Oʻzbekiston pochtasi tomonidan 2000-yilda bir qancha kommemorativ va ikki rangli standart markalar chop etilgan. Ular sirasiga „Oʻzbek milliy sirki“, „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumlari, „Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“, „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“, „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“, „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ yubiley markalari va ikki rangdan iborat Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar kiradi. „Oʻzbek milliy sirki“ turkumi Oʻzbek milliy sirki uzoq yillik tarixga egadir. Oʻzbekiston hududida qadimdan hayvonlarni oʻrgatish, akrobatik mashqlar, chavandozlik, masxarabozlik kabi tomoshalar mavjud boʻlgan. Turli xalq sayllarida dorbozlar, sim va sharda oʻynovchilar, koʻzboylamachilar, polvonlar tomosha koʻrsatganlar. 1904-yilda Oʻzbekiston hududida birinchi maxsus sirk guruhi tashkil etilgan.
Mazkur pochta markalarida hozirgi zamon sirkidan ayrim chiqishlar tasvirlangan. Turkumdan 6 ta marka va 1 ta blok oʻrin olgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, ofset usulida bosilgan.
T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner1 100px„Oʻzbek milliy sirki“ turkumi 28 soʻm4-yanvar 37 x 52 I. Lisenko 2 100px36 soʻm 3 100px4 100px56 soʻm5 100px6 100px 69 soʻm7 100px 100px„Oʻzbek milliy sirki“ suvenir blokli markasi100 soʻm -: - : - „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkumi „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ markalar turkumida zamonaviy ot sporti turlari aks ettirilgan. Har bir markaning oʻng tomon pastki qismida qora rangdagi yugurayotgan ot shakli mavjud. Turkum umumiy 7 markadan iborat, ulardan 6 tasi bir varaqqa birlashtirilgan. Varaq pastida lotin harflarida „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ deb yozilgan. Markalar bir necha ranglarda ishlangan, oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner8 100px Uch otli izvosh 69 soʻm1-fevral 52 x 37 O. Baklikova 9 100px Otda figurali yurish36 soʻm 10 100px Konkur11 100px Tekis choptirish56 soʻm12 100px Stipl-chez13 100px Yoʻrttirib choptirish75 soʻm14 100px Doʻnonlar poygasi gʻolibi - 100px „Oʻzbekiston Respublikasining ot sporti“ turkum varagʻining umumiy koʻrinishi334 soʻm117 x 154
„Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi „Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli“ pochta markasi XIX asrda yashab ijod etgan qoraqalpoq shoiri Ajiniyozga (1824–1878) bagʻishlangan. Marka ikki rangli qilib oq silliq qogʻozga ofset usulida bosilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon. T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner15 100px Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli. Qoraqalpoq xalqining mumtoz shoiri 28 soʻm 31-mart 26 x 37 S. Sharipov
„Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi Ushbu marka IX — X asrlarda yashagan imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bagʻishlangan. Markada Samarqand meʼmorchiligi uslubiga monand binolar va ochiq turgan kitob tasviri chizilgan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan. T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner16 100px „Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi“ kuponli pochta markasi 60 soʻm 24-oktyabr 74 x 26 U. Solihov
„Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi Ushbu marka XII asrda yashagan imom, fiqh olimi Burhoniddin Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligiga bagʻishlangan. Markada Bulutlar ustidagi bezakli lavhda ochiq holda turgan „Hidoya“ asari tasvirlangan. Marka bir necha rangda ofset usulida chop etilgan. Oʻlchami: 26x37. Perforatsiyasi taroqsimon. T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner17 100px „Burhoniddin al-Margʻinoniy tavalludining hijriy sana boʻyicha 910 yilligi“ kuponli pochta markasi 60 soʻm 24-oktyabr 52 x 37 U. Solihov
Oʻzbekiston gerbi aks etgan standart markalar T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner18 100pxOʻzbekiston gerbi 15 soʻm 5-dekabr18,5 x 26Valentin Nikitin 19 100px 17 soʻm 20 100px 30 soʻm 21 100px 40 soʻm 22 100px 45 soʻm
„Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi BMT Bosh assambleyasining 1950-yilgi qaroriga muvofiq tuzilgan Qochoqlar masalasi boʻyicha Oliy komissariat oʻz faoliyatini 1951-yilda boshlagan. Bu tashkilot Oʻzbekistondagi faoliyatini 1993-yildan boshlab olib borgan.
Ushbu marka bir necha rangda, ofset usulida bosilgan. Markaning kupon qismida oʻzbek va ingliz tillarida yubiley matni bitilgan. T.r. Tasviri Tavsifi Nominali Sanasi Adadi (dona) Rassom/dizayner23 100px „Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Masalasi boʻyicha Oliy Komissariatining 50 yilligi“ kuponli pochta markasi 125 soʻm 14-dekabr 52 x 37 U. Solihov
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston pochta markalari