Blanche Chapman (1851-yil 1-noyabr – 1941-yil 7-dekabr) amerikalik aktrisa. Gilbert va Sullivanning koʻplab spektakllarida rol ijro etgan.

Hayoti Blanche Chapman 1851-yil noyabrda Kentucky shtatining Covington shahrida tugʻilgan. Oʻn olti yoshida monastirdagi maktabda tahsil olgan.

Chapman teatrchilar oilasida ulgʻaygan. Uning katta bobosi Thomas Chapman boʻlgan. Uning bobosi Samuel Chapman Covent Gardenda aktyor boʻlgan. Otasi uch oylik Chapmanni „Mr. and Mrs. Peter White“ nomli spektaklda ilk bor sahnaga olib chiqqan. Uning singlisi Ella Chapman ham aktrisa boʻlib, Jon T. Ford tomonidan boshqariladigan teatrlarda rol ijro etgan.

Faoliyati Faoliyatining dastlabki davrida Dion Boucicault, John T. Raymond, Edwin Booth, John McCullough va Joseph Jefferson kabi mashhur aktyorlar bilan sahnada birga ishtirok etdi. 1874-yilda singlisi bilan San-Fransiskodagi Metropolitan teatrida The Beautiful Chapman Sisters rolini ijro etishdi. Aynan shu teatrdagi bir tomoshada, opa-singillar kiyimlarini almashtirayotgan paytda, David Belasco oʻz debyutini ularning oʻrnini toʻldirish bilan amalga oshirgan edi.

1875-yilda Chapman Henry Clay Fordga turmushga chiqdi. U Linkoln teatrining menejeri edi. Uning uchta farzandi bor edi: dramaturg va yozuvchi Harry Chapman Ford, drama oʻqituvchisi Frank Ford va aktyor menejeri George Ford. Georgening rafiqasi komediya aktrisasi Helen Ford edi. Ular Vashingtondagi Logan Circle shahrida yashashgan.

Chapman Nyu-Yorkda muntazam ravishda chiqishlar qilardi. XX asr boshlarida, Henry teatrdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, oila Nyu-York shahriga koʻchib oʻtdi, undan keyin Rezerford, Nyu-Jersida yashay boshlashdi.

Vafoti 1929-yilda, Henryning 1915-yil vafotidan oʻn yildan ortiqroq vaqt oʻtgach, Chapman Abraham Lincoln otib oʻldirilgan kreslo kursini Smitson institutidan oʻziga qaytarishni soʻradi. Bu kursi oʻsha yerda saqlanayotgan edi. Henry Lincolnga yanada qulaylik taqdim etish maqsadida stul sotib olib, oʻrnatgan edi. Keyinchalik Chapmanga stul qaytarib berildi. 1929-yil dekabr oyida Chapman stulni Amerika sanʼat uyushmasi orqali oʻtkazilgan kimoshdi savdosida 2400 dollarga sotdi.

Chapman 1941-yil iyun oyida Nyu-Jersi shtatining Rutherford shahrida vafot etdi.

Manbalar

Havolalar