Chuang Shuk-kwan (Xitoycha: 張竹君, 1967-yil 11-iyulda tugʻilgan) – Gonkonglik sogʻliqni muhofaza qilish departament aʼzosi. Hozirda Gonkongdagi Sogʻliqni saqlashni muhofaza qilish markazining Yuqumli kasalliklar boʻlimi rahbari sifatida faoliyat yuritadi. U hukumatga COVID-19 pandemiyasi davrida yordam bergan shifokorlar orasida yetakchi rol oʻynagan. 2020-yil yanvardan 2022-yil sentabrgacha aholi orasida 700 ga yaqin brifinglar oʻtkazib, kasallikka qarshi ommaviy kurash choralarini tadbiq qilgan. Bu ishlari bilan xalq orasida sabr-toqatli, ochiqchasiga gapiruvchi va ishontiruvchi deya maqtovlarga sazovor boʻlganThe Public Face of the Coronavirus Fight , EJ Insight 6 May 2020.

Taʼlimi Chuang dastlabki taʼlimni Tsuen Wan davlat oʻrta maktabida olgan va 1991-yilda Gonkong universitetining tibbiyot fakultetida oʻqishni bitirgan. Keyinchalik, u bir qator ilmiy va kasbiy malakalarga erishgan, jumladan, London Qirollik shifokorlar kolleji, pediatriya boʻyicha diplomlarni olgan. Gonkong-Xitoy universiteti Profilaktika yoʻnalishida tibbiyot magistrligi, Qirollik shifokorlar kolleji jamoat salomatligi akademigi unvonlari, Gonkong jamoat tibbiyot kolleji va Gonkong tibbiyot akademiyasi aʼzoligiga erishdi „Centre for Health Protection, Department of Health – Communicable Disease Branch“. www.chp.gov.hk. Archived from the original on 2022-07-06. Retrieved 2022-10-02..

Karyerasi Chuang 1993-yildan boshlab Gonkong Sogʻliqni saqlash departamentiga aʼzo boʻldi. 2004-yilda Sogʻliqni saqlashni muhokama qilish markazida ishlab boshlaydi. Dastlabki ish kunlarida u bosh ijtimoiy tibbiyot hodimi, kuzatuv va epidemiologiya boʻlimining bosh shifokori boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 2007-yilda Chuang maslahatchi shifokor lavozimini egallagan.

Oilasi Chuan Charles Yu Ngok-fung (Xitoycha:余岳鋒) bilan turmush quradi. Turmush oʻrtogʻi ogʻiz boʻshligʻi va tish-jagʻ shifokori boʻlgan. Ularning ikki nafar qiz farzandlari bor. 2010-yilda Chuanning turmush oʻrtogʻiga miya shishi tashhisi qoʻyilgan va u juda koʻplab operatsiyalarni boshdan oʻtkazgan. 2020-yilda miya jarrohligi uchun Wales shahzodasi kasalxonasiga yotqizilgan. 2020-yil 6-dekabrda Charles Yu Ngok-fung miya saratonidan vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Ayol shifokorlar Turkum:Gonkong shifokorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Xitoylik shifokorlar Turkum:Xitoylik ayollar