Friglar (; inglizcha: Phryge) Parij 2024 Olimpiada va Paralimpiada oʻyinlarining rasmiy maskotlaridir. Ular Fransiyaning ramzi boʻlgan ikkita antropomorfik Frigiya qalpoqlari asosida yaratilgan.
Tarixi
Tavsif thumb| Delakrua Ferdinand Viktor Ejen (1830) tomonidan „Xalqni boshqarayotgan ozodlik“ asarida tasvirlangan iyul inqilobi (Luvr muzeyi). Marianna Frigiya qalpoqchasini kiyib, Ozodlik tushunchasini oʻzida ifodalagan. Frigiya qalpogʻi, odatda qizil rangdagi yumshoq shlyapa boʻlib, anʼanaviy ravishda hozirgi Turkiyada joylashgan qadimgi qirollik Frigiyada ozod qilingan qullar tomonidan kiyilgan. Fransiya inqilobi boshlangan 1789-yilda Bastiliya davlat qamoqxonasiga hujum qilingan vaqt ayni shu qalpoq kiyilgandan buyon, frigiya qalpoqchasi ozodlik ramzi sifatida, shu jumladan 1924-yil Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida kiyilgan. Fransiyaning milliy timsoli boʻlgan Marianna odatda frigiya qalpogʻini kiygan holatda tasvirlangan.
Ochilish 2022-yil 14-noyabrda Parij 2024 maskotining paydo boʻlishi bilan ularni „sportga xos, ziyofatni yaxshi koʻradigan va shuning uchun fransuzlarga oʻxshaydi“ deb taʼriflashgan. Tashkiliy qoʻmita prezidenti Tony Estanguet turli xil hayvondan koʻra, mazkur maskotning „ideal“ tarzda tanlanganligini aytgan va fransuzlar uchun qalpoqning erkinlik ramzi va turli maʼnolarni ifodalashi haqida gapirgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Paralimpiada oʻyinlari maskotining nogironligi „inklyuzivlikni targʻib qilish uchun insonlarni harakat qilishga undaydi“.
Xususiyatlari Friglar ikkita qizil uchburchak shaklidagi antropomorf qalpoq koʻrinishida tasvirlangan. Ularning qoʻllari qiya holatda va tanasining yuqori qismida koʻrsatilgan. Parij 2024 emblemasi ularning koʻkragidagi aylana ichiga chizilgan va koʻzlarining yon tomonida Fransiya bayrogʻi tasvirlangan uch rangli lentalar bilan bezatilgan. Bu koʻrinish Fransiya kokardiga hurmat ramzi sifatida qilingan. Olimpiada Frigining oyoqlarida koʻk krossovka, Paralimpiada Frigida esa protez oyoq va sogʻlom oyogʻida qizil krossovka tasvirlangan.
Har bir frigga oʻziga xos shaxsiyatga xos boʻlgan xususiyatlar va taʼriflar berilgan. Olimpiada frigi „uslubiy jihatdan aqlli va maftunkor jozibaga ega“ boʻlsa, Paralimpiada frigi „bazmlarga oʻch, beqaror va biroz va biroz shoshqaloq“ maskotdir.
Intellektual mulk XOQ xalqaro shartnoma, Olimpiya ramzini himoya qilish toʻgʻrisidagi Nayrobi shartnomasi orqali Olimpiya ramzlaridan foydalanish ustidan mutlaq egalik va nazoratni qoʻllab-quvvatlagan. Maskotlar erkinlikni ifodalasa-da, ular erkin foydalanilmasligi va tijorat sheriklariga butun dunyo boʻylab sotish singari eksklyuziv huquqlarni berish orqali daromad keltirishi kerak. Olimpiada oʻyinlari mulkining IP bilan himoyalangan aktivlari turli shakllarda boʻladi:
Olimpiya Frigining savdo belgisi : Parij 2024 maskotlari Fransiyada „La Phryge Olympique“ va „La Phryge Paralympique“ nomlari ostida roʻyxatga olingan savdo belgilaridir. Parij 2024 maskot shiori mualliflik huquqi : „Yolgʻiz biz tezroq boramiz, lekin birgalikda tezroq boramiz“, chunki Olimpiya va Paralimpiya Firglarining rasmiy shiori mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Friglarning dizayni : Olimpiya Friglarining shakllari dizayn huquqlariga tegishli. Gaaga tizimi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xalqaro miqyosda Friglar dizaynini himoya qiladi.
Olimpiya Frigi va Paralimpiya Frigining maskotlari faqat Olimpiya doʻkonidagi 150 dan ortiq tovarlarda (kalitlar, pinlar, magnitlar, suv idishlari, bolalar uchun qoʻngʻiroqlar, sumkalar, beysbol qalpoqlari, yumshoq oʻyinchoqlar va boshqalar) tasvirlangan.
XOQning IP huquqlaridan strategik foydalanishi natijasida olingan daromadlar Olimpiada harakati boʻyicha alohida sportchilar, tashkiliy qoʻmitalar, MOQ, Xalqaro sport federatsiyalari va boshqa sport tashkilotlari oʻrtasida qayta taqsimlanadi.
Qabul qilinishi Fransiyada maskotning oʻyinchoq nusxalarining koʻpchiligi „Xitoyda ishlab chiqarilgan“ degan tanqidlarga uchragan. Parij 2024 brendining direktori Julie Matikhine „Doudou et Compagnie kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yumshoq oʻyinchoqlarning 18 foizi Bretanda boʻladi“, deb aytgan.
Friglarni gigant „trenerdagi klitoris“ga oʻxshatishgan va ularga fransuz internet foydalanuvchilari tomonidan (milliy klitoris) laqabi berilgan. Fransiyaning Libération gazetasi buni Eyfel minorasining anʼanaviy fallik ramzidan inqilobiy chekinish sifatida eʼtirof etgan. Manbalar
Havolalar
Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Turkum:Paralimpiada maskotlari Turkum:Olimpiada maskotlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Turkum:Fransuz maskotlari Turkum:Qalpoqlar Turkum:Fransiya madaniyati