Dilnoz Ruziyeva (toʻliq ismi: Ruziyeva Dilnoz Isomjonovna; 1968-yil 24-may, Kogon shahri, Oʻzbekiston SSR) – pedagogika fanlari doktori, professor, „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibasi, shuningdek, Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.

Biografiyasi Dilnoz Ruziyeva 1968-yil 24-may kuni Buxoro viloyatiga qarashli Kogon shahrida tugʻilgan. Ammo Saʼdulla Gʻaybullayev oʻzining „Qorakoʻl zaminiga payvasta nomlar“ nomli biografiyalar toʻplamida Dilnoz Ruziyevani qorakoʻllik sifatida koʻrsatib oʻtgan. Dilnoz Ruziyeva dastlab Qorakoʻl tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olgan. 1991-yilda M. S. Olminsikiy nomidagi Belgorod davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati 1986—1991-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali talabasi.

1991-yildan Navoiy davlat pedagogika instituti Rus tili va adabiyot oʻqitish metodikasi kafedrasi rus tili oʻqituvchisi.

1991—1994-yillarda Oʻz PFITI aspiranti.

1994—1996-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi assistenti.

1996—1999-yillarda Buxoro davlat universiteti Jahon adabiyoti va tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti.

2000—2006-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti.

2006—2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti.

2011—2012-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi professori.

2012—2013-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogik qayta tayyorlash kursi professori.

2013—2016-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.

2016—2017-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.

2017—2020-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi mudiri.

2020—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori.

2021—2021-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Uzluksiz taʼlim pedagogikasi va menejmenti kafedrasi professori.

2021—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar nazorati boʻlimi boshligʻi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy vatanparvarlik maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professori.

2023-yildan Buxoro innovatsiyalar universiteti rektori.

Shuningdek, Dilnoz Ruziyeva Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining Oʻzbekistondagi faxriy elchisidir.

Mukofotlari 2021-yilda Dilnoz Ruziyevaga „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni topshirilgan.

Manbalar

Turkum:Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari