Gennadiy Gennadyevich Golovkin (1982-yil 8-aprelda tugʻilgan), asosan „GGG“ yoki „Triple G“ taxallusi bilan tanilgan, qozogʻistonlik professional bokschi. U bir nechta oʻrta vazn toifasida jahon chempionlik kamarlariga egalik qilgan va ikki karra kamarlarni birlashtirgan chempion hisoblanadi. U 2014 va 2023-yillar oraligʻida Jahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) (Super versiya), Jahon Boks Kengashi (WBC) va Xalqaro Boks Federatsiyasi (IBF) unvonlariga ega boʻlgan va bir marta 2022-yilda super oʻrta vazn toifasida mutloq chempionlikka daʼvogarlik qilgan. U, shuningdek, Xalqaro boks tashkiloti (IBO) ning oʻrta vazn toifasida sobiq chempioni boʻlib, 2011 va 2023-yillar oraligʻida ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Golovkin 2017-yil sentyabridan 2018-yil sentyabrigacha The Ring jurnali tomonidan dunyoning eng yaxshi bokschisi deb topildi. U, shuningdek, The Ring, Transnational Boxing Rankings Board, ESPN va BoxRec tomonidan dunyoning eng yaxshi faol oʻrta vazn toifasi jangchisi deb topildi. 2010-yilda Gennadiy Golovkin Milton Núñezni magʻlub etib, WBA oraliq oʻrta vazn toifasi chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, WBA uni 2012-yilda toʻliq chempion maqomiga koʻtardi. U keyingi yili IBO unvonini ham qoʻlga kiritdi. 2014-yilda Golovkin WBA (Super) chempion maqomiga erishdi va Daniel Geale bilan jangda ikkala unvonini ham muvaffaqiyatli himoya qildi. Oʻsha yilning oxirida u Marko Antonio Rubioni magʻlub etib, WBC oraliq oʻrta vazn toifasi chempionligini qoʻlga kiritdi, 2015-yilda esa Devid Lemieuxni magʻlub etib, IBF oʻrta vazn toifasi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2016-yilda Saul „Canelo“ Alvares oʻzining WBC oʻrta vazn toifasi chempionlik kamaridan voz kechgandan soʻng, Golovkin toʻliq chempionlik maqomiga erishdi va boksdagi toʻrtta asosiy chempionlik kamaridan uchtasini qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Golovkin Alvarezga yutqazib, barcha unvonlarini, shu jumladan magʻlubiyatsiz rekordini ham boy berdi. U 2019-yilda Sergey Derevyanchenkoni magʻlub etib IBF va IBO unvonlarini qaytarib oldi, 2022-yilda esa Ryota Muratani magʻlub etib, WBA (Super) unvonini qayta qoʻlga kiritdi.

Juda ham aqlli oʻylangan bosim qiluvchi bokschi sifatida tanilgan Golovkin oʻzining favqulodda kuchli va aniq zarbalari, muvozanati va ring ichidagi harakatlari bilan ham mashhur. U 2008-yildan 2016-yilgacha davom etgan 23 nokaut seriyasiga ega boʻlib, oʻrta vazn toifasi tarixida eng yuqori nokautli gʻalabalar koʻrsatkichiga (88,1%) erishdi„Highest boxing knockout percentage by a middleweight champion“. Guinness World Records. Jim Pattison Group. Retrieved 1 January 2024.. Golovkin, shuningdek, boks tarixidagi eng mustahkam iyaklardan biriga ega deb hisoblanadi, chunki u jami 395 jangda, professional sifatida 45 va havaskor sifatida 350 ta jangda hech qachon nokdaun holatiga tushmagan yoki toʻxtatilmagan.

Havaskorlik karerasida Golovkin 2003-yilda oʻrta vazn toifasida Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 2004-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Qozogʻistonni himoya qildi va oʻrta vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi. 2024-yilda Golovkin Qozog‘iston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi prezidenti etib tayinlandi. Hayotining boshlari Golovkin Qozogʻiston SSR, Sovet Ittifoqi (hozirgi Qozogʻiston) ning Qarag‘anda shahrida tugʻilgan, otasi rus koʻmir qazuvchisi va onasi kimyoviy laboratoriyada yordamchi boʻlib ishlaganBoxing Monthly magazine April 2016 issue, article titled „Hurry Up and Wait“ written by Michael MonteroFIGHTER’S INFO , boxing.com, 2 September 2013. Golovkinning ona tomondan bobosi Sergey Pak Sovet Rossiyasida yashovchi, Qozogʻistonga majburan koʻchirilgan etnik koreys edi.

Uning uchta akasi, Sergey va Vadim ismli ikkita katta akasi va Maks ismli egizagi bor. Sergey va Vadim Golovkinni sakkiz yoshida boks bilan shugʻullanishga undagan. Yoshligida Golovkin ular bilan koʻchalarda yurar, akalari kattalar bilan uning uchun mushtlashardilar. „Undan qoʻrqasanmi?“ deb soʻrasalar, Golovkin „yoʻq“ deb javob berardi va jang qilishni buyurardi. "Akalarim, men bolalar bogʻchasida oʻqib yurgan vaqtimdan beri shunday qilishardi, – dedi Golovkin. „Har kuni, turli yigitlar.“ Golovkin toʻqqiz yoshga toʻlganida, Golovkinning ikkita akasi Sovet armiyasiga qoʻshildi. 1990-yilda hukumat Golovkinning oilasiga Vadimning vafot etganini aytishdi. 1994-yilda esa hukumat Golovkinning oilasiga Sergey vafot etganini maʼlum qilishdiMannix, C. (2013). Heartbreak spearheads Gennady Golovkinʼs rise. International Boxing Organization. Retrieved 27 November 2016, from link ..

Golovkinning birinchi boks zali Qozogʻistonning Karaganda shahridagi Maykuduk shahrida boʻlib, u yerda uning birinchi boks murabbiyi Viktor DmitrievMolded Gennady Golovkin into Tszyu: Golovkinʼs first coach. (2014). Tengri News. Retrieved 28 November 2016, from link boʻgan, va Golovkin uni „juda yaxshi“ deb hisoblaydiThis quote starts at the 2:31 min mark of the video and ends at the 3:26 min.. U birinchi marta sport zaliga kirganidan bir oy oʻtgach, 10 yoshida murabbiy unga oʻz mahoratini tekshirish uchun ringga chiqishni buyurdi va u birinchi jangida magʻlub boʻldi. Havaskor faoliyati Golovkin 1993-yilda, 11 yoshida, yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan mahalliy Qoragʻanda viloyati turnirida gʻolib boʻlgandan soʻng, boks bilan toʻliq shugʻullana boshlagan. Unga kattalar bilan raqobatlashish yoshiga yetish uchun yana bir necha yil kerak boʻldi va yetti yildan keyin u boks boʻyicha Qozogʻiston terma jamoasiga qabul qilindi va xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. Shu bilan birga, u Qoragʻanda davlat universitetining yengil atletika va sport fakultetini tamomlab, diplom va PE oʻqituvchisi malakasini olgan. U 2002-yil noyabr oyida Olimpiya birdamligi dasturida stipendiya sohibi boʻldi.

2003-yilda Bangkokda oʻtkazilgan havaskorlar orasidagi boks boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U keyinchalik ikki karra jahon chempioni boʻlgan Matvey Korobovni (RUS) 19-10 hisobida, Endi Lini 29-9 hisobida, Lutsian Buteni nokaut bilan, yarim finalda Yordanis Despaigneni 29-26 hisobida va finalda Oleg Mashkinni magʻlub etdi. 2003-yilgi chempionatdagi gʻalabasidan soʻng, NTV Plus Sports boks sharhlovchisi shunday degan edi: „Golovkin. Bu ismni eslab qoling! Biz albatta uni yana eshitamiz.“

U 2004-yilda Puerto-Prinsesada (Filippin) boʻlib oʻtgan havaskor boks boʻyicha Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, Afina oʻyinlariga yoʻllanma oldi. Finalda u mezbon jangchi Christopher Camatni magʻlub etdi. 2004-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u pokistonlik Ahmad Ali Xonni 31-10, misrlik Ramazon Yasserni 31-20 va amerikalik Andre Dirrellni 23-18 hisobida magʻlub etib, rossiyalik Gaydarbek Gaydarbekovga 18-28 hisobida yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2005-yilgi jahon chempionatida u Mohamed Hikalga yutqazdi. U havaskorlar faoliyatini 345-5 rekordi bilan yakunladiGOLOVKIN STOPS ROSADO IN BLOODY BATTLE, PHILLY BOXING HISTORY, 19 January 2013. Uning barcha magʻlubiyatlari ochkolar boʻyicha juda yaqin edi (masalan, Damian Ostinga qarshi 8+8, yoki Andre Dirrellga qarshi 14-15), nokautga uchramagan va koʻpincha barcha magʻlubiyatlariga bir yil ichida revanj olgan. Professional faoliyati

Karyerasining boshlanishi 2005-yilda havaskor faoliyatini tugatgandan soʻng, Golovkin Universum Box-Promotion (UBP) bilan shartnoma imzoladi va 2006-yil may oyida professional debyutini oʻtkazdi. Uning birinchi professional murabbiyi sobiq havaskor bokschi germaniyalik tojik Magomed Shaburov edi. 2008-yil oxiriga kelib, Golovkinning rekordi 14-0 (11 KO) ni tashkil etib, kamarga daʼvogarlar deb hisoblangan bokschilar ustidan bir nechta gʻalaba qozongan boʻlsa-da, u dunyodagi eng yaxshi istiqbollardan biri sifatida qabul qilindi. Golovkinga 2009-yilda yana 4 ta nisbatan yengil jang berildi. 2010-yilda Universum Germaniyaning ZDF telekanali tomonidan toʻxtatilganidan keyin moliyaviy muammolarga duch kela boshladi. Bu Golovkin uchun bir qator muammolarni keltirib chiqardi, u Germaniyada jang qila olmadi, bu holat ikki tomon oʻrtasidagi shartnomaviy nizolar keltirib chiqardiGennady Golovkin, Asian Boxing, Retrieved 31 January 2014.

Golovkin 2010-yilning yanvarida Universum bilan shartnomasini bekor qildi va intervyusida quyidagilarni aytdi: „Bu qarorning sababi shundaki, men Universum tomonidan har doim Feliks Shturm va Sebastyan Zbikdan keyingi oʻringa qoʻyilganman. Feliks Shturm yoki Sebastyan Zbikka qarshi kurashish haqidagi bizning talablarimiz har doim bemaʼni bahonalar bilan rad etilgan. Universum men uchun haqiqiy reja yoki konsepsiyaga ega emas edi, ular hatto mening kareramni oldinga siljitishga harakat ham qilishmadi. Sturm va Zbik chempion boʻlib turgan davrda, ular mening unvonni qoʻlga kiritishimga toʻsqinlik qilishni afzal koʻrishardi. Bundan tashqari, taniqli va tajribali raqiblarga qarshi janglar oʻtkazish rejalashtirilgan ham edi, ammo bu amalga oshmadi. Bunday vaziyatga koʻnib boʻlmasdi. Oldinga siljish vaqti kelgan ediGolovkin Talks Nunez, Pavlik, Sturm, Universum, More, BOXNEWS.com.ua, 10 August 2010.“

Universum bilan aloqalarini uzganidan soʻng, WBA oʻsha paytda 1-oʻrinni egallagan Golovkin va Milton Nunez oʻrtasida vaqtinchalik chempionlik jangini eʼlon qildi. Golovkin Nunezni 58 soniyada magʻlub etdi va vaqtinchalik chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi. U bu vaqt ichida WBA (Super) chempioni Feliks Shturm va Hasan NʼDam NʼJikam bilan jang qilishga harakat qilgandi, ammo ular bilan jangla amalga oshmadi. Golovkinning menejeri Oleg German shunday dedi: "Yaxshi raqib topish juda qiyin. Hammaga maʼlumki, Feliks Shturm Gennadidan qoʻrqadi. Aslini olganda, Shturm boksni tashlab, marafon yuguruvchisiga aylanishi kerak, chunki u uzoq va tez yugura oladi. Uning yengil atletikada chempion boʻlish uchun ajoyib imkoniyati bor. AQSHdagi janglar Golovkin Madison Square Garden va Staples Centerda jang qilish orqali aka-uka Klichkolar izidan borishni orzu qilib, butun dunyo boʻylab mashhur boʻlishga qaror qildi. U K2 Promotions bilan shartnoma imzoladi va Kaliforniyaning Big Bear shahrida Shon-sharaf zaliga kirgan faxriy murabbiy Terry Norris va boshqa koʻplab isteʼdodlar bilan mashgʻulotlarga bordi. Avvaliga Sanchesni Golovkinning yuvosh qiyofasi chalgʻitadi: "Unga qaradim-da, oʻyladim: „Odam! Bu yigit juda yuvosh bola-ku!“ Ammo tez orada u Golovkin bilan boʻlgan dastlabki uchrashuvidayoq uning isteʼdodi va oʻzini tutishidan hayratda qoldi. Oʻshandan soʻng u Golovkinning Sharqiy Yevropa uslubidagi havaskor intizomiga Meksika uslubidagi tajovuzkorlikni qoʻshish uchun ishladi va shu tariqa dahshatli gibrid chempion yaratildi. "Menda sport zalida sinf taxtasi bor va men unga Alining, Manni Pakyaoning va Golovkinning ismlarini yozib qoʻydim, " dedi Sanches. „Men unga: ’Sen ham ular qatorida boʻlishing mumkin,’ dedim. U avvaliga juda tortinchoq edi, lekin qoʻllarini his qilganimda, ringdagi aqlli harakatlarini va qanday tez oʻrganishini koʻrganimda… voy-boʻ. U boksda yo eng koʻp qochiladigan jangchiga aylanadi, yoki oʻziga munosib imkoniyatga ega boʻladi.“

Golovkin HBOdagi debyutini 2012-yil avgust oyida Dmitriy Pirogga qarshi (20-0, 15 KO) oʻtkazishi kerak edi. Pirog Golovkin bilan toʻqnash kelish uchun oʻrta vazn toifasida WBO kamaridan voz kechgan edi. Buning sababi Pirogga vaqtinchalik chempion Hasan NʼDam NʼJikam bilan jang qilish topshirilgan edi. Jangdan bir necha hafta oldin Pirog belidan jarohat olgani eʼlon qiladi, bu esa jangning rejalashtirilgan sanada boʻlishiga toʻsqinlik qildi, ammo Golovkin hali ham HBO telekanalida boshqa raqib bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Pirogning bir necha marta qaytishga urinishlariga u ortirgan jarohatlar toʻsqinik qildi va uni erta nafaqaga chiqishga majbur qildiStangrit, Gregory (23 June 2013). „Dmitry Pirog is Still Hoping To Return To The Ring“. BoxingScene. Retrieved 25 January 2016.Pushkin, Vadim (11 January 2016). „Dmitry Pirog Comeback Rumors Are False, Says Promoter“. BoxingScene. Retrieved 25 January 2016.. Oʻrta vazn toifasida yagona chempion