Turkiya Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) va G20 ning asoschi davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyoti 2023-yilda nominal yalpi ichki mahsulot (YAIM) boʻyicha dunyoda 18-oʻrin, Yevropada esa 8-oʻrinni egallagan. Shuningdek, 2023-yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha dunyoda 11-oʻrinda, Yevropada esa 5-oʻrinda turadi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasiga (IMF) koʻra, 2022-yil holatiga, Turkiyada yuqori oʻrta daromadli, aralash bozor iqtisodiyotiga ega boʻlgan rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud. XXI asrning boshidan buyon Turkiya koʻpincha yangi sanoatlashgan davlat sifatida taʼriflanadi . Turkiya dunyoda eng koʻp tashrif buyuriladigan beshinchi mamlakat boʻlib, xalqaro va milliy firmalar tomonidan tashkil etilgan 1,500 dan ortiq ilmiy-tadqiqot markazlariga ega. Turkiya dunyodagi yetakchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik, motorli transport vositalari, transport uskunalari, qurilish materiallari, isteʼmol elektronikasi va uy jihozlari ishlab chiqaruvchilari qatoriga kiradi. OECD mamlakatlari orasida Turkiya juda samarali va kuchli ijtimoiy himoya tizimiga ega; ijtimoiy xarajatlar YaIMning taxminan 12,5 foizini tashkil etadi.
Soʻnggi 20 yil ichida Turkiya iqtisodiyotining moliyaviy va ijtimoiy sohalarida, masalan, 2000-yildan buyon bandlik va oʻrtacha daromadning oʻsishi kabi yirik oʻzgarishlar yuz berdi. 2002-2013-yillar oraligʻida (2009-yildan tashqari) katta iqtisodiy oʻsish davri kuzatildi. 2014-2020-yillar oraligʻida AQSh dollari asosida nominal YaIM koʻrsatkichlarida oʻsishning sekinlashishi kuzatildi, xususan, 2018-yilda Turkiyaning valyuta va qarz inqirozi davrida. Ammo bu yillarda nominal YaIM boʻyicha oʻsish davom etdi. Bundan tashqari, 2021-yildan boshlab Turkiya YaIM koʻrsatkichlarida barqaror tiklanish va tezroq oʻsish kuzatildi va 2023-yil oxiriga kelib oʻzining eng yuqori qiymatiga yetdi . Oʻsishga qaratilgan moliyaviy siyosatlar, masalan, foiz stavkalarini imkon qadar past darajada ushlab turish (Erdogʻanomika deb ataladi) soʻnggi yillarda yuqori inflatsiyaga olib keldi.
Tarixi Maʼlumotlar
Quyidagi jadval 1980-yildan 2023-yilgacha boʻlgan asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlari (2024–2028-yillar uchun Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (IMF) xodimlarining prognozlari bilan) koʻrsatilgan. 10% dan past inflyatsiya yashil rangda koʻrsatilgan. YILYaIM (mlrd. AQSh$PPP)Kishi boshiga YaIM (AQSh$ XQP)YaIM (mlrd. AQSh$nominal)Kishi boshiga YaIM (AQSh$ nominal)YaIM oʻsishi (real)Inflatsiya darajasi (%)Ishsizlik (%)1980159.23,516.396.62,133.7-0.8%110.6%7.2%1981181.93,926.597.92,113.14.4%36.4%7.2%1982199.74,215.088.91,876.63.4%31.1%7.6%1983217.44,486.285.01,753.34.8%31.3%7.5%1984240.64,857.982.61,668.56.8%48.4%7.4%1985258.85,116.592.81,835.24.3%44.5%6.9%1986282.35,471.0102.31,983.16.9%34.6%7.7%1987318.36,051.1118.92,260.710.0%38.9%8.1%1988336.56,280.3125.02,333.22.1%73.7%8.7%1989350.66,427.2147.72,707.90.3%63.3%8.6%1990397.47,159.3207.53,738.29.3%60.3%8.0%1991414.77,344.8208.43,691.40.9%66.0%7.7%1992449.57,831.6219.23,818.86.0%70.1%7.9%1993497.28,523.4248.64,261.68.0%66.1%8.4%1994480.18,101.2179.43,026.7-5.5%104.5%8.0%1995525.48,729.4233.63,880.97.2%89.6%7.1%1996572.59,368.7250.54,099.27.0%80.2%6.1%1997626.210,096.0261.94,221.97.5%85.7%6.3%1998652.810,376.8275.84,384.53.1%84.7%6.4%1999640.410,035.0256.64,020.3-3.3%64.9%7.2%2000700.310,819.4274.34,238.06.9%55.0%6.0%2001674.910,288.1202.23,082.9-5.8%54.2%7.8%2002729.610,988.4240.23,617.26.4%45.1%9.8%2003786.911,712.5314.84,684.75.8%25.3%9.9%2004887.213,045.3409.16,015.79.8%8.6%9.7%2005997.314,483.1506.27,350.99.0%8.2%9.2%20061,099.515,768.3555.17,961.16.9%9.6%8.7%20071,186.216,804.9680.59,640.65.0%8.8%8.9%20081,218.817,042.0770.810,778.10.8%10.4%9.8%20091,167.416,089.1648.88,941.4-4.8%6.3%13.0%20101,281.017,376.4776.610,533.58.4%8.6%11.0%20111,454.119,459.8838.511,221.411.2%6.5%9.0%20121,550.720,504.4880.111,637.94.8%8.9%8.3%20131,703.722,221.4957.512,489.08.5%7.5%8.9%20141,860.523,945.5938.512,079.34.9%8.9%9.9%20152,022.925,691.1864.110,973.66.1%7.7%10.3%20162,116.226,513.6869.310,891.23.3%7.8%10.9%20172,282.328,242.5858.910,628.97.5%11.1%10.9%20182,406.529,345.6779.79,508.03.0%16.3%10.9%20192,468.729,688.0759.59,132.90.8%15.2%13.7%20202,546.930,490.5720.18,612.31.9%12.3%13.1%20212,953.935,063.5817.59,654.111.4%19.6%12.0%20223,352.039,319.4905.810,621.95.0%64.27%10.8%20233,613.541,887.51,118.613,110.64.5%51.2%10.5%20243,805.643,624.21,340.615,368.23.0%24.2%10.5%20254,005.945,423.91,403.416,103.23.0%17.2%10.5%20264,215.247,296.01,454.216,317.03.0%15.4%10.5%20274,430.949,213.21,515.516,832.43.0%12.0%10.5%20284,659.051,239.51,575.917,332.63.0%10.0%10.5%
Asosiy iqtisodiy sohalar 2023-yil noyabr holatiga koʻra, Turkiyada joylashgan 1 086 670 ta roʻyxatdan oʻtgan kompaniya mavjud. Mamlakatda eng koʻp kompaniyalar roʻyxatga olingan sektor ishlab chiqarish boʻlib, sektor 241 362 ta kompaniyaga ega. Keyingi oʻrinlarda ulgurji savdo va xizmatlar sektori mos ravishda 197 476 va 187 325 ta kompaniya egalik qiladi.
Qishloq xoʻjaligi sektori
Qishloq xoʻjaligi hali ham Turkiya iqtisodiyotining muhim sohasi boʻlib, mamlakat dunyoning eng yirik oʻn qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Bug‘doy, qand lavlagi, sut, parrandachilik, paxta, sabzavot va mevalar asosiy mahsulotlardir; shuningdek, Turkiya dunyodagi eng katta findiq, o'rik va oregano yetishtiruvchisi hisoblanadi.
Turkiya yerlarining yarmi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va bu sohada taxminan 15% ishchi kuchi band, ammo qishloq xoʻjaligida ishlaydigan fermerlar soni yarim milliondan kamni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi Turkiya eksportining taxminan 10% ni va yalpi ichki mahsulotning (YIM) 5% dan koʻprogʻini taʼminlaydi . 2024-yilda qishloq xoʻjaligi subsidiyasiga 380 milliard lira ajratilishi rejalashtirilgan.
Turkiya oziq-ovqat mahsulotlarini katta miqdorda ishlab chiqaruvchi davlat boʻlishiga qaramay, bugʻdoyni import qiluvchi davlat hisoblanadi, va bugʻdoyning koʻp qismi Rossiya va Ukrainadan import qilinadi. Turkiya Yevropa Ittifoqining (YeI) toʻrtinchi yirik sabzavot yetkazib beruvchisi va yettinchi yirik meva yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Turkiya YeI Bojxona ittifoqi shartnomasini qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ham kengaytirishni istaylaydi.
Turkiyaning qishloq xoʻjaligidan chiqadigan issiqxona gazlarining yarmi qoramol hisobiga toʻgʻri keladi. Jahon bankiga koʻra, qishloq xoʻjaligi sektori iqlim oʻzgarishiga moslashishi va texnik yutuqlardan koʻproq foydalanishi kerak. Strategik rejalashtirish Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, ammo 2024-yildan keyingi davr uchun hali reja eʼlon qilinmagan . Turkiyada ishlatiladigan deyarli barcha urugʻlar mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladi.
Sanoat sektori
Elektronika va maishiy texnika
Turkiyaning Vestel kompaniyasi Yevropadagi eng yirik televizor ishlab chiqaruvchisi boʻlib, 2006-yilda qitʼada ishlab chiqarilgan va sotilgan barcha televizorlarning chorak qismini tashkil qilgan. 2005-yil yanvariga kelib, Vestel va uning raqibi boʻlgan Turkiyaning elektronika va maishiy texnika brendi Beko Yevropada ishlab chiqarilgan barcha televizorlarning yarmini tashkil qilgan. Yana bir turk elektronika brendi Profilo Telra 2005-yilda Yevropada uchinchi yirik televizor ishlab chiqaruvchisi boʻlgan.
Toʻqimachilik va kiyim-kechak Turk toʻqimachilik sanoati dunyodagi beshinchi yirik eksportchi hisoblanadi, 2018-yilda mamlakatning yalpi ichki mahsulotining 10% ni tashkil qilgan va 750 000 kishini ish bilan taʼminlagan. 2006-yilda turk kompaniyalari 13,98 milliard dollarlik kiyim-kechak eksport qilgan; shundan 10,67 milliard dollardan koʻprogʻi (76,33%) Yevropa Ittifoqiga eksport qilingan"The Export Performance of the Turkish Clothing Industry in 2006 ," ITKIB.
Avtomobillar va avtomobil mahsulotlari
Turkiya avtomobil sanoati Turkiya iqtisodiyotining ishlab chiqarish sektorida muhim rol oʻynaydi va 2022-yilda 1 352 648 dona avtomobil ishlab chiqargan, dunyoda 13-oʻrinni egallagan (2017-yilda ishlab chiqarish 1 695 731 dona avtomobilga yetgan). TEMSA, Otokar va BMC kabi turk avtomobil kompaniyalari dunyodagi eng yirik furgon, avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilardan biridir. Togg yoki Turkiya avtomobil qoʻshma korxonasi Turkiyaning birinchi toʻliq elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir.
Avtomobil sanoati 1960-yillardan beri iqtisodiyotning muhim qismi boʻlib kelmoqda. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi kompaniyalar asosan Marmara mintaqasida joylashgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarning klasteri tufayli Turkiya avtomobil sanoati global ishlab chiqarish bazalarining ajralmas qismiga aylandi va 2008-yilda 22,94 milliard dollarlik avtomobil va komponentlar eksport qilgan.
Fiat/Tofaş, Oyak-Renault, Hyundai, Toyota, Honda va Ford/Otosan kabi global avtomobil ishlab chiqaruvchilarning zavodlari mavjud. TEMSA, Otokar va BMC kabi turk avtomobil kompaniyalari dunyodagi eng yirik furgon, avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Togg yangi turk avtomobil kompaniyasi boʻlib, 2018-yilda elektr transport vositalari ishlab chiqarish uchun tashkil etilgan. Toggning Bursa viloyatidagi Gemlikdagi zavodi 2022-yil 29-oktabrda, Turkiya Respublikasining 99-yilligi munosabati bilan ochilgan.
Turkiyaning yillik avtomobil eksporti, yuk mashinalari va avtobuslarni qoʻshgan holda, 2016-yilda birinchi marta 1 milliondan oshib ketgan, bu xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining yangi modellarga sarmoyalari va Yevropa bozoridagi oʻsish tufayli amalga oshirilgan. Avtomobil Ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (OSD) maʼlumotlariga koʻra, Turkiyada joylashgan avtomobil zavodlari 2016-yilda 1,14 million avtomobil eksport qilgan, bu oldingi yilga nisbatan 15% ga koʻp. Avtomobil eksporti ketma-ket toʻrtinchi yil davomida rekord darajaga yetgan. 2016-yilda ishlab chiqarish 9% ga oshgan va 1,48 million birlikni tashkil qilgan, bu esa ketma-ket ikkinchi yil rekord oʻrnatgan. Turkiyada ishlab chiqarilgan transport vositalarining qariyb 80% i eksport qilingan.
Lokomotivlar va vagonlar TÜLOMSAŞ (1894), TÜVASAŞ (1951) va EUROTEM (2006) Turkiyadagi asosiy koʻp birlikli poyezdlar, lokomotivlar va vagonlar, shu jumladan yuqori tezlikli EMU va DMU modellari ishlab chiqaruvchilaridir.
Bozankaya Anqarada joylashgan metro, tramvay va trolleybus transport vositalarini ishlab chiqaruvchi turk kompaniyasi hisoblanadi.
Mudofaa sanoati
Turkiyada zamonaviy qurol-aslaha ishlab chiqaruvchilari koʻp. Yillik eksport hajmi 2014-yilda 1,6 milliard dollarga yetgan. MKEK, TAI, Aselsan, Roketsan, FNSS, Nurol Makina, Otokar va Havelsan yirik ishlab chiqaruvchilardandir. 2002-yil 11-iyulda Turkiya F-35 qiruvchi samolyoti (JSF) ishlab chiqish dasturining 3-darajali hamkori boʻlgan. TAI Turkiya Harbiy-havo kuchlari uchun F-16 Fighting Falcon kabi turli samolyot turlari va modellarini ishlab chiqarmoqda. Yaqinda Turkiya qurolli kuchlari tomonidan foydalanish uchun 0,8 m pikselli razvedka sunʼiy yoʻldoshi (Göktürk-1 loyihasi) va Turkiya Milliy razvedka tashkiloti tomonidan foydalanish uchun 2 m pikselli razvedka sunʼiy yoʻldoshi (Göktürk-2 loyihasi) kabi yangi harbiy/razvedka sunʼiy yoʻldoshlarini uchirildi.
Boshqa muhim harbiy mahsulotlarga TAI TF Kaan, TF2000 toifasidagi esminets, Milgem toifasidagi korvet, Baykar MIUS Kızılelma UCAV, Baykar Akıncı HALE UCAV, Baykar Bayraktar TB2 MALE UCAV, TAI Aksungur MALE UCAV, TAI Anka MALE UAV/UCAV, Aselsan İzci UGV, Altay asosiy jangovar tanki, T-155 Fırtına oʻziyurar gaubitsa, J-600T raketa, T-129 hujum vertolyoti, A400M, Roketsan UMTAS tankga qarshi raketa, Roketsan Cirit lazer boshqaruvli raketa, Panter gaubitsa, ACV-300, Otokar Cobra va Akrep, BMC Kirpi, FNSS Pars 6x6 va 8x8 APC, Nurol Ejder 6x6 APC, TOROS artilleriya raketa tizimi, Bayraktar Mini UAV, ASELPOD va SOM kruiz raketasi kiradi.
Temir-poʻlat sanoati