Sergey Petrovich Kucherenko (; 1961-yil 22-avgustda Odessada tugʻilgan) – sovet va ukrainalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Sergey Odessadagi „Chernomorets“ sport va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiylar Aleksandr Ruga va Grigoriy Krivenko edi. 1978-yildan Odessa jamoasining oʻrinbosarlar jamoasida p’yinlarda ishtirok eta boshlagan. Ikki yil davomida oʻrinbosar tarkibida oʻynagan ammo asosiy jamoa oʻyinlarida ishtirok etmagan. 1980-yilda Sergey jismoniy tarbiya guruhlari oʻrtasida Ukraina SSR chempionatida ishtirok etgan Podgaitsi shahrining Niva jamoasiga tarkibiga oʻtgan. Oʻsha yilning oxirida Sergey Xmelnitskiyning „Podoliya“ jamoasiga taklif qilingan. Xmelnitskiy klubi tarkibida SSSR chempionatining ikkinchi ligasida debyut qilgan. Umuman olganda, u Xmelnitskiy jamoasi tarkibida 5 ta oʻyin oʻtkazgan va tez orada uni taklif qilgan murabbiy Vladimir Onisko ishdan boʻshatilgan. Natijada Kucherenko Nivaga qaytib kelgan va u yerda 1981-yilda Havaskorlar oʻrtasidagi respublika chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Shundan soʻng, ikkinchi liganing bir qator jamoalaridan taklif olgan. 1982-yilda „Kirovograd Zvezda“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Kirovogradda birinchi mavsumdayoq Sergey asosiy oʻyinchilardan biriga aylangan, aksariyat oʻyinlarda maydonga tushgan. Kucherenko „Zvezda“ jamoasida uch mavsum davomida oʻynagan.

1985-yilda uni murabbiy Viktor Stupak Murmanskdagi „Sever“ klubiga taklif qilgan. Oʻsha yili u Ryazanning „Spartak“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Spartak jamoasi tarkibida ikki mavsum oʻtkazgan va keyinchalik Kirovogradga qaytgan. Yana bir yil davomida ikkinchi ligada oʻynagach, sogʻligʻi tufayli professional faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Shundan soʻng Sergey havaskorlar futbolida koʻrinish bergan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Sergey Odessada shaxsiy biznes bilan shugʻullangan. Kucherenko keyinchalik oʻzining birinchi murabbiylaridan biri, Grigoriy Krivenkoga Odessa sport maktablaridan birida murabbiy sifatida yordam bergan. 1999-yilda uning oʻzi Chernomorets oʻsmirlar sport maktabida bolalar futboli murabbiyi boʻlgan. 2004-yilda Xmelnitskiy „Podoliya“ jamoasiga seleksioner-murabbiy lavozimiga taklif qiqlingan. Xmelnitskiy jamoasiga odessalik bir necha futbolchilarni taklif qilgan. 2005-yilda Kucherenko Podillya Xmelnitskiy bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2007-yilda u Ivano-Frankivskning „Spartak“ klubi bosh murabbiyi boʻldi. 2007-yildan 2008-yilgacha Kucherenko „Desna Chernigov“ jamoasini boshqargan. 2009-yilda Oʻzbekistonning „Mash’al“ klubi akademiyasi direktori va katta murabbiyi boʻlgan. 2010-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida akademiya direktori boʻlgan, shu bilan birga ushbu jamoada bosh va sport direktori lavozimlarida ishlagan.

Shaxsiy hayot Kucherenkoning oʻgʻli Sergey ham futbolchi boʻlgan va Desna Chernigov tarkibida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Sergey Kucherenko Transfermarkt saytida murabbiy profili

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari

Turkum:FC Zirka Kropyvnytskyi futbolchilari Turkum:FC Spartak Ryazan klubi futbolchilari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:FC Podillya Xmelnitskiy murabbiylari Turkum:FC Spartak Ivano-Frankivsk murabbiylari