Meri Gidget Orfano dela Llana (1995-yil 24-sentyabr; Filippin) — Gigi de Lana nomi bilan tanilgan filippinlik qoʻshiqchi va aktrisa. Hozirda Rise Artists Studio va Star Magic leybli ostida ijod qilmoqda. De Lana „Four Sisters Before the Wedding“ (2020) filmida Love Mey rolida debyut qilgan.

Hayoti De Lana 1995-yil 24-sentyabrda Olongapoda tugʻilgan. Yoshligida onasi bilan Lagunaga koʻchib oʻtgan. U Kalamba shifokorlar kollejida va Kolegio de San-Xuan de Letran muassasasida tahsil olgan.

Karyerasi Popstar Kids, SOP va Eat Bulaga De Lana Popstar Kids isteʼdodlar tanlovida ishtirok etdi va tanlovning 2-mavsumini grand finalchi sifatida yakunlandi. U keyinchalik bir nechta shoularda, jumladan SOP shousida paydo boʻldi. De Lana u yerda 2009-yilda tarqalib ketgunga qadar mashhur Popstar Kids ishtirokchilaridan tashkil topgan Sugarpop guruhi aʼzosi sifatida muntazam ravishda chiqish qildi.

Bir necha yil oʻtgach, Eat Bulaga! nomli qoʻshiqchlar tanlovida qatnashdi. De Lana ushbu tanlovni ham grand finalchi sifatida yakunladi. Rise Artists Studio De Lana 2013-yilda premyera qilinadigan „Four Sisters Before the Wedding“ filmida rol ijro etishini eʼlon qilganidan bir necha hafta oʻtgach, „Star Magic“ bilan hamkorlik qilishni boshladi. 2020-yil 2-dekabrda „We Rise Together“ loyihasida De Lana Risening boshqa aʼzolari tomonidan iliq kutib olindi.

Matbuot anjumanida De Lanadan Rise uni qanday kashf etgani haqida soʻrashdi. U quyidagicha javob berdi:

De Lanadan nega haqiqiy ismi oʻrniga tahallus ishlatishi haqida soʻrashganda, u shunaqa javob qildi:

Risega qoʻshilganidan beri De Lana WRT koʻrsatuvining baʼzi epizodlarida boshlovchi sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Diskografiyasi

Studio albomi Yil Albom Leybl 2022-yil Gigi De Lana Star Music

Singli Yil Singl Kompozitorlar Leybl2021-yil Sakalam Erwin Lacsa va Romeo Marquez Star Music

Saundtreklari Yil Saundtrek Film/Shou2021-yilNasaʼyo AkoViral ScandalBakit Nga Ba Mahal KitaHello, Heart2022-yilSa DuloThe Broken Marriage VowAkin Ka Na LangA Family Affair

Filmografiyasi Film YilFilmRol2020-yilFour Sisters Before the WeddingLove Mae Tete

Televizion Yil Nom Rol Platforma2022My Crush Is A Cactus KillerMandyDollybee Studios/ YouTube2021Hello, HeartHeartiQiyi2022I Can See Your VoiceKapamilya Channel/A2Z

Manbalar