Labori Gilelevich Kalmanson (adabiy taxalluslari G. Lelevich va L. Mogilevskiy; 1901-yil 17-sentyabr, Mogilev – 1937-yil 10-dekabr, Chelyabinsk) – rus sovet shoiri, adabiyotshunos tanqidchi va muharrir.
Biografiyasi Shoir Gillel Moiseyevich Kalmansonning oʻgʻli (1868-1937, taxallusi Perekati-Pole). Labori nomini Dreyfus sudida advokat boʻlgan Fernan Labori (1860-1917) sharafiga olgan. Mogilyovdagi maktabda oʻqigan (u yerda Lorik Kalmanson nomi bilan tanilgan), oʻquvchilar adabiy jurnalida nashr etilgan. U yozishni bolaligidan boshlagan, 1917-yilda L. Mogilevskiy taxallusi ostida Mogilyovning „Molot“ gazetasida saralangan sheʼrlar bilan debyut qilganida, adabiy faoliyat bilan jiddiy shugʻullana boshlagan. 1917-yilda otasi bilan Gomelga koʻchib oʻtgan, u yerdan Samaraga yuborilgan .
Labori „Oktyabr“ Proletar yozuvchilari guruhi (1922-yil dekabr) va Moskva Proletar yozuvchilar uyushmasi (MAPP) (1923-yil mart), shuningdek „Na postu“ jurnalining asoschilaridan biri. Butunrossiya Proletar yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
Kalmanson Saratovga surgun qilinganida viloyat sudining aʼzosi boʻlgan, 1927-yildan 1929-yilgacha Saratov universiteti pedagogika fakultetining rus adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti boʻlgan. „Saratovskie Izvestiya“ gazetasida bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari chop etilgan.
Shoir „Nabat“ (1921), „V Smolnom“ (1925), „Golod“ (1921) sheʼriy toʻplamlari muallifi. U proletar sanʼatida novatorlik, adabiyotga „partiyaviy rahbarlik“ tarafdori boʻlgan.
Oxirgi yillar Labori Kalmanson 1929-yilda Trotskiy muxolifatida qatnashgani uchun partiyadan chiqarib yuborilgan va 3 yilga Solikamskga surgun qilingan. 1930-yilda muxolifatni tark etgan va surgundan muddatidan avval qaytarilganShabalin V. V. Peyzaj posle bitvi. Iz istorii levoy oppozitsii na Urale. – Perm, 2003. – S. 15.
Shabalin V. V. Levaya oppozitsiya v Uralskoy oblasti, 1927—1930 gg. .
Shoir Kirov oʻldirilganidan keyin, Stalin qatagʻonlari paytida, hibsga olinib 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 1937-yilda qayta sudlangan va 1937-yil 10-dekabrda Chelyabinskda qatl etilgan. Laborining oʻgʻli Varlen Laborevich Lelevich (1923-1941) 1939-yilda koʻchada hibsga olingan va Irkutsk viloyati NKVDning 1-sonli qamoqxonasida jazoni oʻtagan. Qayta sudlangan va 1941-yil 11-dekabrda qatl etilgan. Kalmansonning otasi oʻgʻlining taqdiriga sherik boʻlgan va 1937-yilda otib ketilgan.
Xotini – Sofya Veniaminovna Lelevich-Lukovskaya.
Manbalar
Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar Turkum:10-dekabrda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar