Bernard Mensa (ingl. Bernard Mensah; 1994-yil 17-oktyabr Akkra, Ganada tugʻilgan) – ganalik futbolchi, „Al-Tai“ klubining yarim himoyachisi. U Gana milliy terma jamoasida ham oʻynagan.

Klubdagi faoliyati Mensa „Feyenoord Gana“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2012-yilda Portugaliyaning Gimaraynshdagi „Vitoriya“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2013-yilda Bernard oʻyin amaliyotini oshirish maqsadida zaxira oʻyinchisi maydonga tusha boshlagan. 2014-yil 16-avgustda „Jil Visente“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Sangrish ligasida debyut qilgan. Shu oʻyinda Bernard „Vitoriya“ uchun ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan. 2015-yil yozida Mensa Ispaniyaning „Atletiko Madrid“ klubiga oʻtgan va jamoa bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil etgan. Oʻyin amaliyotini oshirish uchun Bernard darhol „Xetafe“ga ijaraga berilgan. 18-sentabrda „Malaga“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qilgan. 2016-yil yozida u ijara asosida „Vitoriya“ga qaytgan.

2017-yil yozida Mensa Turkiyaning „Qosimpasha“ klubi tomonidan ijaraga olingan. 12-avgustda „Alanyaspor“ga qarshi oʻyinda u Turkiya Superligasida debyut qilgan. 27-oktabrda „Gyoztepe“ga qarshi oʻyinda Bernard „Qosimpasha“ uchun ilk golini urgan.

2018-yil yozida Mensa ijara asosida „Kayserispor“ga oʻtgan. 13-avgustda „Antalyaspor“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safida debyut qilgan. 1-sentabrda „Fenerbahche“ga qarshi oʻyinda Bernard „Kayserispor“ safida ilk golini urgan. Mavsum yakunida klub futbolchining transferini sotib olgan. Transfer qiymati 3,6 million yevroni tashkil etgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yil 8-iyunda Togo terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida Mensa Gana milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. Aynan shu oʻyinda u milliy jamoa tarkibida oʻzining ilk golini kiritgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Vitória S.C. futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Getafe CF futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Kasımpaşa S.K. futbolchilari Turkum:Kayserispor klubi futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Al-Tai FC futbolchilari Turkum:Al-Riyadh SC futbolchilari