Ousoud Al Atlas (Atlas sherlari) laqabli Marokash futzal terma jamoasi xalqaro futzal musobaqalarida Marokash sharafini himoya qiladi. Jamoa Marokash Qirollik futbol federatsiyasiga qarashli va dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi.

Jamoa 3 marta futzal boʻyicha Afrika Millatlar Kubogi va 3 marta futzal boʻyicha Arab Kubogini qoʻlga kiritgan. Terma jamoa birinchi marta 2012-yilda jahon chempionatida ishtirok etgan va hozirgacha toʻrt marta jahon chempionatiga chiqishgan. Ularning jahon chempionatidagi eng yaxshi ishtiroki 2021-yilda, chorak finalga qadar yetib borgan edi.

Tarix Marokash futzal boʻyicha 1998-yilgi Arab chempionati va 2000-yilgi Afrika futzal chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan va 2008-yilgi Afrika futzal chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.

2010-yilda Liviyada boʻlib oʻtgan UNAF turnirida Marokash terma jamoasi Jazoirga 7:2, Falastinga 7:1, Tunisga qarshi 4:4 hisobida durang oʻynagan. Biroq finalda Liviyaga 4:3 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan.

Oʻsha yili Marokash jamoasi Liviyada boʻlib oʻtgan futzal boʻyicha Oʻrta yer dengizi kubogida ham ishtirok etdi. Oʻz guruhida 4 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallagan Atlas sherlari yakuniy tunir chempioni Xorvatiya jamoasiga qarshi 1:5 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Marokashliklar pley-off bosqichida ham Bosniya va Gersegovinani 5:3, Livanni 6:2 hisobida magʻlub etib, beshinchi oʻrinni egallashgan. Turnirning eng yaxshi jamoasi tarkibiga futbolchi Yahyo Baya kiritilgan boʻlsa, Xicham Dguig eng yaxshi murabbiy sovrinini qoʻlga kiritgan.

2016-yilning 24-aprelida Marokash finalda Misrni 3:2 hisobida magʻlub etib, ilk Afrika chempionligini qoʻlga kiritgan. Toʻrt yil oʻtgach, ular finalda „Fir’avnlar“ jamoasiga qarshi 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz uylarida oʻz chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qilishgan.

2021-yil 29-may kuni jamoa finalda mezbon Misrni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, birinchi Arab kubogini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionatida Marokash Solomon orollari ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozongan. Tailand va boʻlajak chempionlar, Portugaliya bilan ikki durangdan soʻng 5 ochko bilan guruh bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan va birinchi marta pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan. Terma jamoa chorak finalda Braziliyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng turnirni tark etgan. Keyingi yili jamoa Iroqni 3:0 hisobida magʻlub etib, ikkinchi arab kubogi sohibi boʻlishgan. 2022-yilning 5-sentyabr kuni futzal boʻyicha jahon reytingida Italiyadan oldinda va Qozogʻistondan keyin 8-oʻrinni egallashgan.

2022-yil sentabr oyida Marokash Tailand mezbonlik qiladigan har yili oʻtkaziladigan futzal boʻyicha qitʼa chempionatida ishtirok etgan. Birinchi turda mezbonlar bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan va Afrikaning Mozambik terma jamoasiga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan Marokash yarim finalda Finlyandiyani 4:1 hisobida magʻlub etdi. Finalda „Atlas Lions“ jamoasi Eronni 4:3 hisobida magʻlub etib, ilk chempionlikni qoʻlga kiritganhttps://www.flashscore.com/futsal/world/continental-championship-2022/results/.

2023-yil 16-iyun kuni Marokash finalda Quvaytni 7:1 hisobida magʻlub etib, uchinchi arab kubogi sohibi boʻldi va bu jarayondagi eng muvaffaqiyatli jamoaga aylandi.

Marokash 2024 yilgi futzal boʻyicha Afrika Millatlar Kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va ketma-ket ikkinchi marta turnir mezbonlik qilish huquqiga ega boʻlgan. Oʻz guruhida osonlik bilan birinchi oʻrinni egallagan. Guruhdagi soʻnggi oʻyinida Zambiyani 13:0 hisobida magʻlub etish (raqibining bugungi kundagi eng yomon magʻlubiyati). Mezbonlar finalda Angolani 5:1 hisobida magʻlub etib, ketma-ket uchinchi marta kubokni koʻtarishgan va shu tariqa Misr bilan musobaqaning eng muvaffaqiyatli jamoalari sifatida tenglashgan.

Musoboqalardagi natijalar

FIFA futzal boʻyicha jahon chempionati FIFA Futzal Jahon chempionatidagi natijalariYilBosqichOʻGʻDMUGOʻGG/N 1989Ishtirok etmagan 1992 1996 2000Saralashdan oʻta olmagan 2004 2008 2012Guruh bosqichi3003515−10 2016Guruh bosqichi3003614−8 2021Chorak final5221137 +6 2024SaralanganUmumiy4/10112272436−12

Futzal Konfederatsiyalar kubogi Futzal Konfederatsiyalar kubogidagi natijalariYilBosqichOʻGʻDMUGOʻGG/N 2009Ishtirok etmagan 2013 2014Umumiy0/3------

Futzal boʻyicha Afrika Millatlar kubogi Africa Futsal Cup of Nations recordYilBosqichOʻGʻDMUGOʻGG/N 1996Ishtirok etmagan 2000Ikkinchi oʻrin31112412 +122004Yarim final2002311−8 2008Uchinchi oʻrin64022011 +9 2011Bekor qilingan 2016Chempion54011710 +7 2020Chempion5500231 +22 2024Chempion5500376 +31Umumiy6/725191512451+73

Futzal boʻyicha arab kubogi Futzal boʻyicha arab kubogidagi natijalariYilBosqichOʻGʻDMUGOʻGG/N 1998Ikkinchi oʻrin54013019 +11 2005Ikkinchi oʻrin54013015 +15 2007Toʻrtinchi oʻrin52031218−6 2008Ishtirok etmagan 2021Chempion5500262 +24 2022Chempion6600466 +40 2023Chempion6600326 +26Umumiy6/738270517666+110

Shimoliy Afrika futzal turniri North African Futsal Tournament recordYilBosqichOʻGʻDMUGOʻGG/N 2005Ikkinchi oʻrin4202238 +15 2009Ishtirok etmagan 2010Ikkinchi oʻrin4301215 +16Umumiy2/385034413+31

Futzalchilar

Hozirgi tarkib Futzal boʻyicha 2023-yilgi arab kubogi uchun terma jamoaga quyidagi futbolchilar chaqirilgan.

Recent call-ups The following players have also been called up to the squad within the last 12 months.

COV Player withdrew from the squad due to contracting COVID-19. INJ Player withdrew from the squad due to an injury. PRE Preliminary squad. RET Retired from international futsal.

Previous squads

FIFA Futsal World Cup squads 2012 FIFA Futsal World Cup squad 2016 FIFA Futsal World Cup squad 2021 FIFA Futsal World Cup squad

Africa Futsal Cup of Nations 2020 Futsal Africa Cup of Nations squad 2024 Futsal Africa Cup of Nations squad

Yutuqlar

Rasmiy musobaqalar Futzal boʻyicha Afrika Millatlar kubogi

15x15px Chempion: 2016, 2020, 2024 (Umumiy rekord) 15x15px Ikkinchi oʻrin: 2000 15x15px Uchinchi oʻrin: 2008, 2004

Futzal boʻyicha arab kubogi

Chempion: 2021, 2022, 2023 (Rekord) Ikkinchi oʻrin: 1998, 2005

Erkaklar futzal boʻyicha UEFS chempionati

Ikkinchi oʻrin: 1995

Oʻrtoqlik turnirlari Futzal boʻyicha CFA xalqaro turniri

Chempion: 2019

Futzal haftaligi qishki kubogi

Chempion: 2020

Futzal boʻyicha qitʼa chempionati

Chempion: 2022

Futzal haftalik oktyabr kubogi

Chempion: 2023

Futzal boʻyicha Rabat xalqaro turniri

Chempion: 2023

Futzal boʻyicha Xorvatiya xalqaro turniri

Chempion: 2023

Futzal boʻyicha Vetnam xalqaro turniri (Xoshi Min shahri)

Champions: 2024

Yana qarang

Marokashda sport Marokash milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Morocco FA official site

Turkum:Akrikadagi futzal terma jamoalar Turkum:Marokashda futzal Turkum:Marokashdagi milliy sport jamoalari