Liliya Biktyakova (1979-yil 2-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional tennischi.
Faoliyati Toshkentlik chapaqay tennischi Biktyakova 1990-yillarning oxirida Federatsiya kubogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Oʻzining Federatsiya kubogidagi umumiy 11 ta bahslaridan ikkita yakkalik va ikkita juftlik oʻyinlarida gʻalaba qozongan. Liliya Federatsiya kubogidan tashqari, 1998-yilgi Osiyo o‘yinlarida ham Oʻzbekiston uchun bahslarga kirishgan. U, shuningdek, 1999-yil va 2000-yillarda boʻlib oʻtgan Tashkent Open turnirida ham ishtirok etgan.
Biktyakova 1998-yildan 2001-yilgacha Jorjiya kollejida oʻqib, oʻsha yerda tennis bilan shugʻullanib yurgan. U 2001-yilda Jorjiya kollejining eng yaxshi ayol sportchisi deb topilgan.
Shaxsiy hayoti Biktyakova Jorjiya kolleji golfchisi Alex McMichael bilan turmush qurgan.
Uning singlisi Luiza ham tennischi boʻlib, Federatsiya kubogida hamda Jorjiya kollejida boʻlib oʻtgan turnirlarda ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekistonlik ayol tennischilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik tennischilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari