropa adabiyoti boʻyicha Jean-Monnet mukofoti hakamlar hay’ati raisidir.
Yozuvchining mukofotga sazovor boʻlgan „Assam“ asarida Fransiyaning Italiyaga bostirib kirishi paytida italiyalik aristokrat Aventino Roero Di Cortanze haqida hikoya qilinadi. Asarning birinchi boʻlimida uning bosqinchilikka javobi va urush sahnalaridagi ishtiroki tasvirlangan. Bu voqealar „Urush va tinchlik“ hamda „Red Badge of Courage“ asarlaridagi voqealarga oʻxshab ketadi. Ikkinchi boʻlimda esa doʻstining Britaniya va Xitoy oʻrtasidagi choy savdosiga boʻlgan qiziqishi tufayli Janubiy Osiyoga qilgan safari tasvirlangan. Uchinchi boʻlimda Aventino bosib olingan Italiyaga qaytadi. U gʻolib fransuzlar bilan hamkorlik qilish, avstriyaliklarga qoʻshilish (oʻz vatani Pyemontning anʼanaviy doimiy dushmanlari) yoki nafaqat Italiya birligini, balki mustaqil qarshilik harakatini – boshqacha aytganda, italyan partizanlar harakatini targʻib qilish oʻrtasida tanlov qilishi kerak boʻladi. Bu fransuz romanidagi hikoya, tabiiy ravishda, Fransiyaning XX asrda yirik kontinental kuch tomonidan bosqiniga uchrashi haqida savollarni keltirib chiqaradi.
Ishlari Romanlari Gérard de Cortanze''', René Major, Le livre de la morte, Paris, Aubier-Montaigne, coll. " Écrit Sur Parole ", 1980 (reprint 1992), Les enfants s’ennuient le dimanche, Paris, Hachette, 1985, ; Arles, Actes Sud, coll. " Babel ", 1999, Giuliana, Paris, Belfond, 1986, ; Arles, Actes Sud, coll. " Babel ", 1999, Elle demande si c’est encore la nuit, Paris, Belfond, 1988, ; Paris-Monaco, Éditions du Rocher, 1991 L’amour dans la ville, Paris, Albin Michel, 1993, ; Paris, LGF, coll. " Livre de Poche ", 1996, L’ange de mer, Paris, Flammarion, coll. " Littérature française ", 1996, Une chambre à Turin, Paris-Monaco, Éditions du Rocher, 2001, ; Paris, Gallimard, coll. " Folio ", 2002, Le cycle des vice-rois Assam, Paris, Albin Michel, 2002, Aventino, Paris, Albin Michel, 2005, Les vice-rois, Arles, Actes Sud, 1998, ; Paris, J’ai lu, coll. " J’ai lu Roman ", 2006, Cyclone, Arles, Actes Sud, 2000, ; Paris, J’ai lu, coll. " J’ai lu Roman ", 2003, Banditi, Paris, Albin Michel, 2003, Spaghetti!, Paris, Gallimard, coll. " Haute enfance ", 2005, Laura, Paris, Plon, 2005, Miss monde, Paris, Gallimard, coll. " Haute enfance ", 2007, Claude Arnaud, Elisabeth Barillé, Gérard de Cortanze, Daniel Maximin, Paris *Portraits, Paris, Gallimard, coll. " Folio ", 2007, , " Le géorama Montparnasse " De Gaulle en maillot de bain, Paris, Plon, 2007, Indigo, Paris, Plon, 2009, La belle endormie, Monaco-Paris, Le Serpent à Plumes, 2009, Miroirs, Paris, Plon, 2011, Les amants de Coyoacan, Paris, 2015,
Sheʼrlari Altérations, Éditions d’Atelier, 1973 Au seuil: La fêlure, PJO, 1974 U. Cenote, Alain Anseuw éditeur, 1980 Los Angelitos, Richard Sébastian Imprimeur, 1980 La Muerte solar, Pre-textos, 1985 () Jours dans l'échancrure de la nuque, Paris, La Différence, coll. " Littérature ", 1988, 219 p. La Porte de Cordoue, Paris, La Différence, coll. " Littérature ", 1989, 143 p. Le Mouvement des choses'', Paris, La Différence, coll. " Clepsydre ", 1999, 189 p. . Prix SGDL-Charles Vildrac, 1999.
Badiiy asarlari
Manbalar
Havolalar Author’s website
Turkum:Fransiyalik yozuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:22-iyulda tugʻilganlar Turkum:Parijda tugʻilganlar